Панел задач darchasida Параметры панел задач bandi masalalar satrini taxrir qilish mumkin.
Windows dasturlari darchasi va menyusi. Windowsning barcha dasturlari darchada joylashgan bo’lib o’z menyu satriga ega bo’ladi, ya’ni xar bir dastur uchun aloxida muxit yaratilgan bo’lib, u erda maxsus buyruqlar va ko’rsatmalar mavjud. Dastur oynasining yuqori qatorida dastur nomi, tagida menyu satri joylashgan. Xar bir menyuda shu guruxga mansub bandlar mavjud, bu bandlar o’z navbatida qism-bandlarga bo’linadi. Qism-bandlarning bazilari ko’rsatkichga (1.6-rasm. ko’rsatkich ko’rinishi) ega va ular navbatdagi darchalarga ega bo’ladilar.
1.6-rasm.
Menyu bilan ishga tushish uchun “sichqoncha” tugmasini menyu qatorida bosish lozim, so’ngra menyu osti buyruqlarini ko’rsatuvchi to’rtburchak shaklida soxa ochiladi. Kerakli buyruqni berish uchun mos buyruq bandi tanlanadi va “sichqoncha” tugmasi bosiladi. Agar boshqa biror buyruq kiritilish uchun oldingisini bekor qilish lozim bo’lsa, shu minyudan tashqari joyda «sichqoncha» tugmasi bosiladi.
Mening kompyuterim dasturida ishlash. Mening kompyuterim yorligi fayl yoki disklarni ko’rish uchun qulaylik tug’diradi va u erda quyidagi qism yorliqlari hosil bo’lishi mumkin.
1.7-rasm. Mening kompyuterim dasturi oynasi
Biror diskning mazmuni bilan tanishish uchun ish stolidagi Mening kompyuterim yorligiga «sichqoncha»ning ko’rsatkichi olib kelinib, chap tugma ikki marta bosiladi, natijada ekranda hosil bo’lgan darchaga murojat etiladi.
Bu dastur menyusi bo’limlari Windows uchun umumiy bo’lgan bandlardan tuzilgan. Shu sababli bu dastar menyusi ustida to’xtalmaymiz. Mazkur dasturdagi asosiy yorliqlardan biri Boshqarish paneli bo’lib, u uning ustida «sichqoncha» ko’rsatkichi bosilgandan so’ng faollashadi.
Boshqarish paneli. Boshqarish paneli kompyuterni foydalanuvchining extiyojiga bog’liq ravishda bajarilayotgan ishlar ko’lami va maqsadidan kelib chiqqan xolda biror ko’rinishda eng maqbul usulda hosil qilish imkonini beradi.
Bu dastur menyusi, bo’limlari Windows uchun umumiy bo’lgan bandlardan tuzilgan. Shu sababli bu dastur menyusi ustida to’xtalmaymiz. Mazkur dasturdagi asosiy yorliqlardan biri Boshqarish paneli bo’lib, u uning ustida «sichqoncha» ko’rsatkishi bosilgandan so’ng faollashadi.
1.8- rasm. Boshqarish paneli rasmi.
|
|
Uskunalar paneli
|
Saxifa xolatini aniqlash
|
Saxifaning ishchi ko’rinishi
|
Betlar eskizi ko’rinishi
|
Yorliqni yirik ko’rinishi
|
Yorliqni mayda ko’rinishi
|
Dasturlarning ro’yxati
|
To'la ma’lumotli ko’rinish
|
Yorliqlarni tartiblash
|
Jadvaldagi ustunlarni tanlash
|
Boshqa joyga o’tish
|
Yangilash
|
Masalan, Панел инструментов bandiga murojat etib, darchadagi yorliqlarni turli ko’rinishda ekranda hosil qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |