Tashqi savdo siyosati, uning O’zbekiston iqtisodiyotdagi ahamiyati


I. Tashqi savdo siyosati, uning maqsadi, instrumentlari



Download 109,17 Kb.
bet2/20
Sana31.12.2021
Hajmi109,17 Kb.
#211096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Tashqi-savdo-siyosati

I. Tashqi savdo siyosati, uning maqsadi, instrumentlari

1. Tashqi savdo siyosati mazmuni va turlari


Tashqi savdo siyosati deganda, davlatning boshqa davlatlar bilan savdo aloqalariga qaratilgan maqsadli harakati tushuniladi. Iqtisodiy savdo siyosatidan koʻzlangan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:

-muayyan davlatning xalqaro mehnat taqsimotida ishtiroki darajasi va yoʻnalishlarini oʻzgartirish;

-iqtisodiy savdo strukturasi, eksport va import hajmini oʻzgartirish va davlatni oʻzi uchun tanqis resurslar bilan taʼminlash (xom ashyo, energiya va h.k.);

-eksport va import narxlari oʻrtasidagi farqlarni oʻzgartirish.

Iqtisodiy savdo siyosatini asosiy ikkita yoʻnalishga ajratish mumkin: - erkin savdo siyosati; - proteksionizm.

Erkin savdo siyosati (free trade) – bu, sof holda, davlatning bozordagi asosiy nazoratini saqlagan holda uning iqtisodiy savdoga bevosita taʼsirini cheklaydi. Lekin bu davlatning iqtisodiy savdodagi taʼsiri umuman yoʻq, degani emas. Bunda davlat boshqa davlatlar bilan kelishuvlar orqali oʻz xoʻjalik subyektlariga maksimal erkinlikni vujudga keltiradi.

Erkin savdo siyosati, davlatlarining bir-biriga bogʻliqligi darajasini oshirgan holda ijobiy siyosiy natijalarga olib keladi. Bundan tashqari erkin savdo siyosatining olib borilishi va davlatlarning birbirlari bilan iqtisodiy almashinuvi natijasida koʻproq daromadga erishadilar. Biroq erkin savdo siyosati hozirgacha sof holda hech qaysi davlat hududida qoʻllanilmagan.

Proteksionizm (protectionism) - bu milliy iqtisodiyotni xorijiy raqobatdan himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosatdir. Proteksionizmda erkin savdo siyosatidan farqli oʻlaroq bozor munosabatlari erkin amal qilmaydi, chunki bu yoʻnalish vakillari jahon bozorida davlatlarning iqtisodiy salohiyati va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarining raqotbardoshligi har xil boʻladi, shuning uchun bozor munosabatalrining erkin amal qilishi barcha davlatlar uchun, ayniqsa, kam rivojlanganlari uchun foydali boʻlavermaydi, deb hisoblaydilar.

Iqtisodiy savdo siyosatining dastaklari oʻz ichiga davlatlararo ikki va koʻp tomonlama kelishuvlar tizimini oladi. Biroq rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida, davlatlar koʻp hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy savdodan oladigan daromadlarini koʻpaytirish va kamaytirishga taʼsir oʻtkazish maqsadida boshqa dastaglardan ham foydalanadi. Bunday dastaglarga tarif (tariffs) va notarif (nontariffs barriers) toʻsiqlar kiradi.

Erkin savdo hududlari va bojxona ittifoqilari. Yuqorida iqtisodiy savdo siyosati instrumentlarining ishlash mexanizmi alohida olingan davlat misolida koʻrib chiqildi. Lekin iqtisodiyotda shunday holatlar mavjudki, bunda davlatlar iqtisodiy savdo siyosatini oʻtkazish yoʻlida birlashadilar va bir birlariga imtiyozlar yaratilishi natijasida bojxona bojlari olib tashlanadi. Agar mamlakatlar bir birlariga imtiyozlar belgilashi natijasida uchinchi mamlakatga nisbatan kelishilgan holda boj belgilansa, bunday kelishuvni erkin savdo hududi (free trade area) deyish mumkin: Yevropa erkin savdo assosatsiyasi (YEAST, 1959). Agar mamlakatlar bir birlari uchun bojxona bojlarini olib tashlari natijasida uchinchi mamlakatga nisbatan bir xil boj belgilansa, bunday kelishuvni bojxona ittifoqi (customs union) deyish mumkin: Fransiya-Monako (1865), Shvetsariya-Lixtenshteyn (1923).

Endi bojxona ittifoqi tuzilishi natijasida xalqaro savdo aloqalarida qanday oʻzgarishlar boʻlishini koʻrib chiqamiz.

1. Yangi tovar oqimlarining vujudga kelishi. Tasavvur qilaylik biror bir tovarni uch mamlakat har xil X narxlarda ishlab chiqaradi:

A mamlakat-100; V mamlakat-105;

S mamlakat-110.

V mamlakatda importga 20% li boj qoʻyilgan. Bu holatda V mamlakat bu tovarga boʻlgan ehtiyojni oʻzi qondiradi, chunki A va S mamlakatdan ushbu tovarni eksportga subsidiyasiz import qilish mumkin emas. Agar A va V mamlakatlar oʻzaro bojxona ittifoqini toʻzsa, V mamlakatda X tovarni ishlab chiqarish hajmi A mamlakatdan import qilish hisobiga kamayadi.

2. Tovar oqimlarining oʻzgarishi. Faraz qilaylik, yana oʻsha uch mamlakat U tovarni har xil narxlarda ishlab chiqaradi:

A mamlakat-130; V mamlakat-105;

S mamlakat-100.


Bojxona ittifoqi tuzilgunga qadar A mamlakat importga 20 foizli boj belgilashi natijasida, U tovarga boʻlgan talabni S mamlakatdan import qilishi hisobiga qondirar edi. Biroq A va V mamlakat oʻrtasida bojxona ittifoqi tuzilishi natijasida A mamlakat U tovarni ishlab chiqarish S mamlakatga nisbatan qimmatga tushushiga qaramay V mamlakatdan sotib ola boshladi.

Shunday qilib bojxona ittifoqi tuzilgan mamlakatlar hududida uchinchi mamlakatlar mahsulotlarining raqobatbardoshligi past boʻladi.

Tashqi savdo siyosati hukumatning mustaqil byudjet soliq siyosatlaridan biri bo’lib, tashqi savdo hajmini soliqlar, subsidiyalar yordamida, eksport va importni to’g’ridan to’g’ri boshqarishidan iboratdir.1 Tashqi savdo siyosati davlatning tashqi savdoni boshqarishda ishlatadigan barcha usullari yig’indisidan iboratdir. Tashqi savdo siyosatini olib borishdan asosiy maqsad davlat tomonidan qabul qilingan eng ustuvor vazifalarga hamda tashqi savdo barqarorligiga erishishdan iborat. Davlatning joylashgan o’rniga, iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga, undagi mavjud tizimga qarab uning tashqi savdo siyosati ishlab chiqiladi. Tashqi savdo siyosati orqali bevosita va bilvosita usullar import yoki eksport boshqariladi. Bu maqsadga erishish qonun hujjatlari, Prezident qarorlari va farmonlari va boshqa huquqiy normalardan foydalaniladi.

Davlatning tashqi savdo siyosati bir tomonlama, ikki tomonlama hamda ko’p tomonlama bo’lishi mumkin. Bir tomonlama tashqi siyosat davlat boshqa davlat manfaatlarini hisobga olmagan holda o’z tashqi siyosatini ishlab chiqishidan iborat bo’lib, keyinchalik boshqa davlatlar ham bu davlatga xuddi shunday siyosatni qo’llashlariga olib keladi. Shu sababli uzoq muddatli davrda bir tomonlama tashqi savdo siyosati effektiv bo’lmaydi. Tashqi savdoni ikki tomonlama boshqarish ikkkita davlatning bir-biri bilan kelishib savdo siyosatini ishlab chiqishlaridan iboratdir. Bunday holatda bu ikki davlat bir-birlariga ko’proq imtiyozlar beradilar, boshqa davlatlar bilan savdo siyosatiga qaraganda erkinliklar ko’proq bo’ladi. Ko’p tomonlama savdo siyosati esa ma’lum bir davlatlar guruhining biror tashkilot doirasiga birlashib shu davlatlar uchun umumiy bo’lgan savdo siyosatini ishlab chiqishlaridir. Bunga misol qilib Jahon Savdo Tashkilotini hamda barcha hududiy integratsiyalar doirasidagi savdo siyosatlarini olishimiz mumkin.

Umuman tashqi savdoni boshqarish juda uzoq vaqtlar davomida olimlar diqqat e’tiborida bo’lib kelgan. Tashqi savdoni qanday boshqarish samaraliroq degan savol ustida juda ko’p munozaralar, bahslar bo’lgan va bo’lib kelmoqda. Ba’zi olimlar tashqi savdoda erkinlik nazariyasini qo’llab quvvatlasalar, ba’zilari himoyalangan tashqi savdo siyosatini olib borishni afzal biladilar.

Davlatning tashqi savdo siyosati uning qanchalik tarzda ochiq yoki yopiqligini belgilab beradi, shu sababli davlatning tashqi savdo siyosati davlatga kirib kelayotgan tovar va xizmatlar, shuningdek kapital qo’yilmalari hamda investitsiya oqimiga ta’sir qiladi. Tashqi savdo siyosatini quyidagi ikkita asosiy turga bo’lishimiz mumkin



  1. erkin tashqi savdo siyosati

  2. proteksionizm siyosati

Erkin tashqi siyosati olib borilganda davlat tashqi savdoga minimal darajada aralashadi, eksport, import va boshqa operatsiyalar faqatgina bozor mexanizmlariga asoslangan holda bo’ladi tashqi savdoning asosiy omili davlatlarning resurslar bilan ta’minlanganligidagi farq va bu resurslardan qanchalik unumli foydalanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Bunda har bir davlat biror mahsulot ishlab chiqarishga moslashadi, xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga keladi. Ixtisoslashuv, masshtab samarasi, resurslardan foydalanish effektivligi oshadi.

Proteksionizm ichki ishlab chiqaruvchilarga tashqi raqobat ta’sirini kamaytirishga yo’naltrrilgan chora tadbirlari bo’lib, tashqi savdoga turli xil usullar bilan to’siqlar qo’yiladi. Proteksionizm siyosati mamlakatga kirib kelayotgan tovar va xizmatlar narxining qimmat bo’lib kirib kelishiga sabab bo’ladi, bu bilan uning ichki bozordagi raqobatbardoshligi kamayadi. Amaliyotda proteksionizm siyosatining quyidagi turlari uchraydi:



  • tanlangan proteksionizm (faqatgina ma’lum davlatlarga qo’llaniladi)

  • sohaviy proteksionizm (ma’lum sohalar himoya qilinadi)

  • kollektiv proteksionizm (bir nechta davlat birlashib bu siyosatni amalga oshiradi)

  • yashirin proteksionizm (ichki iqtisodiy siyosat orqali yuzaga keladi)

Bu siyosatdan asosiy maqsad yangi yoki davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan sohalarni himoya qilishdan iborat. Shuningdek bu siyosat natijasida davlat byudjetiga katta mablag’ tushadi, davlat byudjetining asosiy daromadlaridan biri yaratiladi.

Proteksionizm siyosati uzoq vaqt davomida saqlanib turishi jamiyat uchun katta yo’qotishlarga olib kelishi mumkin. Birinchidan, narxlarning qimmatlashuvi iste’mol hajmining kamayishiga sabab bo’ladi. Ikkinchidan, yuqori narxlarning mavjud bo’lishi resurslardan samarasiz foydalanilishiga olib kelishi mumkin.

Amaliyotda sof liberallashgan yoki to’liq himoyalovchi tashqi savdo siyosati uchramaydi. Har bir davlatning tashqi savdo siyosati, uning yopiqlik darajasi boshqasidan farq qiladi. Davlatlarning tashqi savdo siyosatlarini bir-biriga yaqinlashtirib, ularni bir qolipga keltirish maqsadida davlatlar orasida ikki tomonlama hamda ko’p tomonlama shartnomalar imzolanadi. Hozirgi kunda juda ko’p davlatlar Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lganlar va tashkilot doirasida tashqi savdo siyosatlarini bir-biriga yaqinlashtirmoqdalar. Bundan tashqari ko’pgina davlatlar bu savdo tashkilotiga a’zo bo’lish maqsadida o’z tashqi siyosatlarini belgilangan normalarga keltirmoqdalar.


Download 109,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish