BILIB OLING.
Ma’lum bir fikrni batafsil ifodalash
uchun gaplarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bog‘lab,
matn tuzamiz. Mazmun va grammatik jihatdan bog‘langan, bir
mavzuni ifodalovchi gaplar matnni hosil qiladi.
ESDA SAQLANG.
Mavzu matndagi asosiy fikrning nima
haqida ekanligidir. Shundan kelib chiqqan holda matnning
sarlavhasi ham bo‘lishi mumkin.
30-mashq.
Matndagi gaplarning o‘zaro mazmuniy va grammatik
bog‘lanishiga e’tibor bering. Unda aks ettirilgan voqeaning mazmunini
qayta hikoya qiling.
Rustamjon orziqib kutgan kun keldi. O‘sha kuni u sinfdan
chiqdi-yu, to‘g‘ri maktab gulzoriga o‘tdi. Maktab bog‘boni Rasul
buvani izlab topdi-da, unga sekin pul uzatdi.
– Buva, shunga ozroq gul bering, kerak bo‘lib qoldi.
Bog‘bon ajablanib Rustamdan so‘radi:
– Nega kerak bo‘lib qoldi?
– Bugun oyimlarning tug‘ilgan kunlari, shunga...
– Juda yaxshi o‘ylabsan. Pulingni cho‘ntagingga solib qo‘y,
hozir chiroyli guldasta yasab beraman.
Rustamjon bir dasta xushbo‘y va chiroyli gullarni quchoq-
lab, uyga chopdi. (N.Najmiddinov)
Do'stlaringiz bilan baham: |