Matematik funktsiyalar.
PRODUCT(< argumentlar ro`yxati >) – argument qiymatlarining ko`paytmasini hisoblaydi;
SQRT (son) – sonning kvadrat ildizini hisoblaydi;
FACT (son)- argument sifatida berilgan butun songacha bo`lgan natural sonlar ko`paytmasini hisoblaydi;
RAND (tasodifiy son) – 0 va 1 oralig`idagi tasodifiy sonni hioblaydi;
ABS (son) – argument qiymatning modulini hisoblaydi;
LN(son) – sonning natural logarifmini aniqlaydi;
EXP (son)– sonning eksponentasini hisoblaydi;
SIN(son)- sonning sinusini hisoblaydi;
COS(son) - sonning kosinusini hisoblaydi;
TAN(son) – sonning tangensini hisoblaydi;
Statistik funktsiyalar.
AVERAGE()- barcha argumentlar qiymatining o`rta arifmetigini hisoblaydi;
MAX() argumentlar ro`yxatidan eng kattasini topadi;
MIN()- argumentlar ro`yxatidan eng kichigini topadi;
SUM()- barcha argumenlar qiymatining yig`indiini hisoblaydi;
ДИСП()- barcha argumentlar uchun dispersiyasini hisoblaydi;
ДОВЕРИТ(a; b; n); a - ishonchlilik darajasi uchun tanlab olingan qiymat.
b- tanlab olingan tajriba natijasito`plami uchun o`rtacha farqlanish bo`lib, oldindan malum deb faraz qilinadi. n – tanlanmadagi elemenlar soni.
КВАДРОТК()- barcha argumenlar uchun kvadrat farqlanishni aniqlaydi.
Mantiqiy funktiyalar.
Ayrim amaliy maalalarni yechishda hisoblashlar u yoki bu shartlarga bog`liq bo`lishi mumkin. Bunday holda quyidagi shartli funktsiyadan foydalaniladi:
IF(; 1-ifoda; 2- ifoda)
Ishlash printsipi quyidagicha: ning qiymati «chin» bo`lsa, <1-ifoda>, «yolg`on» bo`lsa, <2- ifoda> bajariladi.
Diagrammalar yasash. Diagrammalar electron jadvalning ajralmas qismi bo`lib, uni grafiklar dab ham yuritiladi.
Diagramma – jadval ko`rinishida berilgan ma’lumotlarni grafik ko`rinishida tasvirlash usuli bo`lib, unda tasvirlangan ma’lumotlar tushunishga oson bo`libgina qolmay, balki ishni ham tezlashtiradi. Xususan, ko`p sonlar va bu sonlar orasidagi bog`liqlikni tasvirlashda disgrammaning roli juda muhimdir. Jarayonning strukturasi va undagi o`zgarishlarni diagramma yordamida aniqlash mumkin. Bu narsani faqat faqat sonlarning o`zlariga qarab aniqlashjuda mushkul. Diagrammalar ishchi jadval vaqarlaridagi ma’lumotlar (sonlar) asosida yasaladi. Shuning uchun diagramma yasashdan oldin sonlarni hosil qilish lozim. Odatda, diagramma yasash uchun kerak bo`ladigan sonlar bitta varaqda yoki alohida faylda joylashadi. Umuman, bu shart ermas. Bitta diagramma yasashda ixtiyoriy sondagi varaqlardagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin, xuddi shuningdek, ixtiyoriy sondagi ish kitoblardan ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |