Tashqi savdoda infratuzilmaning ahamiyati.
Reja:
1. Tashqi savdo operatsiyalarining mohiyati va turlari.
2. Tashqi savdo operatsiyalarini o‘tkazishda infratuzilmaning roli.
3. Bojxona xizmati va uning tashkil qilinishi.
4. Mamlakatimizda tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlari.
1. Tashqi savdo operatsiyalarining mohiyati va turlari.
Umumjahon aloqalarining dastlabki va muhim shakli xalqaro savdo hisoblanadi. Xalqaro savdo - bu dunyodagi barcha mamlakatlar tashqi savdosining yig‘indisidan iborat bo‘lgan xalqaro tovar-pul munosabatlari sohasidir. Xalqaro savdo uzoq qadim zamondan beri mavjuddir. Xalqaro mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi dunyo mamlakatlari o‘rtasida savdo aloqalarining vujudga kelishiga sababchi bo‘ldi. Xalqaro savdoning tabiati unda ishtirok etayotgan mamlakatlardagi ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Xalqaro savdoning o‘zagini tashkil etgan tashqi savdo-jahon mamlakatlari o‘rtasidagi savdo bo‘lib, u tovar va xizmatlarning chetga chiqarilishi, ya’ni eksport va chetdan keltirilishi, ya’ni importni o‘z ichiga oladi. Tashqi savdo, umuman xalqaro savdo xalqaro mehnat taqsimotiga asoslanadi. Ma’lumki xalqaro mehnat taqsimoti eng avvalo iqtisodiy naflilik qoidasidan kelib chiqadi. Iqtisodiy naflilik u yoki bu tovarni mamlakatlar o‘rtasida ayriboshlashni taqozo etibgina qolmasdan, balki uni shart qilib qo‘yadi. Demak, naf ko‘rish savdo-sotiqning mamlakatlar uchun foydali bo‘lishidir. Ma’lumki, iqtisodiyotda taqqoslama afzallik qonuni degan tushuncha bor, unga ko‘ra tovarlar ishlab chiqarish xarajatlarining turli mamlakatlarda farqlanishi natijasida tovar ayriboshlash hayotiy zaruriyatga aylanadi, ya’ni mamlakatda boshqa mamlakatga nisbatan, qaysi tovarni ishlab chiqarishda mehnat unumdoriligi yuqori va xarajatlar past bo‘lsa, shu tovar eksport qilinadi. Afzallikni turli omillar yuzaga keltiradi, ular tabiiy resurslar darajasi, ishchi kuchi arzonligi, tabiiy shart-sharoitlar va boshqalardir. Masalan, Rossiya yog‘och, neft, Ukraina shakar, O‘zbekiston paxta, Kanada, AQSh bug‘doy, Braziliya kofe, Avstraliya go‘sht, jun, Hindiston choy, Kuba shakar ishlab chiqarishda afzalliklarga ega.
Turli omillar ichida mamlakatning ilmiy-texnikaviy salohiyatiga aloxida to‘xtalib o‘tish zarur, chunki u iqtisodiy afzallikni ta’minlovchi asos bulib xizmat qiladi. Masalan, AQSh va Yaponiyada mavjud ilmiy-texnikaviy salohiyat ularda kompyuter texnikasi ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirishga imkoniyat beradi. Turli mamlakatlarda to‘plangan tarixiy tajribalar ham asosiy omillar qatoriga qo‘shiladi. Masalan, Angliyada to‘qimachilik, Yaponiya, Finlandiya, Polshada kemasozlik, AQSh, Rossiya, Fransiyada samolyotsozlik, AQSh va Yaponiyada avtomobilsozlik azaldan rivojlangan. Ammo afzallik abadiy berib qo‘yilgan holat emas, u o‘zgarib turadi. Masalan, Malayziya, Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya va boshqa bir qator mamlakatlar so‘nggi yillarda ayrim sohalarda jahon bozorida yetakchi o‘rinlarga chiqib oldilar.
Taqqoslama afzallik qonuni tushunchasini Respublikamizning yirik iqtisodchilaridan biri A. O‘lmasov o‘zining «Iqtisodiyot asoslari» kitobida (1997 yil) keltiradi. Iqtisodiyot olamida birinchi bo‘lib Adam Smit (1723-1790) bilim sari katta qadam tashlagan va u «Mutlaq ustunlik» tushunchasini fanga kiritgan. «Mutlaq ustunlik» tushunchasining mazmuniga ko‘ra har bir mamlakatda shunday bir tovar mavjudki, xarajatlar birligiga hisoblaganda u boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir. Xalqaro tovar ayriboshlash foydaliligining sabablarini tadqiq qilishda navbatdagi qadamni David Rekardo (1772-1823y) tashladi va u nisbiy taqqoslama ustunlik qonuniga asos soldi. Bugungi kunda jahondagi aksariyat mamlakatlar uchun tashqi savdo xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli hisoblanadi. Xalqaro savdoning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib, birinchidan, eksport va importning qiymati va natural miqdori dinamikasi ya’ni savdo oboroti, ikkinchidan, savdo balansi, uchunchidan, ma’lum bir tovarni ishlab chiqarish eksportga chiqarishning belgilangan miqdori, tovar tarkibi va geografik taqsimoti hisoblanadi. Bu yerda savdo balansiga alohida to‘xtalib o‘taylik. Savdo balansi (to‘lov majburiyatlari, savdo shartlari, eksport kvotasi) aktiv va passiv bo‘lishi mumkin.
Aktiv balans-eksport importdan ortiq va mamlakatga tashqaridan valyuta kela boshlaydi, natijada moliyaviy ahvol faollashadi. Passiv balans-import eksportdan ustun, mamlakatdan valyuta oqib chiqib keta boshlaydi, moliyaviy ahvol zaiflashadi, mamlakatning chet el qarzlari ko‘payadi, aholining turmush darajasi pasaya boshlaydi, pulning qadri tusha boshlaydi. Xalqaro savdoning huquqiy asosi bo‘lib savdo shartnomalari va kelishuvlari, to‘lov shartnomalari va kelishuvlari, tovarlarni yetkazib berish shartlari, kredit shartnomalari to‘grisidagi hujjatlar hisoblanadi. Xalqaro savdoning subyektlari va obyektlari mavjud. Xalqaro savdoning subyektlari bo‘lib xalqaro huquqiy hujjatlar asosida ish yurituvchi, davlat tashqi siyosatini amalga oshiruvchi davlatlar, davlatlarning tashqi savdo tashkilotlari, kompaniyalari hisoblanadi. Xalqaro savdoning obyekti bo‘lib jahon bozori hisoblanadi. Jahon bozori-bu xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-birlariga bog‘langan turli mamlakatlar o‘rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlari. Jahon bozori tovar-pul munosabatlarining xalqaro maxsuli xisoblanadi. Jahon bozori tovarlar va xizmatlar, moliya, ilmiy ishlanmalar mexnat bozorlaridan iborat. Xalqaro mexnat taksimoti kanchalik chukurlashsa ishlab chiqarish kulami shunchalik kupayyadi natijada jahon bozorining maydoni kengayib boradi.
Jahon bozori unga xos bo‘lgan infratuzilma orqali amal qiladi. Bu infratuzilma xalqaro tovar birjalari, fond birjalari, xalqaro banklar, kredit tashqilotlari, auksionlar, sug‘urta kompaniyalari, savdo-sanoat kompaniyalari va boshqalardan tashkil topadi. Bu infratuzilma tarkibiga transport, aloqa sohalarini ham kiritish mumkin. Jahon bozorining milliy bozordan asosiy farqi shuki, unda tovar assortimenti cheklangan bo‘ladi. Masalan: texnika-texnologiya, neft, gaz, metall, paxta, don, choy, kofe, yog‘och va shu kabilar. Shuni ham aytish kerakki, tovar ishlab chiqaruvchi har qanday davlat jahon bozorida ishtirok etuvchi subyekt hisoblanmaydi. Jahon bozorida maxsus narxlar - shartnoma narxlari mavjud, ular baynalmilal xarajatlarni aks ettiradi. Jahon bozoridagi narxlar baynalminal sarflar va xalqaro darajadagi talab va taklifga asoslangandan u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishga nisbatan ko‘p mehnat sarf qilgan yoki tovar sifatini jahon talablariga yetkaza olmagan mamlakatlar jahon bozorida raqobatlashuvga layoqatsiz bo‘ladilar. Demak, jahon bozoridagi savdo operatsiyalarida ko‘riladigan foyda yoki zarar tovarlarning milliy va xalqaro xarajatlar o‘rtasidagi farqqa bog‘liq bo‘ladi.
2. Tashqi savdo operatsiyalarini o‘tkazishda infratuzilmaning roli.
Tovarlarni olib kirish yoki olib chiqishning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi yoki chegaralanishi bilan bog‘liq holda iqtisodiy va bojxona siyosatining quyidagi to‘rt asosiy turini ajratish mumkin:
Qisman cheklash siyosati. Bu siyosat ichki bozorga ba’zi tovarlarni, masalan, mamlakat milliy mafkurasiga hamda aholi turmush tarziga teskari ta’sir qiladigan kino - video mahsulotlari va turli nashrlarni kiritmaslik maqsadida qo‘llaniladi.
Proteksionizm siyosati. Bu ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashdir.
Erkin savdo siyosati - «fritrederlik». Bu tashqi savdodagi cheklashlarni eng kam darajaga tushirishdir. Odatda, u tovarlarining raqobatbardoshligi yuqori va bozorlarda etakchi mavqega ega bo‘lgan mamlakatlar tomonidan qo‘llaniladi.
Taqchil bozorni to‘yintirish - «teskari protektsionizm» siyosati. Bu faqat milliy bozorda chuqur taqchillik sharoiti yuz berganda va unda hammaga o‘rin topiladigan sharoitdagina samarali hisoblanadi.
O‘zbekistonda teskari protektsionizm elementlari 1980-yillar oxiri va 1990-yillarning boshida xorijiy tovarlarni jalb qilish maqsadida qo‘llanilgan. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida eski aloqalarning bekor qilinishi va ishlab chiqarishning pasayishi barcha tovar bozorlarida taqchillikning o‘sishiga olib keldi. 1995-yil o‘rtalariga kelib import bojlarining bekor qilinishi, imtiyozli kreditlash va boshqa chora-tadbirlar natijasida taqchillik muammosining olib tashlanishiga muvaffaq bo‘lindi. U yoki bu siyosatni ishlab chiqish shartlari qattiq yoki yumshoq bo‘lishi mumkin. Siyosat usullarini tanlash va amalga oshirish davlatning maqsadlariga, umumiqtisodiy siyosat, tovar bozorlaridagi raqobat va boshqa omillarga bog‘liq.
Bojxona siyosatini olib borishda mamlakatdagi real vaziyatni hisobga olish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bevosita va bilvosita usullarini birgalikda olib borish maqsadga muvofiqdir. Bojxona siyosatida qo‘llanuvchi iqtisodiy usullarga asosan tarif usullari, ma’muriy usullarga esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’qiqlashlar cheklashlar, jazolar yoki aksincha ruxsat berishlar kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning samaradorligini baholash uchun ko‘pgina ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Shulardan quyidagilarni alohida ko‘rsatamiz:
1. Eksportning valyuta samaradorligi ko‘rsatkichi. U tashqi bozorda tovarlar sotishdan tushgan sof valyuta tushimining mamlakatda ularni ishlab chiqarish va tashishga kilingan xarajatlarga, agar tovarlar kreditga sotilgan bulsa, kredit ta’sirining koeffitsentini xisobga olgan xoldagi nisbatini ifodalaydi. Tovar kreditga sotilganida eksportni samaradorligi odatda kamayadi, birok kredit berilmasa, tovarlarni tashqi bozorda sotish kupincha kiyinlashadi, ba’zan esa umuman mumkin bulmaydi.
2. Importning valyuta samaradorligi ko‘rsatkichi mamlakatga olib kelingan tovarlarning ularni ishlab chiqarishning ichki shart-sharoitlari buyicha ularni sotib olish va chegaragacha etkazib keltirishga kilinadigan tulik valyuta xarajatlariga nisbatidir.
Eksportdan ko‘rilgan zararlar ko‘pincha importdan olingan daromadlar bilan qoplanishi tufayli, yuqorida aytib o‘tilgan ko‘rsatkichlarni to‘g‘rilash uchun tuzatish koeffitsiyentlari: import uchun eksport ekvivalenti samaradorligi koeffitsiyenti va shunga muvofiq eksport uchun import ekvivalenti samaradorligi koeffitsiyent joriy etiladi. Eksport uchun koeffitsiyent muayyan mamlakatga tovarlar eksport qilishdan tushngan jami valyuta tushimini ularni ishlab chiqarishga qilingan barcha xarajatlarga bo‘lishdan chiqqan sondir, import uchun koeffitsiyent esa import qilingan tovarlarni mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan taqdirda sarflanishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni bu tovarlar haqini to‘lash va keltirishga ketgan valyutadagi xarajatlar summasiga bo‘lish natijasidir. Chet el valyutalarining xarid kuchi bo‘yicha ham tuzatish kiritiladi.
3. Tashqi savdo ayriboshlash samaradorligining ko‘rsatkichi suratdagi import qilingan tovarlarning qiymat bahosi (mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan taqdirda ularga yoki ular o‘rnini bosuvchi tovarlarga qilinadigan barcha xarajatlar)ni ko‘rsatuvchi sonni maxrajdagi eksport qilingan tovarlarni ishlab chiqarishga va tashishga sarflangan barcha xarajatlarni bildiradigan songa bo‘lishdan chiqqan bo‘linmani bildiradi. Bu ko‘rsatkichni hajm (qiymat) jihatidan teng bo‘lgan eksport va import uchun aniqlash kerak. Mutanosib bo‘lmagan qismi uchun eksport yoki importning samaradorlik ko‘rsatkichi (qaysi biri ko‘pligi) alohida-alohida aniqlanadi. Uskunalarni import qilish samaradorligini baholaganda vaqt va sifat omiliga tuzatish kiritilishi mumkin.
4. Litsenziya sotib olish samaradorligi ko‘rsatkichi shunday nisbatdirki, uning suratida chet eldan sotib olingan yangi texnologiyaga yoki boshqa yangilikka litsenziyadan vaqt omilini hisobga olgan holda foydalanishdan keladigan samara miqdori, maxrajida esa litsenziya haqini to‘lash uchun zarur bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar turadi. Litsenziya olish-sotish munosabati bilan tovar ayriboshlash va xamkorlik kilishning faollashuvi va foydasi singari omillar xam xisobga olinadi.
Bojxona siyosati davlat tashqi savdo faoliyatining bir qismi bo‘lib, tovarlarni eksport va import qilishning shart-sharoitlari, hajmi va tarkibini tartibga solib turadi. Bojxona siyosatining mohiyati bojxona - tarif qonunchiligida, bojxona ittifoqlari va konvensiyalari, erkin iqtisodiy hududlar, tarif blokadalari va boshqalarni tashkil etishda namoyon bo‘ladi. Bojxona siyosatining mohiyatini ko‘rib chiqishdan oldin bu tushunchaga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |