2-t o ð s h i r i q . Matnni o‘qing, sifatlarni aniqlang. Bahorni tasvir-
lab matn tuzing, ularda sifatlardan foydalaning.
Ko‘k yuzida pag‘a bulut – oq bulut,
Oq bulutdan sut yog‘armi yoki qut?
Pag‘a bulut — yaxshi ko‘klam elchisi,
Havolarda yomg‘ir isi, sel isi...
(Mirtemir)
3-t o ð s h i r i q . Yozing, gapdagi sifatlarni topib, ularni izohlang.
1. Oftob balandroq ko‘tarildi-yu, bulutlar tarqab, tog‘larda
ham havo ochilib ketdi. 2. Cho‘qqilar avvalgidan ham oqroq va
silliqroq ko‘rinadi. 3. Oyko‘l qishlog‘ida na ko‘l bor, na kattaroq
ariq. 4. Oqlangan maktab binosi oydinda ko‘kishroq ko‘rinadi.
5. Kuy ta’sirida tog‘lar avvalgidan azizroq va ulug‘vorroq ko‘rinib
ketdi. (P. Qodirov)
Do'stlaringiz bilan baham: |