Tasseming bu modda bilan olib bor"" I eksperimental ishiari natijalari


S. Arrenius elektrolitik nazariyasining asosiy qoidalari



Download 10,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/153
Sana23.01.2022
Hajmi10,85 Mb.
#405822
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   153
Bog'liq
kimyo tarixi davomi

S. Arrenius elektrolitik nazariyasining asosiy qoidalari:
-  Kislotalar,  asoslar  va  tuzlar  eritmalarda  ionlarga  ajraladilar, 
ammo ionlar o'zaro ta'sirlashmaydi;
-  elektrolitning  faqat  bir  qismi  ionlarga  parchalanadi,  qolgan 
qismi  molekula  holida  qoladi.  Moddaning  ionlarga  ajralgan  qismiga 
dissotsilanish darajasi deyiladi;
-  elektrolitik  dissotsiatsiya  jarayoni  massalar  ta'siri  qonuniga 
bo'ysunadi, 
ya'ni  o 'z  muvozanati  -   dissotsialanish  doimiysiga  ega 
bo'ladi.
Bu  nazariya  eritmalar  termodinamikasini  rivoji  uchun  ulkan 
birqadam  bo'lsada, ammo  ayrim  kamchiliklardan xoli emas edi:
-  elektrolit  molekulasi  va  hosil  bo'lgan  ionlaming  erituvchi 
molekulalari bilan  boradigan  ion-dipol ta'sirini hisobga olmas edi;
-  turli  zaryadli  ionlar  elektrostatik  kuchlari  ta'sirida  o'zaro 
tortishish-itarilish  kuchlari  dissotsialanish  darajasiga  qanchalik 
darajada ta'sir etishini  baholash imkonini bermas edi;
-  nazariya  kuchsiz  elektrolitlar  (
0 , 0 1
  molyardan  past  konsen­
tratsiyasi)  uchun  amal  qilar,  yuqori  konsentratsiya va kuchli elektro­
litlar uchun  to'liq  amal  qilmas  va bir  qator nazariy  muammolami hoi 
etishgaojiz  edi.
Shu  davrda  eritmalar  nazariyasi  rivojiga  S.  Arrenius,  Y.  Vant- 
Goff, V. Ostvald, P.I. Valden va V. Nemst bilan hamkorlikda bir qator 
ms  olimlari  ham  o'zlarining  salmoqli  hissalarini  qo'shdilar.  Awalo, 
D.I. Mendeleyev  1865-yil 31- yanvarda o'z doktorlik dissertatsiyasida 
suv bilan spirt aralashmasida turli tarkibga ega  assotsiatlar (gidratlar)
377


hosil  bo'lishi  va  erish jarayoni  bir  vaqtning  o'zida  ham  kimyoviy, 
ham  fizik  jarayon  ekanligini  isbotlaganini  ko'rsatish  lozim.  1888- 
yilda  V.A.  Kistyakovskiy  D.I.  Mendeleyevning  gidratlar  nazariyasi 
va  S.  Arreniusning  dissotsialanish  nazariyasini  umumlashtirish 
bo'yicha  bir  qator 
tadqiqotlar  olib  bordi.  1889-1891  yy.  LA. 
Kablukov  va  V.A.  Kistyakovskiy  eritmalarda  ionlaming  solvatlar 
hosil  qilish  mexanizmini  taklif  etishdi.  1891-yilda  I.A.  Kablukov 
Moskva  universitetida 
“Y   Vant-Goff  va  S.  Arreniusning  kimyoviy
 
muvozanat haqidagi ta ’Jimiga k o ’ra zamonaviy eritmalar nazariyasi’’
 
mavzusidagi  himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasida eritmada ionlar 
hosil  bo'lishining  asosiy  sababi,  erituvchi  va  elektrolit  orasidagi 
kimyoviy  ta'sirlashuv  ekanini  ko'rsatdi.  1889-1891  yy.  V.  Ostvald 
suyultirish  qonunini  kashf  etdi, 
P.I.  Valden 
esa 
tuzlar  suvli 
eritmalarining  elektr  o'tkazuvchanligi  ularning  moiekulyar  massasiga 
bog’liq 
ekanligini 
aniqladi. 
F.Kolraush 
cheksiz 
suyultirilgan 
eritimalarda  molyar  elekt  o'tkazuvchanlik  ionlar  harakatchanligi 
qiymati  Xo=ta-+ 
~k.
  bilan  belgilanishini  aniqladi.  1890  yilda V.Nemst 
elektrolitlar  eritmalarida 
ionlar  harakatchanligi  bilan 
diffuziya 
koeffitsiyenti orasidagi bog’liqlikni  aniqladi va  diffuziya nazariyasini 
ishlab chiqdi.
Yuqorida  qayd  etilgan  tadqiqotlar  va  erishilgan  yutuqlar 
elektrolitik  nazariyani  unga  xos  kamchiliklardan  xalos  etmadi  va 
1923-yilda  gollandiyalik  fizik-kimyogarlar  Peter  Debay  va  Yozef 
Xyukkel  kuchli elektrolitlar nazariyasining asosiy tamoyillarini ishlab 
chiqdilar:
1
.Suyultirilgan  eritmalarda  (
0,01  mol/l)
  elektrolitlar  to'liq 
ionlarga dissotsilanadilar.
2. Har bir ion teskari ishorali zaryadga ega bo'lgan zarrachalardan 
tashkil  topgan  o 'z  qobig’i  (  ion  atmosferasiga)  va  elektr  maydoniga 
ega.
3.  Ionning  o'z  o'lchami  kichik  bo'lsada,  uning 
atrofidagi 
atmosferasi  o'lchami  ko'p  marta katta va  qo'shni  ionlar  atmosferasi 
bilan kesishadi.
4.  Har bir  ion  erituvchining  dipol  momentiga  ega  molekulalari 
bilan o'ralgan, ya'ni o 'z solvat qobig’iga ega va sekin harakatlanadi.
5.  Eritma  konsentratsiyasi  qanchalik  yuqori  bo'lsa,  ionlar 
orasidagi ta’sirlashuv shunchalik kuchli va dissotsilanish darajasi kam.
6
. Kimyoviy jarayonlarda umumiy konsentratsiya emas, balki faol 
konsentratsiya  va faollik koeffitsiyenti: 
a  -  f C
  qo'llaniladi.
37S


7. 
Faollik  koeffitsiyenti  eritma  haroratiga,  konsentratsiyasiga, 
ion  kuchiga  va  erituvchining  dielektrik  o ’tkazuvchanligiga  bog’liq 
bo'lib, quyidagi funksional ko'rinishda ifodalanadi: 

Download 10,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish