Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
talablar
«Qalamtasvir» fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar mavzular bo‘yicha auditoriyada o‘quv postanovkalarini bajaradilar. SHuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop ettirish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda quyidagi tasviriy san’at ashyolari bo‘lishi zarur:
- turli geometrik shakllar, gips rozetkalar, har turli uy jihozlari, antik davri gips bosh nushalari, antik davri gips haykallari, Dovud bosh haykali bo‘laklari, anatomik haykal namunalari, plastik anatomiyaga oid plakatlar, tasvirlash qonun-qoidalarini namoyish etuvchi plakatlar, o‘zbek va jahon san’ati namayandalarining badiiy asarlaridan namunalar, inson skeleti va bosh suyagining namunalari, bakalavr va magistrantlarining bitiruv ishlaridan namunalar. SHuningdek, inson qiyofasini tasvirlash uchun (portret, yarim gavda, gavda, yarim yalang‘och va yalang‘och) natura (qiyofachi)lar taklif etiladi va o‘quv rejadagi vazifada ko‘rsatilgan mashg‘ulotning murakkablik va soatlaridan kelib chiqqan xolda ularga soatbay ish xaqi to‘lanadi.
Talabalarning qalamtasvir borasidagi amaliy bilimlari va malakalarini rivojlantrish, hamda individual ishlash uchun amaliy mashg’ulotlar 6-8 tadan iborat kichik guruhlarda olib borilishi zarur.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar
Qalamtasvir va uning maqsad-vazifalari. Tasvirlashning asosiy qonun qoidalari.
Qalamtasvirning kelib chiqish tarixi. O‘quv qalamtasviri mashg‘ulotlari va ularning talabalarni realistik tasvirlashga o‘rgatishdagi ahamiyati. Tasvirlashning asosiy qonun qoidalari. Talabalarga chiziqli va fazoviy perspektiva to‘g‘risida tushuncha berish. Buyumlarni tasvirlashda chiziqli konstruktiv tuzilish, nur, soya, yarim soya, tushuvchi soya, shaxsiy soya, buyumlarni hajmi va ularni to‘g‘ri tuslash, kompozitsiya asoslari kabi asosiy qonun qoidalarga o‘rgatish. Tasvirlash vositalari: qog‘oz turlari, qalamlar, ko‘mir, pastel, sangina, sous va boshqalarni ishga tayyorlash.
|
Badiiy ta’limda qalamchizgilarning ahamiyati.
Odam, hayvon va qushlarning anatomik tuzulish xususiyatlari hamda ularni qalamchizgilar vositasida tasvirlash usullari. Odam bosh suyagining tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar. Bosh suyagini metodik bosqichlarida to‘g‘ri tasvirlash. Talabalarga qalamchizgilar chizdirishni o‘rgatish orqali tabiatdagi barcha shakl va buyumlarni realistik tasvirlashga o‘rgatish. Qalamchizgilar bajarishda turli yumshoq tasvirlash vositalaridan foydalanish malakalarini oshirish.
|
Inson qomatining chizgilari.
Inson qomatini turli rakurs va holatlarda (o‘qib o‘tirgan, mehnat qilayotgan, tik va suyanib turgan) chizish orqali inson tana a’zolari nisbatlarini chiziqli konstruktiv o‘rganish. Kuzatib holat xarakterini tez ilg‘ab tasvirlash malakalarini o‘stirish. Material hoxishiga ko‘ra tanlanadi. Kiyimdagi inson qomatini turli holatlarda (o‘tirgan, kitob o‘qiyotgan, tik turgan, jsmoniy mashq qilayotgan) auditoriya taxtasida bo‘r bilan chiziqli – konstruktiv tarzda tasvirlash.
|
Inson bosh suyagining anatomik tuzilishi.
Bosh suyagi yuz qismi bo‘laklarining o‘ziga hosligi. Bosh suyagi yuqori sharsimon qismining shakli va tuzilishi. Yuz qismi bo‘lagi hamda pastki jag‘ bilan birlashuvi. Inson portretini tasvirlashda bosh plastik anatomiyadan foydalanish. Bosh muskullarinining tuzilishi: mimika mukullari, chaynov muskullari, pastki jag‘ni yuqoriga ko‘taruvchi muskullar, chakka muskullari, ko‘zning doiraviy muskullari, qosh usti yoylari, og‘izning doiraviy muskullari. Inson portretining psixologik xarakteristikasini ochib berishda muskullarning ahamiyati.
|
Qo‘l va oyoqning anatomik jihatdan tahlili.
Odam qo‘lining gipsdan yasalgan namunasini qo‘l skeleti bilan solishtirgan xolda tasvirlash. Modelning plastik va anatomik xususiyatlarini o‘rganish. Mushaklarning o‘zaro bog‘lanishi. Nisbatlarni to‘Qri belgilash. Qiyofachi qo‘lini bilak va tirsaklari birligida tasvirlash. Qo‘l va elka kamari mushaklari. Bilak mushaklari, tirsak mushaklari hamda ularning tuzilishi. Orqa va old bilak mushaklari, ularning funksiyalari. Kaftni bilak bilan tortib turuvchi mushak. Odam qo‘lining jismoniy harakatida mushaklarning ko‘rinishini tasvirlash
|
Odam skeletining anatomik tahlili
Odam tanasining anatomik tuzilish qonuniyatlari: suyaklarning shakli va ko‘rinishlari. Inson tanasining plastik anatomiyasi. Bosh suyagi bo‘laklari, Umurtqa pog‘onasi suyaklari, ularning ko‘rinishlari, elka kamari suyaklari, erkin qo‘l suyaklari va uning plastikasi, erkin oyoq suyaklari va ularinig plastik tomonlari, ko‘krak qafasi tuzilishi uning tasviriy san’atda tutgan o‘rni. Odam muskullar tizimi, uning shakllari, plastik hususiyatlari, rasmda muskullarni tasvirlash. YAlang‘och naturani tasvirlashda plastik anatomiyaning ahamiyati.
|
Odam gavdasining anatomik tahlili.
Odam gavdasining plastik anatomiyasi hamda uning nisbatlari. Odam anatomiyasi tuzilishining ilmiy asoslari. Erkak va ayollarning plastik anatomiya jihatdan o‘zigi hoslik tomonlari. O‘arakatdagi odam gavdasining shakllari dinamik va statik holatlar (yugurish, sakrash, mehnat jarayoni va boshqalar).
|
Pedagogik rasm ishlash usullari.
Sinf taxtasida bo‘r bilan rasm chizish. Pedagogik rasm chizishning o‘ziga hos xususiyatlari. YAxlitlik, oddiylik, soddalashtirish. Uy ro‘zg‘or buyumlari (mis qumg‘on, ko‘za, kosa, lagan, quti va boshqalar), ustachilik asboblar (arra, randa, bolta va boshqalar)ni sinf taxtasida bo‘r bilan tasvirlash metodlari. Talabalarga Pedagogik rasm chizdirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘llari.
|
Har xil shaklli ikki geometrik jismlarning chiziqli konstruktiv rasmini chizish (kub, shar, piramida, silindr).
Talabalarni turli xajm va shaklga ega bo‘lgan geometrik jismlarni tasvirlash qonun-qoidalar asosida chiziqli konstruktiv ko‘rishga o‘rgatish.)hajmli buyumlarni chiziqlar vositasida fazoviy xolatini to‘g‘ri tasvirlash.
|
3-4 geometrik jismdan iborat, murakkab shakllardan tuzilgan natyurmortning qalamtasviri (kub, shar, prizma, konus, silindr, paralipiped va boshqa).
Tuzilish hususiyatlari turlicha bulgan geometrik shakllarni tasvirlash orqali talabalarda chiziqli konstruktiv qurish borasidagi amaliy va nazariy bilimlarni mustahkamlash. Perspektiva qonunlari, buyumlarni to‘g‘ri tuslash malakalarini shakllantirish.
|
Girix milliy naqsh rozetkasining qalamtasviri
(nilufar, panjara naqshi).
Talabalarni gipsli geometrik shakllarini tasvirlashga o‘rgatish orqali milliy xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishtirish va turli simmetrik va asimmetrik buyumlarni tasvirlash mahoratini takomillashtirish.
|
Tusi, xajmi va shakli turli bo‘lgan buyumlardan tuzilgan natyurmortni chizish.
Turli shaklli va hajmli buyumlarni chizish orqali talabalarda shakl va hajmlarni grafit qalamlar vositasida materiallik xususiyatlarini amaliy jihatdan to‘g‘ri tasvirlashga o‘rgatish. Nur, soya, yarim soya, tushuvchi soya hamda shaxsiy soyalar kabilar orqali buyumlarni to‘Qri tuslashga o‘rgatish.
|
Islimi shaklli milliy naqsh rozetkasining qalamtasviri (bodom islimi, yulduzcha gul).
Talaba yoshlarga gipsli naqsh namunasini o‘ziga qarab tasvirlash orqali qalamtasvirdagi mavjud asosiy qonunlarga o‘rgatish hamda o‘zbek milliy xalq amaliy san’atiga qiziqish uyg‘otish.
|
Me’morlik bo‘lagining qalamtasviri.
Talaba yoshlarga gipsdan yasalgan ushbu bo‘lakni chizdirish orqali ularni me’morchilikdagi an’anaviy namunalar bilan yaqindan tanishtirish. Tasvirlashda ijodiy qobiliyatlarini rivojlan-tirish, hamda bo‘lajak dala amaliyotida tarixiy va madaniy yodgorliklarni o‘ziga qarab tasvirlashga puxta tayyorlash.
|
Naqsh rozetkasi ishtirokida tuzilgan mavzuli natyurmortning qalamtasviri
(naqsh rozetkasi, mis qumg‘on, sopol idish, sidirg‘a mato zaminida).
Yoshlarga turli xajm, shakl, tusga ega bo‘lgan buyumlar to‘plamini chizdirish orqali ularning tasvirlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Kompozitsiya tuzishda umumiydan bo‘laklarga tarzda tasvirlashga o‘rgatish.
|
Intererda inson qomatining turli holatlardagi qalamchizgilari.
Turli tasvirlash vositalari orqali talabalarga qalamchizgilar bajarishni o‘rgatish. (Yumshoq qalam, retush, pastel, sous, sangina, tuslangan qogoz va boshqalar). Turli yumshoq tasvirlash vositalari bilan inson qomatining har xil xolatlaridagi xarakterli xususiyatlarini tez muddatda bajarishga o‘rgatish.
|
Gipsdan ishlangan kesik shaklli bosh namunasining qalamtasviri.
Talabalarni inson portretini tasvirlashga tayyorlash. Yuz bo‘laklari: ko‘z, burun, lab, quloqlarning umumiy shaklini geometrik asosda o‘rganish.
|
Mikelanjeloning "David" haykali bosh namunasi bo‘laklarining qalamtasviri (ko‘z, lab, burun, quloq).
Inson yuz qismi bo‘laklarini to‘g‘ri tasvirlashga o‘rganish. Ko‘z chuqurligining tuzilishi va uning kalla suyagida joylashishi. Yuqori va pastki lab shakli, ularning yuqori va pastki jagda joylashuvi. Burun shakli: ustki, pastki va ikki yon tomoni (qanotlari) shakli. Quloq shaklining umumiy tuzilishi, undagi muskullar shaklini tuslash yo‘llari.
|
David yuz niqobining qalamtasviri.
Ko‘z, lab, burun, quloq bo‘laklarini o‘ziga qarab tasvirlashda olgan bilim va malakalarni mustahkamlash. Gipsli yuz niqobni tasvirlash orqali inson yuz bo‘laklarini konstruktiv o‘rganish hamda tasvirlash malakalarini shakllantirish. Yorug‘-soya munosabatlari.
|
Inson bosh suyagining anatomik tuzilishi.
Bosh suyagi yuz qismi bo‘laklarining o‘ziga hosligi. Bosh suyagi yuqori sharsimon qismining shakli va tuzilishi. Yuz qismi bo‘lagi hamda pastki jag‘ bilan birlashuvi.
|
Anatomik bosh namunasining qalamtasviri.
Gudonning Ekorshe anatomik modeli.
Anatomik gips modelini tasvirlash asosida inson bosh qismi anatomiyasi bilan tanishish. Burun muskullari, chakka muskullari, chaynov muskullari, ogizning aylana muskullari, lunj muskullari, engak muskullari, yonoq muskullari, peshona muskullari, mimika muskullari, ularni to‘g‘ri tuslash.
|
Antik davrga mansub gipsdan ishlangan bosh namunasining qalamtasviri (Antinoy, Diadumen, Sokrat va boshqalar).
Gips modelini tasvirlash orqali inson portretini to‘g‘ri chizishga o‘rgatish. Gips va tirik boshni tasvirlashda o‘ziga xosliklar. Portret xarakteri. Yuz tuzilishidagi nisbatlar va shakllar, ularni tuslash yo‘llari.
|
Bosh suyagini uch holatda tasvirlash (to‘g‘ridan, yon tomondan,
4/3 rakursda).
Inson bosh suyagi shakli va uning konstruktiv - anatomik tuzilishi. Bosh suyagini turli nuqtalardan tasvirlashda suyak bo‘laklarining bir-biri bilan birlashuvi va perspektiv holatlari.
|
Aniq xarakterga ega bo‘lgan gips bosh namunasining qalamtasviri (Antinoy, Gatamelatta, Koleoni, Volter).
Portret kompozitsiyasi va xarakteri, yuz qismi bo‘laklari hajmining konstruktiv asoslari. Gipsdan yasalgan boshni tuslashda materialni his kilishning o‘ziga hos tomonlarini o‘rganish.
|
Intererning qalamtasviri (ko‘mir, qalam va boshqalar).
Tasvirni qog‘oz sirtida to‘g‘ri joylashtirish. Tasvirda fazoviy holatni aks ettirish orqali chiziqli perspektiva qonunlarini o‘rganish, 1,2 qatorda joylashgan xona jihozlarini to‘g‘ri tuslash. Ko‘rish nuqtasi, qarash burchagi, masshtab va boshqalar.
|
Yuz qismi kuchli xarakterga ega bo‘lgan keksa qiyofachining portretini ishlash.
Tirik boshni tasvirlashning o‘ziga hos xususiyatlari. Keksa odam boshining anatomik xususiyatlarni tahlil qilish. Konstruktiv anatomik tuzilishni aniqlash (yanoq suyaklarining burtib turishi, ko‘z soqqasi joylashgan chuqurliklar, burun, lab, yuz mushaklari ajinlarini aniq tasvirlash). Tirik odamni tasvirlashda tuslash qonuniyatlarini o‘rganish (soch fakturasi, yuz terisi xususiyatlari, ko‘z yaltiroqlari va boshqalar).
|
Milliy bosh kiyimdagi erkak qiyofasini tasvirlash.
Portretning xarakterli xususiyatlarini ochib berish. Portret tasvirlashda konstruktiv anatomik tuzilishni hisobga olib uning dinamik holatini aniqlash. O‘quv akademik qalamtasvir yaratishda inson yuz tuzilishi xususiyatlarini ochib berish. Bosh suyagini tuzilishi va mushaklarining konstruktiv anatomik jihatlarini aniqlab tasvirlash.
|
O‘ziga hos xarakterli xususiyatga ega bo‘lgan qiyofachi portretini qo‘llari bilan tasvirlash
Konstruktiv anatomik tuzilish asoslarini hisobga olgan holda qiyofachi yuz tuzilishi va tasviri o’xshashligoga e’tibor berish. Boshning elka kamari bilan birlashivini aniqlab tasvirlash (bo’yin mushaklari va elka mushaklari bo’g’lanishi)
O‘ziga hos xarakterli xususiyatga ega bo‘lgan qiyofachi portretini qo‘llari bilan tasvirlash
Portret xarakteristikasi, qo‘l, elka, suyaklari plastikasi, perspektiva qonunlari, chiziqli konstruktiv qurish usullari.
|
Odam skeletining qalamtasviri
(old va yon tomondan).
Odam suyaklarining tuzilishi va shakli. Naysimon suyaklar, g‘ovak suyaklar, yassi suyaklar, aralash suyaklar. Umurtqa pog‘onasi suyaklari, ko‘krak qafasi suyaklari (qovurgalar), qo‘l, elka kamari suyaklari, ko‘rak, o‘mrov suyaklari, elka suyagi, tirsak suyaklari, bilak suyaklari, qo‘l panja suyaklari; Oyoq suyaklari, yonbosh suyagi, chanoq suyagi, son suyagi, katta boldir suyagi, kichik boldir suyagi, oyok panja suyagi. Suyaklarning birlashishi va ularni umumiy holda tasvirlash
.
|
Odam skeletining qalamchizgisi (xayoldan).
Odam harakatlarini tasavvur etgan asosda odam skeleti harakatlarini tasvirlash (yugurib ketayotgan, to‘xtab turgan, sakrayotgan, arava tortayotgan va boshqalar (material ixtiyoriy)). Odam harakatini e’tiborga olib skeletni tasvirlash. Harakat plastikasini ko‘rsatish.
|
Oyoq panjasining gips modelini tasvirlash.
Gips oyoq namunasini ifodalash. Gips oyoq namunasini tasvirlash orqali odam oyog‘ini chizish malakalarini rivojlantirish. Qiyofachi oyog‘i qalamtasviri. Oyoqning plastikasi, konstruktiv tuzilishini tasvirlash (oyoq skeleti bilan taqqoslangan holda). Oyoq panjasi muskullarini o‘rganish va ularning plastik holatini anmqlash. Oyoq panjasi harakat davrida muskullarning anatomik jihatlari.
|
Odamning gipsdan yasalgan anatomik namunasini tasvirlash.
Modelning plastik holatini aks ettirish. Tana mushaklarining o‘zaro anatomik qonuniyatlarini aniqlash, a’zolarining nisbatlarini to‘g‘ri ifodalash. Tananing plastik holatini va konstruktiv tuzilishini yorug‘ va soyalar vositasida to‘g‘ri tuslash.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |