Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha
ko’rsatma va tavsiyalar
Qalamtasvir va uning maqsad-vazifalari. Tasvirlashning asosiy qonun qoidalari.
Qalamtasvirning kelib chiqish tarixi. O’quv qalamtasviri mashg’ulotlari va ularning talabalarni realistik tasvirlashga o’rgatishdagi ahamiyati. Tasvirlashning asosiy qonun qoidalari. Talabalarga chiziqli va fazoviy perspektiva to’g’risida tushuncha berish. Buyumlarni tasvirlashda chiziqli konstruktiv tuzilish, nur, soya, yarim soya, tushuvchi soya, shaxsiy soya, buyumlarni hajmi va ularni to’g’ri tuslash, kompozisiya asoslari kabi asosiy qonun qoidalarga o’rgatish. Tasvirlash vositalari: qog’oz turlari, qalamlar, ko’mir, pastel, sangina, sous va boshqalarni ishga tayyorlash.
Qo’llаnilаdigаn tа’lim tехnоlоgiyalаri: Klaster, аqliy хujum,blits .Аdаbiyotlаr: А1, Q1, Q2, Q3, Q4 ,Q5, Q6.
|
Badiiy ta’limda qalamchizgilarning ahamiyati.
Odam, hayvon va qushlarning anatomik tuzulish xususiyatlari hamda ularni qalamchizgilar vositasida tasvirlash usullari. Odam bosh suyagining tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar. Bosh suyagini metodik bosqichlarida to’g’ri tasvirlash. Talabalarga qalamchizgilar chizdirishni o’rgatish orqali tabiatdagi barcha shakl va buyumlarni realistik tasvirlashga o’rgatish. Qalamchizgilar bajarishda turli yumshoq tasvirlash vositalaridan foydalanish malakalarini oshirish.
Qo’llаnilаdigаn tа’lim tехnоlоgiyalаri: diаlоgik yondоshuv, muаmmоli tа’lim, аqliy хujum,blits .Аdаbiyotlаr: А1, Q1, Q2, Q3, Q4 ,Q5, Q6.
|
Inson qomatining chizgilari.
Inson qomatini turli rakurs va holatlarda (o’qib o’tirgan, mehnat qilayotgan, tik va suyanib turgan) chizish orqali inson tana a’zolari nisbatlarini chiziqli konstruktiv o’rganish. Kuzatib holat xarakterini tez ilg’ab tasvirlash malakalarini o’stirish. Material hoxishiga ko’ra tanlanadi. Kiyimdagi inson qomatini turli holatlarda (o’tirgan, kitob o’qiyotgan, tik turgan, jsmoniy mashq qilayotgan) auditoriya taxtasida bo’r bilan chiziqli – konstruktiv tarzda tasvirlash.
Qo’llаnilаdigаn tа’lim tехnоlоgiyalаri: diаlоgik yondоshuv, muаmmоli tа’lim, аqliy хujum,blits .Аdаbiyotlаr: А1, Q1, Q2, Q3, Q4 ,Q5, Q6.
|
Inson bosh suyagining anatomik tuzilishi.
Bosh suyagi yuz qismi bo’laklarining o’ziga hosligi. Bosh suyagi yuqori sharsimon qismining shakli va tuzilishi. Yuz qismi bo’lagi hamda pastki jag’ bilan birlashuvi. Inson portretini tasvirlashda bosh plastik anatomiyadan foydalanish. Bosh muskullarinining tuzilishi: mimika mukullari, chaynov muskullari, pastki jag’ni yuqoriga ko’taruvchi muskullar, chakka muskullari, ko’zning doiraviy muskullari, qosh usti yoylari, og’izning doiraviy muskullari. Inson portretining psixologik xarakteristikasini ochib berishda muskullarning ahamiyati.
Qo’llаnilаdigаn tа’lim tехnоlоgiyalаri: diаlоgik yondоshuv, muаmmоli tа’lim, аqliy хujum,blits .Аdаbiyotlаr: А1, Q1, Q2, Q3, Q4 ,Q5, Q6.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |