Tayanch so’z va iboralar: kompyuter, informatika, aхborot, aхborot texnologiyalari, axborot tizimlari, axborot xavfsizligi, kompyuter virusi.
1. Kompyuter texnikasi bilan ishlashda texnika havfsizligi va gigienasi.
Kimyo va farmasevtiktexnologiya tizimlarini tahlil qilish, sintez qilish va optimallashtirish hamda texnologik jarayonlarni boshqarish masalalarni yechishda zamonaviy hisoblash texnikasining keng qo‘llanishi xar hil sohadagi texnologlardan АКТ(EHM)larni to‘g‘ri qo‘llashda va ularni ishlatishga zaruratni to‘g‘ri aniqlashda yetarli bilim va uquv talab qiladi.
«Axborot texnologiyalari va jarayoblarni matematik modellashtirish» fanining o‘qitishdan maksad AKT(EHM)ni kimyo va farmasevtik texnologiyasi masalalarini, ya’ni ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtirish, optimallashtirish va boshqarish masalalarini yechishda qo‘llash imkoniyatlarini o‘rgatish, talabalarni EHMni kimyo va farmasevtik texnologik jarayonlarini hisoblash eksperimenti o‘tkazish yo‘li bilan o‘rganish va kimyo va farmasevtiktexnologik jarayonlarini optimallashtirish va loyihalash masalalarini yechish uslublariga o‘rgatishdir.
«Axborot texnologiyalari va jarayoblarni matematik modellashtirish» fanida juda keng spektrdagi masalalar, hisoblash mashinalarini ilmiy tadqiqotlarda qo‘llashdan boshlab, to texnologik jarayonlarni boshqarishda qo‘llashgacha bo‘lgan masalalar ko‘riladi.
1. Kompyuter texnikasi bilan ishlashda texnika havfsizligi va gigienasi.
Tabiatdagi barcha narsalarda, xususan, inson organizmida ham elektr zaryadlari mavjud bo‘lib, ular o‘zaro muvozanatda turadi va hayot uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Bundan tashqari inson tanasi a’zolarining faoliyati o‘ta kuchsiz elektr signallari yordamida amalga oshiriladi va boshqariladi. Lekin inson organizmidan elektr toki oqib o‘ta boshlaganda, bu muvozanat va zaryadlarning joylashish tartibi o‘zgaradi va juda qisqa vaqtda insonning yurak, miya kabi o‘ta muhim a’zolarining tiklab bo‘lmaydigan darajada ishdan chiqishiga, ya’ni inson o‘limiga olib keladi.
Inson hayoti uchun butun tana bo‘ylab, masalan, bir qo‘ldan ikkinchisi tomon yoki qo‘ldan oyoqqa qarab o‘tadigan elektr toki eng xavfli hisoblanadi. Odatda, tok urganda elektr toki inson tanasi orqali erga o‘tib ketadi. SHu sababli informatika xonasini beton polli xonalarga yoki binoning erto‘lalariga joylashtirish qat’iyan ta’qiqlanadi va sinf xonasining poli elektr tokini o‘tkazmaydigan qilib (masalan, taxtadan) yasalishi va barcha kompyuterlarning korpuslari erga ulanishi (yoki elektr ta’minotining evroandozalarga moslab ulanishi) talab qilinadi.
Yuqori kuchlanish (220 Volt) yuradigan simlarning barchasi, shu jumladan uzaytirgichlar, kompyuter va boshqa elektr qurilmalari elektr ta’minotiga ulanish simlarining ikki marta izolyasiya qilinganligi talab etiladi. Kompyuter xonasida faqat ovoz kuchaytirish qurilmalari, skanerlar kabi elektr quvvatini kam iste’mol qiluvchi qurilmalar bitta izolyasiyali simlar bilan elektr tarmog‘iga ulanadi. SHu sababli ular boshqa elektr qurilmalaridan alohida turishlari va ularning oldiga talabalar kela olmasligi lozim.
Inson tanasidan oqib o‘tadigan tok miqdori inson tanasining elektr tokiga qarshiligiga ham bog‘liq. Foydalanuvchilarning shamollab qolishi, isitmasining chiqishi, terlab turib kompyuterda ishlashi, barmoqlarining shilinishi yoki yaralanishi va hatto qo‘lni yuvib, yaxshi artmaslik ham inson tanasi qarshiligini 2-50 marta kamaytirib, tok urish xavfini shuncha marta oshirib yuborishi mumkin. SHu sababli informatika fanidan darslarni jismoniy tarbiya va mehnat ta’limi kabi fanlardan keyin dars jadvaliga qo‘yish mumkin emas. O‘quvchilarni informatika xonasiga kiritishda ularni birma-bir ko‘zdan kechirib chiqish, sog‘lig‘i yomon va barmoqlarida muammolar bo‘lgan talabalarga alohida e’tibor qaratish kerak.
Kompyuterning va unga ulanadigan barcha qurilmalarning korpuslari tok o‘tkazmaydigan materiallardan yasaladi va metall ishlatilganda ham, ular tok o‘tkazmaydigan bo‘yoqlar bilan qoplanadi. Bundan faqat kompyuterning orqa tomonidagi murvatlar va turli simlar ulanadigan uyalar istisnodir.
Kompyuterning korpusida yuqori kuchlanishli elektr toki bo‘lmasa-da, ular erga ulanmagan yoki yaxshi ulanmagan va uzoq vaqt, masalan, kun bo‘yi ishlayotgan bo‘lsa, korpusda hayot uchun xavfli miqdordagi elektr zaryadlari yig‘ilib qolgan bo‘lishi mumkin. SHu sababli sinfda kompyuterlarni devor bo‘ylab yoki xonaning o‘rtasiga ikki qator qilib joylashtirilishi kerak. Ayniqsa, sinfga qarab devor yonida o‘tiradigan o‘qituvchining kompyuterini o‘rnatishga jiddiy e’tibor berib, uning orqa tomoniga talabalarning o‘ta olmasliklari ta’minlanishi kerak (1.1-rasm).
1.1-rasm. Kompyuterda ishlash qoidalari.
Zamonaviy kompyuter texnikasida sistema blokining old tomonidagi tugma kompyuterni elektr tarmog‘idan butunlay uzmaydi.Buning uchun kompyuter korpusining orqa tomonidagi tugmadan foydalanish kerak. Agar kompyuter korpusida bunday tugma bo‘lmasa kompyuterni elektr tarmog‘iga ana shunday tugmasi bor maxsus uzaytirgichlar orqali ulash lozim. Bundan tashqari, sinfdagi barcha kompyuterlarni elektr tarmog‘idan uzuvchi yagona uzgich ham bo‘lishi kerak
Sanitariya-gigiena talablari. Informatika darsida talabalar kompyuterda ishlaganlarida, boshqa darslardan farqli o‘laroq, ularning bir qator mushaklari tarang holatda bo‘ladi va kompyuterda uzoq muddat ishlash to‘liq shakllanib ulgurmagan talabalarning badanlari zo‘riqishiga va noto‘g‘ri shakllanishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
Kompyuter monitori o‘tirgan talabalarning ko‘zlari darajasidagi balandlikda bo‘lib, talabalar undan 40 sm dan 80 sm gacha bo‘lgan masofada o‘tirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Kompyuterning klaviaturasi o‘tirgan talabalarning bukilgan tirsaklari darajasida bo‘lishi kerak. Sichqon uchun klaviaturaning ikkala tomonidan etarlicha joy qoldirilishi va ular bir xil balandlikda bo‘lishlari kerak.
Kompyuterlarni hatto maxsus ishlangan stend va shkaf ko‘rinishidagi mebellarga joylash taqiqlanadi. Kompyuter stolining tortmalari bo‘lsa, ular talabalarning o‘tirgan holda oyoqlarini oxirigacha uzatishlariga xalaqit bermasligi kerak.
Kompyuterda muttasil ishlash vaqti talabalar uchun 30 minutdan oshmasligi lozim.
Kompyuter xonasining kvadrat metrlardagi sathi unga joylangan kompyuterlar sonidan kamida 6 marta ko‘p bo‘lishi kerak.
Kompyuter xonalari etarli quvvatga ega ventilyasiya tizimiga ega bo‘lishi lozim.
Kompyuter klaviaturasida iflos qo‘llar va o‘stirilgan tirnoqlar bilan ishlashga ruxsat berilmaydi.
Yuqumli kasalliklar xuruji paytida talabalar kompyuterda ishlashdan oldin va keyin qo‘llarini sovun bilan yuvishlari kerak.
Klaviaturaning kompyuter ishlamayotgan paytda uzoq muddatga ochiq holda qolishi va unda chang yig‘ilib qolishining oldini olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |