86-mashq.
Matnni ko‘chirib yozing. Yana qanday bolalarning
o‘yinlarini bilasiz? Ularning o‘xshash va farqli tomonlari haqida bahs
yuriting. O‘z mahallangiz haqida so‘zlab bering.
Mahallamizning bir tomoni Tikonlimozor, bir tomoni
Qo‘rg‘ontagi. Uzun ko‘chaning o‘ng, chap tomonidagi pastqam,
tor ko‘chalarda o‘g‘il va qiz bolalar to‘planib, har xil o‘yinlar
o‘ynaymiz. «Kurash», «Botmon-botmon», «Oq terakmi, ko‘k
terak?», «Qushim boshi», «Mindi-mindi», «Bekinmachoq»
degan o‘yinlarimiz bor. (G‘afur G‘ulom)
87-mashq.
Matnni o‘qing. Qovun nomi ostida birlashadigan so‘zlarga
diqqat qiling. Ularning o‘xshash va farqli jihatlarini toping.
Qovun navlarining atalish usullari xilma-xil. Qovun nav-
lariga nom berishda tashqi ko‘rinishi, rangi, ta’mi, to‘rlarining
tuzilishi, pishish muddati kabi belgilarga alohida e’tibor be-
riladi. Gulobi, obinovvot, shakarpalak, asadi, bo‘rikalla, ko‘kcha,
qirqma, amiri, umrboqi kabi qovun nomlari til boyligimizning
bir qismi sanaladi. Xullas, har bir qovun nomining o‘z tarixi
va ma’nosi bor. (M. Safarov)
Do'stlaringiz bilan baham: |