«tasvir» nashriyot uyi



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/283
Sana13.05.2020
Hajmi1,29 Mb.
#50180
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   283
Bog'liq
Ona tili. 6-sinf (2017, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

320-mashq. 
Uyga vazifa.  -iston, -loq, -zor qo‘shimchalari yor-
damida otlar yasang va ular ishtirokida gaplar tizing.
Ò o p s h i r i q . Berilgan otlarni shaxs, narsa va o‘rin-joy otlariga
qiyoslang, ular o‘rtasidagi farqlarni aniqlang.
Chorvachilik, chopiq, loygarchilik, terim, ko‘rik.
 
FAOLIYAT-JARAYON OTLARI


127
BILIB OLING.
 Shaxs va narsalarning faoliyat jara-
yonini nomlovchi otlarga faoliyat-jarayon otlari deyiladi.
ESLAB QOLING. 
Faoliyat-jarayon otlari -lik,
-chilik, -garchilik,  -(i)m, -(i)k (-q) qo‘shimchalari
yordamida yasaladi: ezmalik, gallachilik, serobgarchilik,
terim, unum va hokazo.
321-mashq. 
Gaplarni ko‘chiring, faoliyat-jarayon nomini bildi-
ruvchi otlarning tagiga chizing.
1. O‘rindiqning bir chekkasida o‘tirgan ayol unga mehribon-
lik bilan tikilib turardi. (Yo‘ldosh Sulaymon) 2. Dadam kunduzi
g‘o‘zani chopiq qilib juda charchagan ekan, sira uyg‘onmadi.
(Murod Xidir)  3. Òa’tilda o‘qituvchi opamiz sayohatga olib bo-
radigan bo‘ldi. (Hakim Nazir) 4.  Shofyorlik kursini bitirib,
konda ishlay boshladim. (N. Normatov) 5. Yoshlikdagi gunohlari
uchun yangamdan kechirim so‘ramoqchilar. (O. Yoqubov)
6. Otaqo‘zi bo‘lajak kuyovining bachkana qiliqlariga ichida bir
g‘ijinib qo‘ydi. (O. Yoqubov)
322-mashq. 
Gaplarni o‘qing, faoliyat-jarayonni bildiruvchi otlarni
aniqlang, ma’nosini izohlang.
1. Bilim kishining ko‘nglini yoritadi, unga ro‘shnolik beradi.
(Yusuf Xos Hojib) 2. Yoshlik qaytib kelmaydi. (Asqad Muxtor)
3. Bu  dunyoda  uning  qo‘lidan  kelmaydigan  ish  yo‘q:
duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik — hamma-
sini eplaydi. (X. Sultonov). 4. Ancha ovoragarchilik bilan bir mashina
paxta olib qaytdik.  (P. Qodirov). 5. Huriniso i pakchilik zveno-
sining boshlig‘i bo‘lgan ekan. (Abdulla Qahhor). 6.  Shomurod
asli yilqichining bolasi, dehqonchilikni xushlamaydi. (Murod
Muhammad Do‘st) 7. Yolqin akam traktor terimidan bo‘sha-
gandan keyin hovlining kamchiliklarini tuzatadi. (P. Qodirov)
1. Faoliyat-jarayon otlari deb nimaga aytiladi?
2. Shunday otlar ishtirokida gaðlar tuzing.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish