15
1-topshiriq. Berilgan matnning nima maqsadda tuzilganligini
aniqlashga harakat qiling.
Dam olish kunlaridan biri edi. Ko‘chaga chiqdim. Kech kuz
bo‘lsa ham, havo ochiq, quyosh charaqlab turardi. Hamma yoqda
yaproqlar: oq, sariq, yashil yaproqlar... Go‘yo ko‘chaga chiqishingizni
kimdir bilgan-u yo‘lingizga gilam to‘shab qo‘ygan.
(O’. Umarbekov)
2-topshiriq. Hamid Olimjonning «O‘zbekiston» she’ridan olingan
parchani o‘qing. O‘zbekistonning go‘zal tasviriga alohida diqqat qiling.
Chiroylidir go‘yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin.
Qorli tog‘lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida...
Do'stlaringiz bilan baham: