Tashqi iqtisodiy munosabatlarda kredit hamda uning turlari va funksiyari Markaziy bankning tijorat bank kreditlariga ta’siri



Download 191 Kb.
bet19/20
Sana08.07.2022
Hajmi191 Kb.
#756711
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
CHINMIRAYEV ANVAR KURS ISHI

Imtiyozli kreditlar. Davlat dasturi asosida ajratiladigan imtiyozli kreditlar. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun davlatning maxsus fondlari yoki xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan turli xil imtiyozlar bilan ajratiladigan kreditlar. Ushbu kredit shartlari bevosita resursni taqdim etayotgan tashkilot tomonidan o‘rnatiladi.
Ipoteka kreditlari. Uy-joy sotib olish uchun ajratiladigan kredit turi bo‘lib, belgilangan shartlar asosida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan yoki davlat dasturlari asosida maxsus davlat fondlari hisobidan imtiyozli ravishda ajratilishi mumkin. Kredit mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish ikki karra mas’uliyatni talab etadi. Shunday ekan, kreditni olish, ishlatish va qaytarishda mas’uliyatni his etib, tartibli qarzdorlardan bo‘lishga harakat qilaylik. Chunki kredit bu sovg‘a emas, u moliyaviy maqsadlarimizga erishish uchun imkoniyat. Bu imkoniyatdan mas’uliyatsizlik bilan foydalanib, o‘z vaqtida qaytarilmasa kredit tarixiga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Imtiyozli kreditlar qanday maqsadlar uchun ajratiladi?
Imtiyozli kreditlar yosh tadbirkorlarga barcha yo‘nalishdagi investision loyihalar uchun ajratiladi:
- meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash;
- to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya;
- kimyo, farmasevtika;
- oziq-ovqat;
- elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, zamonaviy qurilish materiallari;
- hunarmandchilik hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalari.
Kafillik – kredit ta'minotining bir turi bo‘lib, unda kafil kreditni qarzdor tomonidan to‘liq yoki qisman to‘lanishiga kafolat beradi, aks holda, kafilning o‘zi kreditni kafillik summasi doirasida to‘lab berishni o‘z bo‘yniga oladi. Bankning ichki tartibidan kelib chiqqan holda, kredit ta'minoti uchun kafillikni qabul qilishga limit o‘rnatilishi mumkin, masalan, 50 mln. so‘mdan yuqori kreditlarga kafillikdan boshqa ta'minot turlari talab etilishi mumkin. Siz kafillik shartnomasiga imzo chekkaningizdan so‘ng, do‘stingiz bilan bir qatorda kredit to‘lanishiga javobgar hisoblanasiz. Do‘stingiz ma'lum bir sabablarga ko‘ra kreditni to‘lamaganda kreditni to‘lab berish majburiyati uning o‘rniga sizga yuklatiladi.


Xulosa
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta'minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta'minlaydigan omilidir. O‘zbekistonda tijorat banki faoliyatini yuritish uchun Markaziy bank tomonidan beriladigan bank litsenziyasini olish zarur. Ushbu litsenziya muddatsiz va uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas. Banklar sizning mablag‘ingiz bilan samarali foydalanishni va xavfsizligini ta'minlagan holda, omonatga pulingizni qabul qilib, foiz to‘lash orqali mablag‘laringizni ko‘paytirib beradi. Sizga mablag‘ kerak bo‘lganda yoki zarur narsalarni sotib olish uchun jamg‘armalaringiz yetarli bo‘lmaganda, tijorat banklari sizga kreditlar taqdim etishi mumkin. Misol uchun, uy, texnika, avtomobil, mebel sotib olish, o‘qish to‘lovlari va boshqalar uchun kreditlar olishingiz mumkin. banklarning kassalari va mobil ilovalari orqali mahsulotlarning xaridi, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, jarimalar va boshqalar uchun to‘lovlarni amalga oshirish oson. Naqd pulsiz mablag‘lar bilan to‘lash uchun tijorat banklarida hisobvaraq ochish mumkin. Bu, onlayn do‘konlarda amalga oshirilgan xaridlar uchun eng qulay to‘lov yo‘li hisoblanadi. Bank hisobvarag‘iga mablag‘ingizni qo‘yib, ularni xavfsizlikda saqlaysiz.
Hozirgi vaqtda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qator imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Ulardan biri – bu yoshlarning investision tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.


Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish