Tabel nomeri
|
Taqdim sanasi
|
Mukofot kodi
|
...
|
...
|
...
|
Bu jadvalda Nomer + Sana jadvalning bosh kaliti xizmatini o’taydi.
dbf fayllaridagi ma’lumotlarni shartli ravishda ikki guruxga ajratish mumkin: o’zgaruvchan va doimiy ma’lumotlar. Bu guruxlar faqat ma’lumotlarni qayta ishlash va ularning yangilanish chastotasi bilangina bir-biridan farq qiladi.
Ma’lumotlar omboridagi o’zgaruvchan ma’lumotlar eng ko’p qo’llaniladigan ma’lumotlar xisoblanadi. Chunki ular tez-tez o’zgartirib turiladi (ba’zan xar kuni yoki xaftada bir marta). Masalan, metallarni qayta ishlash maxsulotlariga bo’lgan talablar faylida doimiy o’zgarish bo’lib turadi. Bunday axborot tizimlarida qotishma turlari kam o’zgaradi, lekin uning metalldagi tashkil etgan qismi (foizi) o’zgarib turadi.
Ba’zi parametrlar - nomlanish, o’rtacha og’irligi, issiklik sig’imi va boshkalar uzoq muddat o’zgarmay qoladi. Ular ma’lumotlar omboridagi doimiy ma’lumotlar deb ataladi.
Relyasion jadvalga katta xajmga ega bo’lgan ma’lumotlarni kiritishda ba’zi satr qiymatlarini bir necha bor qayta ishlatish xollari uchrab turadi. (Masalan, firmalarning kodlari, talabgorning rekvizitlari va x.k.).
Ko’pgina dasturlarda takrorlanadigan guruxlarni kiritish texnologiyalari mavjud va ular orkali berilgan axborotlarning birortasi yuqotilmasdan satrlarga o’tkaziladi.
Masalan, MS Office paketidagi Excel dasturidan foydalanib, ma’lumotlar ombori tuzishda berilgan satr yoki ustundagi qiymatlarni qayta kiritishda «Kopirovat» buyrug’idan foydalanish mumkin. Bu buyrak orqali biror katakchadagi qiymatlar buferga (vaqtinchalik saqlash uchun) o’tkaziladi. Buferda shaklanayotgan ma’lumotlarni esa ko’p marta ishlatish mumkin. Buning uchun qiymat kiritiladigan katakcha tanlanib, «Vstavit» buyrug’ining berilishi etarli.
Xuddi shuningdek, “Kopirovat” buyrug’i yordamida ma’lumotlar guruxi nusxalanishi mumkin.
Tizimlar sistemalar deganda yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida xam yaxshi xam o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmui tushuniladi.
Informatilada “tizim” tushunchasi ko’proq texnik vositalar va dasturlar to’plamiga nisbatan ishlatilinadi.Axborotlarni shakli va mazmuniga ko’ra turlariga ajratishularni saqlash, izlash vakata ishlash prinsiplariga qayta ishlashda qo’llaniladigan usullar shaxslar xamda vositalarning o’zaro bog’langan majmuiga axborot tizimi deyiladi.( AT) deyiladi.
Axborot tizimining asosiy vazifasiga berilgan turdagi axborotni izlash uni kayta ishlash va qisqa vaqt ichida kerakli joyga uzatish masalalarini xal qilish kiradi.
Axborot tizimlari oddiy xisoblash ishlari uchun emas, ma’lumotlarni avtomatik izlash va tanlash (saralash) masalalarini xal kilishga mo’ljallangan.
Axborotni izlash nima? Masalan,aytaylik kutubxonadan Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanini izlayapsiz . Bu kitobni izlashni kutubxonadagi alifboli katalogdan boshlaysiz va unda faqat muallif nomiga e’tibor berasiz. Kartochkalar ichida bir necha “A.Qodiriy”larni topasiz, ulardan kitob nomini izlaysiz. Shu tartibda izlanayotgan kitobning bor yoki yuqligini aniqlaysiz.
Umuman, kutubxonadan kerakli adabiyotni izlashda alifboli katalog, tizimli katalog, mualliflar ism va shariflari bo’yicha katalogdan foydalaniladi.
Xozirgi davrda axborotlarni izlash va saralash amallari shunchalik rang-barangki, ularni sanab chikish u yoqda tursin, turlarga ajratish xam mushkul. Axborot tizimlari o’zi xizmat qiladigan soxa doirasidagi belgilangan xar qanday savolga javobni avtomatik izlashga va topishga mol’jallanadi. Odatda izlash sharti faqat foydalanuvchining xoxishiga bog’liq bo’ladi. Beriladigan savollar komputerga kiritilgan ma’lumotlar bilan uzviy bog’langan bo’ladi, aks xolda beriladigan savollar javobsiz qolishi tabiiy.
Axborotni izlash jarayonini axborot tizimlarida andozalar orqali amalga oshiriladi. Andoza ko’rinishi turli dastur uchun turlicha bo’lishi mumkin. Quyidagi ma’lumotlarni izlashning asosiy boshqarish menyusi keltirilgan.
Andoza asosida ishlash tartibini asosiy boshkarish menyusi orqali quyidagicha belgilash mumkin:
Kalitlar
Andoza
Kiritish/chiqarish
|
Birinchi qator tanlanganda, asosiy kalit (so’zlar) ekranda xosil bo’ladi va foydalanuvchi ulardan keraklisini Pg Up, Pg Doun, kursiv va x.k tugmachalaridan foydalanib tanlaydi. Kerakli kalit tanlagach, unga mos andoza ekranga chiqadi (ya’ni ish tartibi o’rnatiladi), so’ngra (lozim bo’lsa) andozadagi axborotlarni o’zgartirib yoki o’zgartirmagan xolda undan foydalaniladi.
Ma’lumotlar omboridan kerakli satrni tez topish uchun jadvaldagi ma’lumotlar berilgan kalit bo’yicha tartibga keltiradi (alifbo bo’yicha, qiymatlarning kamayishi yoki ortishi bo’yicha).
Telefon ma’lumotnomasidan iborat quyidagi jadval, bosh kalit (telefon nomeri) qiymatining o’sishi bo’yicha tartiblangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |