Mening kompyuterim dasturida ishlash. Mening kompyuterim yorligi fayl yoki disklarni ko’rish uchun qulaylik tug’diradi va u erda quyidagi qism yorliqlari hosil bo’lishi mumkin.
1.7-rasm. Mening kompyuterim dasturi oynasi
Biror diskning mazmuni bilan tanishish uchun ish stolidagi Mening kompyuterim yorligiga «sichqoncha»ning ko’rsatkichi olib kelinib, chap tugma ikki marta bosiladi, natijada ekranda hosil bo’lgan darchaga murojat etiladi.
Bu dastur menyusi bo’limlari Windows uchun umumiy bo’lgan bandlardan tuzilgan. Shu sababli bu dastar menyusi ustida to’xtalmaymiz. Mazkur dasturdagi asosiy yorliqlardan biri Boshqarish paneli bo’lib, u uning ustida «sichqoncha» ko’rsatkichi bosilgandan so’ng faollashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |