Fanning ta’limdagi o’rni
Qalamtasvir barcha tasviriy san’at tur va janrlarining asosi hisoblanadi. Ta’limning qaysi bosqichida bo’lishidan qat’iy nazar o’quvchi qalamtasvir bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lmog’i zarur. O’rta umumta’lim maktablari va o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari uchun amaliy san’at bo’yicha yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashda qalamtasvir faning o’rni katta ahamiyatga ega.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Talabalarning qalamtasvir yanada chuqur o’zlashtirishlarida o’qitishning ilg’or va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, Yangi informasion-pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhimdir. Fani o’zlashtirishda darslik, o’quv uslubi qo’llanmalar va ma’ruza matnlari, elektron adabiyotlar va tasvirlar, elektron materiallar, tasviriy san’at atributlaridan to’la foydalaniladi. Yetuk o’zbek va xorijiy amaliy san’at san’at usta rassomlarining jahon miqyosida tan olingan san’at asarlari namunalari, hamda metodik jihatdan mukammal reproduktiv ishlari; zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda mashg’ulotlar tashkil etish; postanovkalarni tashkil etishda safit (yoritgichlar)lardan foydalanish. Buyuk san’at ustalari va ularning ijod etish jarayonlarini aks ettirishga bag’ishlangan kino lentalari, chop etilgan namuna va elektron versiyalaridan keng foydalaniladi.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha
talablar
«Qalamtasvir» fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar mavzular bo’yicha auditoriyada o’quv postanovkalarini bajaradilar. Shuningdek, darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop ettirish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda quyidagi tasviriy san’at ashyolari bo’lishi zarur:
- turli geometrik shakllar, gips rozetkalar, har turli uy jihozlari, antik davri gips bosh nus’halari, antik davri gips haykallari, Dovud bosh haykali bo’laklari, anatomik haykal namunalari, plastik anatomiyaga oid plakatlar, tasvirlash qonun-qoidalarini namoyish etuvchi plakatlar, o’zbek va jahon san’ati namayandalarining badiiy asarlaridan namunalar, inson skeleti va bosh suyagining namunalari, bakalavr va magistrantlarining bitiruv ishlaridan namunalar. Shuningdek, inson qiyofasini tasvirlash uchun (portret, yarim gavda, gavda, yarim yalang’och va yalang’och) natura (qiyofachi)lar taklif etiladi va o’quv rejadagi vazifada ko’rsatilgan mashg’ulotning murakkablik va soatlaridan kelib chiqqan xolda ularga soatbay ish xaqi to’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |