34
85-mashq.
Matnni o‘qing. Meva nomi ostida birlashadigan so‘zlarni
ko‘chirib yozing. Ularning farqli belgilariga diqqat qiling. Shunday
bog‘da bo‘lganmisiz? Taassurotlaringiz haqida gapirib bering.
Havo issiq va shabadasiz edi. O‘riklar g‘arq pishgan. Yo‘llarga
to‘kilib, oftobda oltinlanib yotadi. Oldinpishar jonoqi olmalar
olovday yonadi. Hali ... shaftolilarning shoxlari yerda. Qizilsul-
tonlar yoqutday chaqnaydi. O‘ktam mevalarni saralaydi, hid-
laydi, biroq yegisi kelmaydi, ko‘zi to‘q. (
Oybek)
Do'stlaringiz bilan baham: