Qisqa muddatli davrda:
Avvalo eksport operatsiyalarini yanada rivojlantirishimiz, ularga ko’proq imtiyozlar, imtiyozli ssudalar berishimiz qisqa muddatli davr uchun asosiy vazifalardan biridir. Bu haqda prezidentimizning yangi “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uni O’zbekiston sharoitida bartaraf etish yo’llari” nomli asarlarida ham aytib o’tilgan. Bu bilan yaqin yillar ichida iqtisodiyotimizga katta miqdordagi investitsiyalarni jalb qilish, mahsulot tannarxini tushirish vazifalari ustuvor qilib belgilangan
Eksport jarayonlaridagi har xil moliyaviy hamda adminstrativ to’siqlarni olib tashlash, eksport jarayonidagi praseduralar soni va davomiyligini qisqartirish eksport salohiyatimiz rivojiga katta hissa qo’shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |