Tashxislashning dasturiy vositalari.
Tashxislashning dasturiy vositalar tizimli dasturiy ta’minotning qismidir va ular rezident dasturlardan iborat. Tashxislashni dasturiy vositalar bilan o‘tqazilganda nazarda tutish kerakki, tashxislash aniqligi tashxislashni o‘tqazish uchun yetarli bo‘lgan MK tizimining bazi bir qismlarining vaziyatli nosozligiga bog‘liq.
Mikrokontrollerni bajarish blokining testi boshqarish mexanizimidagi va axborotlarga ishlov berish buyruqlarini bajarish blokidagi nosozliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bajarilish natijasi oldindan aniqlangan buyruqlarni bajarish va keyin hisoblash natijalarini etalon bilan solishtirish yo‘li bilan test joriy etiladi. Natija sifatida tekshiriladigan buyruq turiga bog‘liq holda hotira yacheykasining qiymatlari, dastur holat so‘z bayrqlari, o‘tish manzili bo‘lishi mumkin. Bundek testlar buyruqlarni oldindan o‘rnatilgan ketma-ketligidan (deterministik) yoki psevdo tasodifiy hosil qilingan ketma-ketliklardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Ushbu blokni testlashini tashkil qilishdagi muammolardan biri, bu buyruqlarning ma’lum ketma-ketliklariga sezgirligini aniqlash muammosidir.
Hotira testlari (DXQ va OXQ) nosozliklar sababli hotirada saqlanayotgan axborotni o‘zgarishini aniqlash uchun mo‘ljallangan, ya’ni hotira elementlarining (manba shinasining uzilishi, yacheykalarning o‘zaro ta’siri) jismoniy tarkibidagi buzilish bilan bog‘liq faktni aniqlash.
DXQ testi o‘zida saqlanayotgan axborotilarni nazorat yig‘indisini aniqlash va uni keyin DXQ da saqlanayotgan dasturlar hotirasiga dasturiy ta’minotni oxirgi versiyasini kiritishdan oldin olingan etalon nazorat yig‘indi bilan solishtirish yordamida joriy etiladi. Oddiy holda nazorat yig‘indisi nazorat qilinadigan hotira xududida joylashgan dasturlar hotirasining barcha baytlarini modul 256 bo‘yicha yig‘indisini ifodalaydi.
Operativ hotira (OXQ) testi nazorat qilinishi kerak bo‘lgan har bir yacheykaga test so‘zini yozish so‘ng har bir yacheykadagi so‘zni o‘qish va undagi haqiqiy bor axborot bilan unga yozilgan test so‘zi qiymatini solishtirish yordamida joriy etiladi. Testlovchi kombinatsiyalar sfatida quyidagilar bo‘lishi mumkin:
xoxishiy axborotlar, shaxmatli kod (yozilayotgan so‘zda nol va birlarni almashishi, masalan, bir bayt sig‘imli yacheyka uchun bu kod 5516 va AA16), kodlar “yuguruvchi nol” va “yuguruvchi bir”, ularni o‘tqazishda m bit kenglikdagi yacheyka uchun “o‘qish-yozish” ning m sikli o‘tqaziladi (masalan, bir bayt sig‘imli yacheyka uchun “yuguruvchi nol” testi sakkista koddan iborat bo‘ladi: 11111110, 11111101, 11111011,..., 10111111, 01111111). OXQ testlash uchun boshqa ancha murakkab tashkillashtirilgan ketma-ketliklar ham ishlatiladi.
Tashqi qurilma testlari mikrokontrollerning mahsuslashtirilgan modullaridagi nosozliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan: portlar, analog-raqam o‘zgartiruvchi vahokazolar. Bundek testlar, odatda, test hosil qilgan mikrokontrollerning chiqish signalini qayd qilish uchun yoki unga etalan ta’sirni berish uchun qo‘shimcha apparat vositalarni ishlatishni talab etadi. Kiritish-chiqarish portlarini testlashda port razryadlariga axborotni kiritish uchun ishlatiladigan signal bera oladigan, port razryadlaridan axborotni chiqarishga ishlatiladigan signalni bera oladigan kommutatorlar ishlatiladi. Analog-raqam o‘zgartiruvchilarni testlashda tayanch kuchlanish manbalari ishlatiladi.
Hatolikni topish kodlari umuman MK tizimini va shuningdek uning alohida qismlarini ishlash ishonchliligini oshirish uchun mo‘ljallangan. Bundek kodlarni ishlatishning asosiy g‘oyasi ortiqcha axborot kiritishdan iborat, ya’ni qo‘shimcha hizmatchi razryalar qo‘llanishidan iborat, razryadlardagi qiymatlar axborot razryadlaridagi qiymatlarga bog‘liqdir. Hatolikni topish kodlarini yozishda hizmatchi razryalar ma’lum qoidalar asosila hosil qilinadi, axborot razryadlarining funksiyasi kabi. Kodni o‘qilganda hizmatchi razryalarni takroran hosil bo‘lishi sodir bo‘ladi va ularni oldin hosil bo‘lganlari bilan solishtiriladi. Yetarli darajada axborot ortiqchaligini ishlatilganda nafaqat hatolik bo‘lganligini aniqlash mumkin va yana uni joyini aniqlash hamda to‘g‘rilash ham mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |