— tovarning yuklab-jo‘natishga tayyor ekanligi haqidagi xabarnomaxaridorni buyurtma berilgan tovarlar tayyorlanganligi va jo‘natishga shay ekanligi haqida xabardor qiladi;
— fraxta qilishga ariza— tovar yetkazib beruvchi tomonidan yuk tashuvchini istalayotgan transport vositasi, yukni jo‘natish vaqti va shu kabilarni ko‘rsatgan holda yuk uchun joy band qilib qo‘yishni so‘rab jo‘natiladigan hujjat;
— yuklash yo‘riqnomasi — yuk va uni tashish munosabati bilan ekspertning talabi haqidagi batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi;
— yetkazib berishga ruxsatnoma — xaridor tomonidan beriladigan hujjat bo‘lib, u tovarning yuklab-jo‘natishga tayyor ekanligi haqida sotuvchidan xabar olgandan keyin tovarlarni jo‘natishga ijozat beradi;
— yuklashga ruxsatnoma — bu hujjat vositasida sotuvchi yoki yukni oluvchi yukni oluvchini tovarlarning jo‘natilganligi haqida xabardor etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |