“anilin purpuri
-
siren bo'yog’i ”
deb atashdi
va Fransiyada
“siren о 'n yilliklari”
davri boshlandi.
U.G. Perkin o'qish va ilmiy-tadqiqot ishlarini
yig’ishtirib qo'ydi va otasidan qarz olib sintetik bo'yoq fabrikasini
qurib ishga tushirdi. 6 oy ichida sintetik bo'yoq ishlab chiqarish va
sotishni yo'lga qo'ygan U.G. Perkin va akasi boyib ketdilar. 1857-yil
20-faebralda U.G. Perkib o’z kashfiyotini patent bilan himoya qildi.
Indigo bo'yog’i Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlarining
yirik plantatsiyalarida yetishtirilar va Yevropaga olib kelinar edi.
Alizarin Yevropada marena o'simligidan ekstraktsiya usulda olinar
edi. Alizarin bo'yoqlari olishning sanoat usulida yo'lga qo'yilishi
Germaniyada juda katta er maydonlarining bo'shashiga olib keldi.
Alizarin temir ishtirokida binafsha, xrom ishtirokida jigarrang,
alyuminiy-kaliyli achchiqtosh bilan och-gizil
rangli kompleks
bo'yoqlar hosil qiladi.
A d o lf Bayer
(1835-1917 yy.) - buyuk nemis kimyogari,
Germaniyada bo'yoqlar olish sanoati asoschi-
laridan biri, ko'plab mashhur nemis kimyogarlari
(G.O. Viland,
K. Grebe,
K.T. Liberman, V.
Meyer, E. Fisher, E. Buxnerlar) ustozi, sanoat
usulida indigo bo'yog’ini olish muallifi. 1868-
yilda A. Bayeming shogirdi Karl Grebe (1841-
1927 yy.) bilan hamkorlikda fan rivoji uchun yana
bir sanoat ishlab chiqarish usuli, juda
muhim
tabiiy bo'yoq - alizarinning sintezini amalga
oshirdilar. Ular alizarinni rux kukuni bilan qaytarib, antratsen olishdi,
1869-yilda antraxinonni bromlab, antratsen orqali alizarin olish
mumkinligini isbotladilar. Indigo bo'yoqlari ham sanoat miqyosida
olina boshlandi. Sanoat usulida bo'yoq ishlab chiqarish o 'z davrida
356
plastmassa, sintetik tolalar, detergentlar va pestitsidlar sintezi sohasini
shakllantirdi.
1900-1930-yillar
organik
kimyo
rivojining
2-bosqichi
hisoblanadi.
Bu davrda alkaloidlar, terpenlar, oqsil, polipeptid, purin,
o'simlik pigmentlari va xlorofillni o'rganish boshlandi. endi organik
kimyoning yangi nazariy yutuqlari fizika fani orqali bu soha
muvozanatini siljitib, yangi fan bo'limi -
fizikaviy organik kimyo
faniga asos solindi va organik kimyo o 'z rivojining 3-bosqichiga
o'tishga tayyor bo'ldi.
Bungacha organik-kimyogarlar tabiiy
birikmalarning tuzilishi bilan qiziqar edilar, ammo ularning o'simlik
va tirik organizmdagi bajaradigan funksiyasini o'rganish biokimyo
fanining vazifasi hisoblanar edi.
XX
asr birinchi choragida Yevropada bir qator yetuk olimlar: R.
Kun, A. Butenandt, P. Karrer, L. Rujichka, A. Todd bevosita
organik
moddaning struktura tuzilishi bilan ularning funksiyalari
orasidagi bog’liqlikni o'rgana boshladilar va bir qator yutuqlarga
erishdilar.
3-taraqqiyot bosqichi
analitik kimyo fani va sintetik kimyoning
ikki amaliy yutuqlari bilan bog’liqdir:
-
birinchisi
- avstriyalik kimyogar Frits Preglning mikroanaliz
usuli 0,25 gramm organik moddani analiz qilish imkoniyati ochildi;
-
ikkinchisi
- biologik kashfiyotlardan biri bo'lgan tabiiy
manbalardan vitamin va gormonlaming ajratib olinishi amalga
oshirildi.
Rixard Kun,
A. Butenandt
Paul Karrer
L. Rujichka
1900-1967 yy.
1903-1995 yy.
1889-1971 yy.
1887-1976 yy.
357
A w algi 30 yil davomida organik kimyoda eksperimental usullar
deyarli o'zgarmagan bo'lsa, endilikda mikromiqdordagi moddalar
bilan ishlash usuli shakllandi, organik sintez mahsulotlari aralash-
malarini ajratish va identifikatsiya qilish uchun xromatografiya
usulining
analitik
imkoniyatlari
va yangi
“yupqa
qatlam”,
“adsorbent” va “qog’oz xromatografiyasi” usullaridan foydalanish
boshlandi. 1934-1936-yillar davomida ingliz olimlari A. Todd va J.
Berdjer hamkorligi natijaalari vitamin Bi (tiamin)ning
beri-beri
kasalligiga qarshi muvaffaqiyatli qo'llash va yangi vitaminlar sintezini
amalga oshirish imkoniga olib keldi. A.Toddning bu sohadagi ishlari
faqat vitaminlaming struktur tuzilishini aniqlash emas, ularning tirik
organizmda
ta'siri
mexanizmini
o'rganishga
ham
qaratildi.
Biokimyogarlar bu paytda ATF, kokarboksilaza, kozimaza va boshqa
kofermentlami aniqlashdi. K. Funk, F. Gopkins va R.R. Yilyams-
laming tadqiqotlarini davom ettirgan K. Loman va P. Shyuster 1937-
yilda kokarboksilazani ajratib oldilar va uning achitqilari Bi
vitaminining pirofosfatli efiri ekanligini, uning terapevtik samara-
dorligini va katta yoshdagi kishilarga sutkasiga 1,4-2,4 mg tiamin
kerakligini isbotlashdi. Olimlaming aniqlashlaricha, kofermentlaming
ko'pchiligi faqat vitaminlaming emas, balki nukleotidlar asosini ham
tashkil etar ekan. 1953-yilda J. Uotson va F. Kriklar DNK molekulasi
qo'sh spiralli tuzilish konsepsiyasini ishlab chiqdilar, o'zaro vodorod
bog’lari yordamida bu molekulalaming juftlanishi konsepsiyasi
irsiy
replikatsiya
(lotincha
replicare
- orqaga qaytish, aks ettirish)
sabablarini
tushunishga yordam berdi, moiekulyar biologiya va
hozirgi zamon genetikasini shakllantirdi. Bu konsepsiyalar zamonaviy
tadqiqot usullaridan foydalanib, A. Todd boshchiligidagi
olimlar
Xulosasi asosida yaratilgan edi va endilikda kimyoviy tahlilga bog’liq
bo'lmasdan, mustaqil ishlash imkoniyatini berdi.
Doroti M eri Kroufut-Xodjkin
(1910-1994
yy.) - ingliz biokimyogari, organik moddalar
tuzilishini
RSA bilan o'rganish bo'yicha
mutaxassis, penitsillin (1946 y), vitamin B
12
(1956
у), B
12
kofermentidagi
Co-C bog’ini aniqlash
(1961 y) bo'yicha tadqiqotlari uchun 1964-yilda
Nobel mukofoti sovrindori bo'lgan. RSA usulining
YMR spektroskopiya, mass-spektrometriya va
xromato-mass-spektrometriya usullari bilan birga-
358
likda organik kimyo sintez va analizga kirib kelishi murakkab
moddalami o'rganishga keng yo'l ochib berdi va organik kimyogar-
lami modda molekulasini parchalab o'rganishdek mashaqqatli
mehnatdan xalos qildi, maqsadli tadqiqotlar samaradorligi oshdi.
1960-yillardan boshlab organik kimyo fa n i rivojining biologiya
va biokimyo fanlari rivoji bilan uzviy bog ’liq bo 'Igan IV bosqichi
boshlandi. Fizikaviy tadqiqot usullari kimyoviy tahlilni yengil-
lashtirgan bo'lsa ham, organik sintez usuli o'z o'mini yo'qotmadi va
kundan-kun o 'z imkoniyatlari chegarasini kengaytira boshladi.
Albatta, sintez organik kimyo fani va sanoatining hayotiy manbai
bo'lgan, bo'lmoqda va shunday bo'lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |