Bog'liq xalq ped Tasviriy san’at-estetik tarbiya vositasi sifatida
Tarixiy yodgorliklar va milliy me`morchilik. O’zbek xalqining bir necha avlodi yaratgan moddiy boyliklar qatorida me`morchilik asarlari ham tarbiyaning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Har bir tarixiy yodgorlik zaminida xalqning ma`lum davrdagi tarixiy taraqqiyoti va ijtimoiy hayoti yotadi. O’tmishdagi tarixiy voqealar ularda ishtirok etgan taniqli shaxslar xalqning o’sha davrdagi turmush tarzi odamlarning tashqi qiyofasi va kiyinishi kabi ko’plab ma`lumotlar tarixiy yodgorliklarda aniq namoyon bo’ladi. Milliy qadriyatlarimiz tarixiy yodgorliklar yordamida to’laroq va chuqurroq o’zlashtriladi.