Tashqi savdo siyoati, uning O’zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiyati


Eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibining o’zgarib borishi



Download 374,5 Kb.
bet12/19
Sana09.07.2022
Hajmi374,5 Kb.
#761047
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDO SIYOSATI

Eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibining o’zgarib borishi



Eksport tarkibi6
“Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uni O’zbekiston sharoitida bartaraf etish yo’llari” kitobida takidlanishicha so’ngi yillarda mamlakatimiz eksporti tarkibida chuqur o’zgarishlar yuz bermoqda, avvalo xom ashyo bo’lmagan mahsulotlar o’rni oshib an’anaviy eksport mahsulotimiz bo’lgan paxtaning o’rni kamayib bormoqda. Buni quyidagi ikkita diagramma bo’yicha tekshirib ko’ramiz, ushbu diagrammalar eksport tarkibini 2003 hamda 2007 yillardagi tarkibini ko’rsatib beradi.
Grafiklardan ko’rinib turibdiki kuzatilayotgan yillar davomida eksport tarkibida biz uchun an’anaviy bo’lgan paxta tolasi hajmi kamayib 14% gacha pasaygan, shuningdek oltin hajmida ham pasayish ro’y berdi. Ushbu yillar davomida energetika mahsulotlari ulushi oshdi, mahsulotlar soni oshib boshqa tovarlar deb nomlangan qismda o’sish kuzatildi. Oziq ovqat mahsulotlari eksportining oshishi kuzatildi.
Eksport tarkibida xom-ashyo bo’lmagan mahsulotlar ulushi 2008-yil yakunlariga ko’ra 71% dan oshiqroqni tashkil qildi7.
Shuningdek so’ngi yillarda eksport geagrafiyasi o’zgarmoqda. Avval Yevropa mamlakatlari va MDH davlatlari eksportimizning asosiy tashkil qiluvchilari bo’lgan bo’lsalar, hozirgi kunga kelib uning tarkibida Sharqiy Osiyo mamlakatlari ulushi oshib bormoqda.

2.3 Tashqi savdo siyosatini takomillashtirish zaruriyati, muammolar va istiqbolli o’zgarishlar
Mamlakatimizda faol tashqi siyosat olib borilayotgan bo’lsada hal qilinishi kerak bo’lgan muammolar talaygina. Ushbu bobda aynan shu muammolar haqida to’xtalib o’tamiz va ularni hal qilish bo’yicha qanday ishlar amalga oshirish mumkinligi haqida fikr yutitamiz.
Dastlab muammolarni import sohasidan boshlasak va uning iqtisodiyotimizga ta’siri haqida to’xtalsak. Ushbu ishimiz davomida ta’kidlab o’tganimizdek importga o’rtacha tariflar miqdori 14,8% ni tashkil qiladi va bu mamlakatimiz importga tariflar bilan juda katta to’siqlar qo’ymayotganini ko’rsatadi. Ammo import sohasida quyidagi to’siqlar va muammolar mavjud:

  • O’zbekiston Respublikasiga import operatsiyalarini amalga oshirish o’rtacha 109 kunni tashkil qiladi, bu juda katta fursat bo’lib importga katta to’siqlardan biridir

  • Importni soliqlar yordamida cheklash yo’lga qo’yilgan bo’lib kirib kelayotgan mahsulotlarga qo’shilgan qiymat solig’i, ayrim tovarlarga esa aksiz soliqlari solinadi, bu esa mahsulot narxining ichki bozorga ancha qimmat bo’lib kirib kelishiga, va o’z-o’zidan uning raqobatbardoshligi pasayishiga olib keladi. Bu bilan import hajmi ham pasayadi.

  • Bojxona oformleniyasining ko’p vaqtni olishi hamda unga katta to’lovlar

  • Import operatsiyalarini olib boorish uchun tayyorlanishi kerak bo’lgan hujjatlar sonining ko’pligi va uni tayyorlash jarayonlarining qiyinligi

  • Valyuta konvertatsiyasi bilan bog’liq bo’lgan muammolar ham importga to’sqinlik qilgan, ammo so’ngi yillarda bu masala ijobiy hal qilinmoqda. Ammo baribir chet el valyutasi konvertatsiyasi vaqti ancha kattaligicha qolmoqda.

  • Kirib kelayotgan mahsulotlar va ularning ehtiyot qismlariga sertifikatlarni talab qilish.

  • Import qilinayotgan mahsulotlar haqida TIAISVga tayyorlanishi kerak bo’lgan hujjatlar sonining ko’pligi

  • Bojxona nazorati hamda uni tashkil qilish bilan bog’liq muammolar

  • Moliyaviy muammolar

Import qilinayotgan mahsulotlarga jami qo’shimcha to’lovlar mahsulot narxining 41% ni tashkil qiladi, bu esa to’siqlar ancha kattaligini ko’rsatib turibdi.
Bular birinchi navbatda import qilinayotan mahsulotlar narxiga hamda ularning kirib kelish vaqtiga ta’sir qiladi. Bu bilan mahsulotlarning ichki bozordagi raqobatbardoshligi pasayadi, hamda mahsulotlarning qimmat narxda bo’lishi aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir qiladi.
Mahsulotlarning importi qiyinlashishi o’z navbatida ichki ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir qiladi. Ular o’z ishlab chiqarishlari uchun zarur xom-ashyolarni o’z vaqtida ola olmaydilar, ularning xarajatlari oshadi va milliy iqtisodiyotimizga katta ziyon yetishiga, uning maksimal darajada rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Importga katta to’siqlar bo’lishi o’z navbatida boshqa davlatlarning javob harakatlariga olib keladi, yashirin tarzda ular ham har xil to’siqlardan foydalanishga o’tadilar. Mamlakatga kirib kelayotgan investitsiya hajmi ham import cheklanishi bilan o’zining potensialidan cheklana boshlaydi.

Download 374,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish