Kredit skoringi - bu Sizning kreditni to‘lay olish qobiliyatingizni ball berish orqali baholash tizimi. Sizga beriladigan ballar muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud yoki yo‘qligi, shuningdek, daromadlar, faoliyat turi, yosh va turmush holati va boshqa shu kabi omillarga bog‘liqdir. Skoring ballini oshirish uchun o‘z kredit tarixingizni kuzatib borishingiz, qarz yuki hajmini ko‘paytirmasdan, majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarib borishingiz zarur. “Kredit olish uchun ushbu kredit bilan bog‘liq bir qancha harajatlar qilishga majbur bo‘ldim.” – bu Sizga tanish so‘zlar bo‘lsa kerak. Ma’lumki, bankdan olinayotgan har qanday kredit bo‘yicha uning turiga qarab, uni olish, foydalanish va to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar yuzaga keladi Kreditning to‘liq qiymatiga kredit turi va garov ta’minoti turiga qarab quyidagi harajatlar kiradi:2 -Bank foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar — kreditni rasmiylashtirish va undan foydalanish davomidagi komission to‘lovlar. Bunda, Siz kreditni o‘z vaqtida to‘lamaganingiz uchun hisoblangan jarima, penya va neustoykalar kreditning to‘liq qiymatiga kiritilmaydi;
-Garov ta’minoti sifatida kredit qaytmaslik xataridan sug‘urtalash bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar (polis), agar kredit garov mulki sifatida ushbu ta’minot turini taqdim etayotgan bo‘lsangiz;
-Garov mulkini (avtotransport, uskuna, ko‘chmas mulk) sug‘urta qilishda sug‘urta tashkilotiga to‘lanadigan to‘lovlar, agar kredit garov mulki sifatida ushbu ta’minot turini taqdim etayotgan bo‘lsangiz;
-Garov ta’minoti sifatida kafillik (kafolat) olish uchun kafil (kafolat beruvchi)ga to‘lanadigan to‘lovlar, agar kafil Sizdan bunday to‘lovni amalga oshirishni talab etsa;
-Garov mulkini baholash uchun baholovchi tashkilotga to‘lanadigan to‘lovlar, agar kredit ta’minotiga bunday garov mulkini (ko‘chmas mulk, avtotransport, uskuna, qimmatbaho tosh kabilar) taqdim etayotgan bo‘lsangiz;
Kredit olish uchun hujjatlarni tayyorlash, ularni bankka topshirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (vositachilar)ga to‘lanadigan to‘lovlar. Bunday harajatlar haqiqatda to‘langan vaqtda hisobi yuritiladi.
Kelajakda kredit kartasidan samarali foydalanish uchun bank bilan kredit shartnomasini tuzishdan oldin uni diqqat bilan o‘rganib va uning barcha xususiyatlari, komissiyalari va boshqa “yashirin va kutilmagan” vaziyatlarini aniqlab olish zarur.
Bundan tashqari, kartangiz bo‘yicha imtiyozli davr (mavjud bo‘lsa) qanday hisoblanishini diqqat bilan o‘rganib chiqing va uning “chegarasi”dan chiqmasilikka harakat qiling. Esda tuting, belgilangan summani o‘z vaqtida qaytarmasangiz, Siz nafaqat ushbu summa va uning foizlarini to‘lashingiz, balki penya to‘lovlarini ham amalga oshiringiz kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |