Tasviriy san’at-estetik tarbiya vositasi sifatida reja



Download 11,58 Kb.
bet4/5
Sana29.12.2021
Hajmi11,58 Kb.
#83736
1   2   3   4   5
Bog'liq
xalq ped Tasviriy san’at-estetik tarbiya vositasi sifatida

Estetika tarbiyasi (estetik tarbiya - lotincha «estezio» go`zallikni his qilaman) - o`quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go`zalliklarini anglash, idrok etish va to`g’ri tushunishga o`rgatish, ularning badiiy didini o`stirish, ularda go`zallikka muhabbat uyg’otish, ular tomonidan go`zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo`naltirilgan pedagogik jarayon.

Estetika tarbiyasi «badiiy tarbiya» sifatida ham qo`llaniladi. Umuman, estetika tarbiyasi keng ma`noga ega bo`lib, faqat san`at vositasidagina emas, balki, hayot, mehnat, ijtimoiy munosabatlar, tabiat va boshqalar vositasida go`zallikni his qilishga yo`naltirilgan pedagogik faoliyatni o`z ichiga oladi. Badiiy tarbiya esa san`at (adabiyot, musiqa, qo`shiq, tasviriy va san`atning boshqa yo`nalishlari) vositasida shaxsda estetik his-tuyg’ularni shakllantirishni nazarda tutadi.

Estetika tarbiyasi insonda go`zallikni his qilish tuyg’usini shakllanishiga yordam beradi, uri rivojlantiradi. Inson doimo o`z hayotini go`zallik asosida qurishga intiladi. estetika tarbiyasi axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, jismoniy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa, she`riyat, tasviriy san`at va boshqalarga bo`lgan muhabbat shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. estetika tarbiyasi axloqiy tarbiyani samarali tashkil etishda katta ahamiyatga ega. estetikadan rohatlanishda faqat san`at asarlarigina emas, balki ezgu ishlar, jamoaga hurmat, sadoqat, vijdonan mehnat qilish muhim o`rin tutadi. estetika tarbiyasining mohiyati shundan iboratki, u go`zallikka bo`lgan munosabatni qaror toptiradi. Go`zallikka bo`lgan tuyg’uni rivojlantirmay turib, yuqori mehnat madaniyatiga erishib bo`lmaydi. Mehnat faoliyatida paydo bo`lgan go`zallik butun tarixiy taraqqiyot bosqichlarida rivojlanib bordi, u mehnat faoliyatining o`ziga ham ta`sir ko`rsata boshladi. Mehnat jarayonida tayyorlangan har bir buyum (tovar)ning ahamiyati, funktsiyasi, zaruriligi insonning tabiiy ehtiyojlarini qondirishi jihatidangina emas, balki uning qanchalik go`zalligi bilan ham baholanadi. Go`zallik bu hayotning o`zi, tabiat hamda inson mehnati natijalari, insoniy munosabatlarning mukammalligidir.

Estetika bilimlari aniq tarbiyaviy ishlar – tanlov, viktorina, bay ram, ko`rgazma va hokazolarni tashkil etish asosida hosil qilinadi. O`quvchilar o`z qobiliyatlarini turli xil badiiy-ijodiy faoliyatlarda namoyon etadilar. Kichik yoshda «barcha bolalar istes`nosiz rasm soluvchilardir» (K.D.Ushinskiy), «har bir bola – shoir» (V..Suxomlinskiy).

O`smirlarda go`zallik ijodkorligiga bo`lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday holat ilk yoshlik davrida ham saqlanib qoladi. Biroq, bu davrda badiiy qobiliyat, aksariyat o`quvchilarda o`zgacha bo`ladi. Ular ko`pincha musiqa va raqsga qiziqa boshlaydilar. Demak, o`quvchilarning estetika bilan oshnoligi turli yosh davrlarida o`g’il va qiz bolalarda o`ziga xos xususiyat kasb etadi.

Estetika tarbiyasi – shaxsning estetik ongi, munosabatlari hamda estetika faoliyatining vujudga kelishi va takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayon bo`lib, bu jarayon yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli bosqich hamda darajalarga ega. estetika tarbiyasi shaxsning estetika madaniyatini egallashiga yo`naltirilgan bo`lib, turli shakl va metodlar yordamida amalga oshiriladi.

Turmush go`zalligining asosini tozalik va tartiblilik tashkil etadi. Sinfxonalarida tozalik saqlanishi, tabiat burchagining tashkil etilishi, o`quvchilar ijodiy ishlari ko`rgazmasi, a`lochilar taxtasi tizimining yangilatib turish ham muhim ahamiyatga ega.

Badiiy adabiyot estetika tarbiyasida cheksiz imkoniyatlarga ega. U o`quvchilarga hayotni chuqurroq anglashni o`rgatadi. O`quvchilarga o`zbek va chet el adabiyoti haqida ko`proq ma`lumot beriladi. O`quvchilar she`rlar, hikoyalar, xalq og’zaki ijodi namunalari – maqol, matal, ertak, doston, qo`shiq, qissa va romanlarni qanchalik ko`p o`qisa ularda go`zallikka bo`lgan intilish shunchalik kuchli bo`ladi.




Download 11,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish