9. Dorixona boshqaruvi va nazorati imkoniyatlari. Quyida dorixona avtomatlashtirish tizimining imkoniyatlari to‘g‘risida qisqa ma’lumotlar beriladi (5.8-rasm).
Dorixona nazorati tizimi barcha zaruriy axborotlarni hisobga olish imkonini beradi.
Dorixonalarning strukturalashgan bo‘limlarining avtomatlashgan jarayonini tashkillashtirishda ish jarayonini boshqarish soddalashadi.
Dorixonalar uchun dastur har bir kontragentdan so‘ng ishning barcha tarixini saqlab qoladi.
Dorixona ishi avtomatlashgan tizimi tashkilot hisobiga o‘zaro hisob jarayonini nazorat qilinadi.
Dorixonalar professional dasturi katta o‘lchamdagi axborotlar bilan oson va tez ishlash imkonini beradi.
Axborotni qayta ishlash imkoniyatlarining kengligi tizimdagi foydali uskunalar ko‘pligi hisobiga amalga oshiriladi.
Dorixonalar nazorati tizimi tizimdagi yig‘ilgan ma’lumotlar asosida analitik ish olib boradi.
Mijoz faolligi yoki buyurtma statistikasi qulay.
Dastur masalaning bajarilish muhlatlarni nazorat qiladi.
Universal va tez qidiruv tizimi;
Dorixona bo‘limlari ishini tashkillashtirishda bajarilayotgan burchlari bo‘yicha xodimlarga dastur taqsimlangan;
Dorixona nazorati avtomatlashuvi taqdim etilayotgan servis sifatini oshiradi.
Guruhlash, saralash va filtrlash tizimdagi ishning tez va effektli borishga ko‘maklashadi.
Dorixonalarning strukturalashgan bo‘limlari ishini tashkillashtirishni avtomatlashtirish sotuv jarayonini to‘laqonli nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi.
Tizimdagia xborot boshqa formatdagi faylga konvertatsiya qilinishi mumkin.
Avtomatravishda e-mail va SMS bo‘yicha yuboriluvchi tizim;
Dorixona uchun professional ish jarayonini mukammallashtiradi va kompaniyani o‘sishiga olib keladi.
5.8-rasm. Dorixonalar ishini boshqarishni avtomatlashtirish.
Savol va topshiriqlar. Ma’lumotlar bazasi nima?
Ma’lumotlar bazasi turlari va axborot tizimlarini qurishdagi roli ayting.
Ma’lumotlarni strukturalash va ma’lumotlar modellari nima?
Ma’lumotlar bazasini ieraraxik, relyasion va ob’ektga yo’naltirilgan modellari nima?
Ma’lumotlar bazasining asosiy ob’ektlarini ayting.
Ma’lumotlar bazasini tashkil etish usullari qanday?
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) deb nimaga aytiladi?
MBBT funksional imkoniyatlarini bilasiz.
Ma’lumotlar bazasi strukturasini yaratish, tahrirlash va ishlov berish haqida ayting.
MBBTning qanday buyruqlari to’plamini bilasiz?
So’rovlar va SQL – so’rovlar tili nima?
SQL so’rovlar qanday yaratiladi?
Ma’lumotlar ustida amallar qanday bajarish?
Markazlashtirilgan va taqsimlangan ma’lumotlar bazalari haqida nima bilasiz?