Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Download 2,59 Mb.
bet3/238
Sana05.01.2022
Hajmi2,59 Mb.
#320439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238
Bog'liq
УМК ТИФ ва ракобат менежменти2020

M U N D A R I J A

I.O‘QUV MATERIALLARI

Ma'ruzalar matni

Amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanma

II. MUSTAQIL ISHLARINI TAYYORLASH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA

III. GLOSSARIY

IV. ILOVALAR:

Fan dasturi

Ishchi o‘quv dasturi

Tarqatma materiallar

Testlar

TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI” FANIDAN MA'RUZALAR MATNI



1-MAVZU. "TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI" FANINING PREDMETI, VAZIFASI VA O‘RGANISH USULLARI

1.Fanning mohiyati, maqsad va vazifalari.

2.Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmentining predmeti va o‘rganish usullari.

3.Tashqi iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari.


Tayanch so‘zlar: Tashqi iqtisodiy faoliyat, raqobat menejmenti, strategiya, tashqi savdo, milliy iqtisodiyot, agrobiznes, iqtisodiy soha, jahon iqtisodiyoti, raqobatbardosh.
Mamlakatning xalqaro ijobiy imiji milliy manfaatlarni samarali ilgari surishning asosiy omili va davlat farovonligini yuksaltirish hamda barqaror rivojlanish, milliy iqtisodiyotning jahon miqyosida raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan strategik masalalarini xal etishdagi eng muhim shartlaridan biridir. Oxirgi yillarda O‘zbekistonning barcha ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda mamlakatimizning yangi, ochiq tashqi siyosati O‘zbekiston Respublikasining jahon xamjamiyatidagi ijobiy imiji va obro‘sini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Mana uch yildirki, Harakatlar strategiyasining chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarida belgilangan vazifalar O‘zbekistonning taraqqiyotga erishish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Ma'lumki, mamlakatimiz o‘zining tashqi siyosat faoliyatida barcha xorijiy mamlakatlar va jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorlikni xalqimiz va yurtimiz manfaatlaridan kelib chiqib, ochiq, do‘stona va pragmatik tamoyillarga asoslangan holda olib bormoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev 2020 yilda Oliy Majlisga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasida O‘zbekistonning tashqi siyosati bundan buyon ham ana shu prinsiplardan chekinmagan holda izchil davom ettirilishini ta'kidladi. Shu bilan birga, dunyoning rivojlangan davlatlari bo‘lmish AQSh, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va yevropa ittifoqi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohasidagi aloqalarni yangicha mazmun-mohiyat bilan boyitgan holda yanada mustahkamlash va rivojlantirish zarurligiga alohida urg‘u berildi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda eksport va importning izchil rivojlanayotganligi kuzatilmoqda. Biroq, qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga qaramay, O‘zbekiston Jahon Bankining “Biznesni yuritish – 2019” hisobotida “Xalqaro savdo” indikatori bo‘yicha 165-o‘rinni egalladi. Bu esa o‘z navbatida tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishi hisoblangan tashqi savdoni rivojlantirishga e'tibor qaratishni taqozo qiladi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o‘rtasida almashinishining turli yo‘nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu istalgan mamlakat iqtisodiyotidagi eng murakkab soha bo‘lib, o‘z rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi. Mamlakatimizningg siyosiy mustaqillikka erishishiga va bozor munosabatlariga o‘tishi, mustaqillikdan keyin geosiyosiy holatining tubdan o‘zgarishi, bosqichma bosqich iqtisodiy islohatlarning amalga oshirilishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini ancha ko‘tardi.

“Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning xorijiy tashkilotlar va firmalar bilan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi iqtisodiy-tashkiliy munosabatlari bunday kurslarning mavzusi hisoblanadi.

“Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” faning predmeti — tashqi iqtisodiy aloqalarning tur­li jihatlari va raqobat menejmenti bo‘yicha tegishli bilimlarni o‘rganishdan iboratdir.

Fanni o‘rganishdan maqsad - tashqi iqtisodiy aloqalarning tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy asoslari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat amaliyoti va texnikasi, raqobat menejmenti bilan tanishtirish hamda shu kabi masalalarni yanada chuqur o‘rganish va amaliy o‘zlashtirish, olingan bilimlarni amalda qo‘llashga zarur asosni ta'minlashdan iboratdir.

Maqsaddan kelib chiqib, fanni o‘qitishda:



  • tashqi iqtisodiy faoliyatning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslarini;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish va tartibga solishni;

  • jahon iqtisodiyoti va uning tarkibini;

  • xalqaro tovar savdosi va uni boshqarishni;

  • tashqi savdo va uni boshqarishni;

  • xalqaro xizmatlar bozori va xalqaro kapital harakatini;

  • respublikamiz iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning o‘rnini;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni kreditlash va boshqarishni;

  • xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalarini;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing va raqobatning nazariy-metodologik asoslarini;

  • raqobatbardoshlikni tadqiq qilishning iqtisodiy mohiyati va darajalarini o‘rganib, zamonaviy jahon iqtisodiy munosabatlari tizimida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshliligi, tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta-kredit va moliyaviy muammolar va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish strategiyasi haqidagi ma'lumotlarni tahlil qila olish kabi masalalarni o‘rganish vazifalari qo‘yilgan.

Barcha fanlar o‘z o‘rganish predmetiga ega. Ular o‘z predmetlarini o‘rganishda turli tuman usullardan foydalanadilar. Jumladan, iqtisodiy fanlar ham o‘z predmetini o‘rganishda o‘ziga mos usullar tizimidan foydalanadi. Iqtisodiy fanlar o‘z predmetlarini o‘rganish maqsadida qanday usullardan foydalansa, “Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” fani ham shu usullaridan foydalanadi. Faqatgina o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib ayrim usullardan ko‘proq, ayrimlaridan kamroq foydalanishi mumkin.

Uslubiyat bu ilmiy bilishning tamoyillari, shakl va uslublari to‘g‘risidagi qarashlardir. Uslubiyat qator usullar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Har bir o‘z uslubiyatidan kelib chiqib usullar guruhini tanlaydi. Usul deganda biror qonuniyatni, hodisa yoki jarayonni nazariy tekshirish va amaliy yechishning vositasi yo‘li tushuniladi.

Fan o‘z predmetini o‘rganishda foydalanadigan usullarni ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga o‘rganishning umumfan usullari kiradi. Bu usullarga: ilmiy abstraksiya, induksiya, deduksiya, qiyosiy tahlil, tajriba, faraz kabilar kirsa, ikkinchi guruhga maxsus usullarni kiritish mumkin. Bularga: monografik tadqiqotlar, iqtisodiy–matematik modellashtirish, iqtisodiy tahlil va sintez, iqtisodiy taqqoslash, iqtisodiy-statistik balansni aniqlash hisob konstruktorlik kabi usullar kiradi.

Ma'lumki, har bir mamlakat tashqi savdoda nisbiy ustunlikka erishishga harakat qiladi va uni davlat tashqi iqtisodiy siyosatining bosh maqsadi deb biladi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy siyosatning eng muhim ustuvor yunalishlaridan biri bu - mamlakatdagi maxsulotlarning eksport salohiyatini yanada oshirish hamda uning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta'minlashdan iboratdir. Chunki, eksport salohiyatni yuksaltirish nafaqat ma'lum bir mamlakatning balki, har bir tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining ham tub manfaatlarini ko‘zda tutadi.

O‘zbekistoning tashqi iqtisodiy faoliyatida eksport juda muhim o‘rin tutadi. Mamlakatning xalqaro hamjamiyatdagi mavqyei mustahkamlanishi va valyuta tushumlarini ko‘paytirish uchun eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni amalga oshirish juda muhim hisoblanadi. O‘zbekistonda eksportni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida to‘la aks etgan va u davlat tomonidan tartibga solinadi. Buning sababi, avvalambor, ichki ishlab chiqaruvchilarni himoyalash bo‘lsa, ikkinchidan tashqaridan turli, mamlakat xavfsizligi va aholi iste'moli uchun zararli bo‘lgan mahsulotlar kirib kelishini oldini olishdir.

Respblikamizda eksport salohiyatida qishloq xo‘jaligining, ayniqsa, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining ahamiyati juda yuqori. Oxirgi paytlarda bu mahsulotlarni yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha hukumat tomonidan bir qancha qarorlar qabul qilinmoqda va imtiyozlar yaratilmoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari o‘ziga xos ta'mi va mazasi bilan xorij bozorlarida azaldan nom qozongan va o‘z xaridorlariga ega.

Iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida agrar sohada tashqi iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etishda, ya'ni qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksportini oshirish, xalqaro xamkorlikda sohani rivojlantirish, qishloq xo‘jalik sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali amalga oshirishda bir qator yechimini ko‘tayotgan masalalar mavjud. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotlar raqobatbardoshliligini oshi­rish orqali xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning eksport salohiyatini yuksaltirish iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi kunda tashqi iqtisodiy aloqalarning son va sifat jihatidan o‘sishi bu jarayonlarni har tomonlama chuqur o‘rganishga yanada yuksak ta­lablar qo‘ymoqda. Bularning barchasi iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida agrar sohada tashqi iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etish yo‘llari bo‘yicha nazariy va amaliy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti fani o‘rganish orqali mamlakatda har bir sohada eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan birga, uni tashqi bozorlarga olib chiqish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish strategiyasi amalga oshirish imkonini beradi.


Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish