Nazorat uchun savollar:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing: asosiy holatlar?
2.Marketing tushunchasi va mohiyati?
3.Xalqaro marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari?
4.Tovar va xizmatlarning jahon bozorida raqobat?
5.Tashqi iqtisodiy faoliyat strategiyasi?
6. Xalqaro marketing rivojlantirish yo‘nalishlari?
19-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT OPERATIV MARKETINGI
1.Korxonaning eksport-tovar siyosati.
2.Eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni yaratish bo‘yicha jahon tajribasi va uning nazariy asoslari.
3.Tashqi bozorga kirish usullari.
4.Tashqi maqsadli bozorlarga tovar va xizmatlarning kirib borishi.
Xalqaro savdo eksport-import operatsiyalarini qamrab olib, bu operatsiyalar o‘z ichiga quyidagilar bilan bog‘liq faoliyatni kiritadi:
a) chet ellik kontragentga topshirish maqsadida tovarni sotish va chet elga olib chiqish;
b) ichki bozorda sotish maqsadida chet eldan tovar sotib olish va mamlakatga olib kirish.
Shunday qilib, tovar eksporti chet ellik kontragentga tovarni sotish va chet elga olib chiqish bo‘lsa, tovar importi chet ellik kontragentdan tovar sotib olish va uni mamlakatga olib kirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risidagi» Qonunida quyidagi tavsifnomalar berilgan:
Eksport bu – tovar, ish, xizmat va intellektual faoliyat natijalarini, jumladan, mutlaq egalik huquqini O‘zbekiston hududidan qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqishdir.
Import bu - tovar, ish, xizmat va intellektual faoliyat natijalarini, jumladan, mutlaq egalik huquqini O‘zbekiston hududiga qaytarib olib chiqish majburiyatisiz olib kirishdir.
Xalqaro savdo eksport-import operatsiyalarining tijorat asosida, ya'ni oldi-sotdi shartnomalarini tuzish va bajarish asosida amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bepul tovarlar yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish, ish bajarish va yordam berish alohida hisobga olinadi va eksport yoki import qiymatiga kiritilmaydi.
Eksport tovar siyosatini amalga oshirishda xalqaro xarakterga ega bo‘lgan quyidagi marketing tadqiqotlarini o‘tkazish lozim:
1. Mazkur tovar yoki xizmatlar xalqaro bozori kon'yunkturasini o‘rganish, mazkur tovar bozoridagi potensial hamkor yoki raqobatchi firmalarni aniqlash hamda ularning ish usullarini tahlil qilish.
2. Xalqaro bozorning maqsadli qismini aniqlash.
3. Xalqaro bozorning maqsadli uchastkasida faoliyat yuritishning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va bojxona shartlarini aniqlash.
4. Mazkur tovar mahsulotining potensial iste'molchilarini segmentlash.
5. Xalqaro marketing kommunikatsiya vositalarini qo‘llash imkoniyatlarini izlab topish.
6. Xalqaro bozorda mazkur tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligini aniqlash.
7. Eksport tovar assortimenti, uni kengaytirish yoki toraytirish usullarini belgilash.
8. Xalqaro bozorning maqsadli uchastkasining ijtimoiy-madaniy muhitini (milliy o‘zlikni anglash darajasi, diniy xususiyatlar, jamiyat a'zolari o‘rtasida ijtimoiy rollarni taqsimlash, til, imo-ishoralar va urf-odatlar) o‘rganish.
9. Ratsional va maqsadga muvofiq eksport shakllarini aniqlash (iste'molchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, qo‘shma faoliyatga yo‘nalganlik, chet ellik vositachilar tarmog‘idan foydalanish).
Mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlarning xalqaro savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish eksport-import operatsiyalarini litsenziyalash vositasida amalga oshiriladi. Ushbu faoliyat turlariga mos keluvchi davlat organlarining maxsus (asosiy va individual) ruxsatnomalar berishi nazarda tutiladi.
Asosiy litsenziya bu bozor sub'ektiga ma'lum muddatga muayyan tovarlarni cheklanmagan miqdorda mamlakati ko‘rsatilgan holda eksport yoki import qilish uchun beriluvchi maxsus ruxsatnomadir. Individual litsenziya esa bozor sub'ektiga cheklangan muddatga muayyan tovarni cheklangan miqdorda mamlakati ko‘rsatilgan holda eksport yoki import qilish uchun beriluvchi bir martalik maxsus ruxsatnoma hisoblanadi.
Litsenziyalash tashqi savdo munosabatlarini xalqaro tartibga solishning amaliy vositasi bo‘lib, ichki iste'mol uchun zarur bo‘lgan mahsulot eksportini cheklash, mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida importni cheklash, mamlakatning savdo va to‘lov balansini tartibga solish, fors-major holatlar sababli iqtisodiyotda yuzaga kelgan vaqtinchalik qiyinchiliklarni bartaraf qilish, xorijiy valyutani sarflashni nazorat qilish kabi maqsadlarda keng qo‘llanadi.
Xalqaro savdo sub'ektlari unumli eksport tovar siyosatini olib borishga harakat qiladilar. Bunda ma'lum bir harakatlar kursi, ularga rioya qilish natijasida eksport tovar assortimenti samarali shakllantirish va amalga oshirishga imkon beruvchi tamoyillar taklif qilinadi. O‘z mohiyatiga ko‘ra tovar eksportning taqdirini belgilab beradi, shu sababli barcha chora-tadbirlar – tovarni yaratish, tayyorlash, xalqaro bozorda sotish, reklama va hokazolar eksport siyosatida markaziy o‘rinni egallaydi. Tovarni yetkazib berish mo‘ljallangan mamlakat bozori talablari tahlil qilingandan so‘ng yaratilgan tovarlargina tijorat muvaffaqiyatiga erishish mumkin. Avvalo eksport qilinishi mo‘ljallangan tovarga eng yuqori texnik-iqtisodiy tavsifnomalarni kiritish lozim. Ichki iste'molchiga mo‘ljallangan va mamlakatda muvaffaqiyatga erishgan mahsulotlar chet elda qabul qilinmasligi mumkin. Mahalliy GOST talablariga javob berish tashqi bozorning savdo, texnologik, estetik va ekologik normalariga javob berishidan kafolat bera olmaydi.
Eksport tovar siyosatida tovarning iste'mol qiymati o‘z ko‘rsatkichlari bo‘yicha chet ellik iste'molchining talablariga javob bergan taqdirda yuqori bo‘ladi. Tovarni import qiluvchi mamlakatdagi avvaldan belgilangan, kutilayotgan maqsadli xaridorlar guruhiga aniq yo‘naltirgan holda loyihalashtirish, ya'ni «o‘rtacha statistik xaridor»ga emas, balki muayyan xaridorlarga yo‘naltirish lozim.
Xalqaro savdoda eksport tovar siyosatining uch varianti qo‘llanadi.
1. Markazlashgan variant tashqi bozorda mazkur ishlab chiqaruvchining mavjud tovariga texnik va texnologik jihatdan o‘xshash va unga mos keluvchi, chet ellik yangi xaridorlarni jalb qilishi mo‘ljallangan yangi tovarni yaratish va ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
2. Gorizontal variant. Bunda mazkur ishlab chiqaruvchining tashqi bozorga chiqariluvchi yangi tovari ilgari mavjud bo‘lgan tovarga o‘xshash bo‘lib, yangi shakllangan iste'molchilar guruhiga mo‘ljallanadi, uni ishlab chiqarish esa kichik texnologik o‘zgarishlar bilan amalga oshiriladi.
3. Konglomerat variant. Bunda tashqi bozorga mazkur ishlab chiqaruvchining ilgari mavjud bo‘lgan tovarga umuman o‘xshamagan, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va yangi bozorni egallashni talab qiluvchi yangi tovar kiritiladi.
Eksport tovar siyosatida importchi mamlakatlarda amal qiluvchi turli xil me'yoriy hujjatlar (xalqaro va milliy standartlar, bojxona talablari va hokazo) qo‘llanib, bu tovar upakovkasi, markirovkasi, dizayni, ayrim tavsifnomalari va hujjatlariga ta'sir ko‘rsatadi. Mahsulot eksport qiluvchi o‘zining huquq va majburiyatlari haqida aniq tasavvurga, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va sotuv resurslariga ega bo‘lishi lozim. Xalqaro savdo usullari va tamoyillarini qat'iy hisobga olish muhim ahamiyat kasb etib, ular ko‘p hollarda ichki usul va tamoyillardan sezilarli farq qiladi. Bundan tashqari, savdo operatsiyalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish xususiyatlari, bojxona tomonidan tartibga solinish, valyuta nazorati, savdo amaliyoti va mamlakatda amal qiluvchi urf-odatlarni ham inobatga olish joiz.
Jahon tajribalarining ko‘rsatishicha, turli xildagi raqobatbardosh eksport tovarlarining yetarli bo‘lishi tijorat olamining javob tariqasidagi harakatlarini – yuqori sifatli tovarlar importi va chet el investitsiyalari oqimining o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Korxonalarning tashqi bozorga chiqishi quyidagi bosqichlardan iborat:
eksport operatsiyalari;
jahon bozorida qo‘shma hamkorlik, bir qator hollarda konsorsiumlar tashkil etish;
qo‘shma tadbirkorlik faoliyati;
bevosita investitsiyalash.
Tashqi bozorga chiqishning eng oddiy usuli eksport hisoblanadi.
Olib kiriluvchi tovarlarning kelib chiqishiga ko‘ra eksportning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
chet el tovarlarini ushbu mamlakatda bojxona nazorati ostida qayta ishlagandan so‘ng olib chiqish;
ilgari olib kirilgan, lekin qayta ishlanmagan tovarlarni olib chiqish (reeksport);
mamlakat orqali tranzit shaklida bojxona omborlariga joylashtirilmagan chet ellik tovarlarni olib chiqish.
F.Kotler eksport muntazam bo‘lmagan va faol turlarga tasniflashni taklif etdi, faol eksport esa o‘z navbatida bevosita va bilvosita turlarga taqsimlanadi.
Muntazam bo‘lmagan eksport korxona ba'zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ortiqchasini mahalliy ulgurji-vositachi tashkilotlar orqali sotish yo‘li eksport qilishi bilan tavsiflanadi. Faol eksport muayyan bozorni kengaytirishni maqsad qilib olgan tovar ishlab chiqaruvchi firma eksport operatsiyalarida muntazam ishtirok etgan hollarda o‘ringa ega bo‘ladi.
Bevosita eksport tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning eksport operatsiyalarida bevosita yoki o‘zining chet eldagi bo‘linmasi orqali ishtirok etishini nazarda tutadi. Bevosita eksportdan sanoat tovarlari uchun, tovarlarni hukumatlararo kelishuvlar doirasida yetkazib berish, shuningdek, yirik unversal magazinlar tarmog‘i yoki kataloglar bo‘yicha savdo qiluvchi tashkilotlarga sotishda foydalanish maqsadga muvofiq.
Bilvosita eksport bu mulkni va u bilan bog‘liq barcha tavakkalchiliklarni uni tashqi bozorda sotuvchi vositachiga berishni anglatadi. Bilvosita eksport tovarlarni chet elga tijorat tashkilotlari orqali sotishni nazarda tutib, bu vositachilar qatoriga ulgurji savdogarlar, eksportchi yoki importchining agentlari, chakana savdogarlarni kiritish mumkin. Ulgurji savdogarlarning xizmatlari ishlab chiqaruvchiga quyidagi ustunliklarni taqdim etadi:
eksport operatsiyalarini moliyalashtirish;
Korxonalarning tashqi bozorga chiqishi quyidagi bosqichlardan iborat:
eksport operatsiyalari;
jahon bozorida qo‘shma hamkorlik, bir qator hollarda konsorsiumlar tashkil etish;
qo‘shma tadbirkorlik faoliyati;
bevosita investitsiyalash.
Tashqi bozorga chiqishning eng oddiy usuli eksport hisoblanadi.
Olib kiriluvchi tovarlarning kelib chiqishiga ko‘ra eksportning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
chet el tovarlarini ushbu mamlakatda bojxona nazorati ostida qayta ishlagandan so‘ng olib chiqish;
ilgari olib kirilgan, lekin qayta ishlanmagan tovarlarni olib chiqish (reeksport);
mamlakat orqali tranzit shaklida bojxona omborlariga joylashtirilmagan chet ellik tovarlarni olib chiqish.
F.Kotler eksport muntazam bo‘lmagan va faol turlarga tasniflashni taklif etdi, faol eksport esa o‘z navbatida bevosita va bilvosita turlarga taqsimlanadi.
Muntazam bo‘lmagan eksport korxona ba'zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ortiqchasini mahalliy ulgurji-vositachi tashkilotlar orqali sotish yo‘li eksport qilishi bilan tavsiflanadi. Faol eksport muayyan bozorni kengaytirishni maqsad qilib olgan tovar ishlab chiqaruvchi firma eksport operatsiyalarida muntazam ishtirok etgan hollarda o‘ringa ega bo‘ladi.
Bevosita eksport tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning eksport operatsiyalarida bevosita yoki o‘zining chet eldagi bo‘linmasi orqali ishtirok etishini nazarda tutadi. Bevosita eksportdan sanoat tovarlari uchun, tovarlarni hukumatlararo kelishuvlar doirasida yetkazib berish, shuningdek, yirik unversal magazinlar tarmog‘i yoki kataloglar bo‘yicha savdo qiluvchi tashkilotlarga sotishda foydalanish maqsadga muvofiq.
Bilvosita eksport bu mulkni va u bilan bog‘liq barcha tavakkalchiliklarni uni tashqi bozorda sotuvchi vositachiga berishni anglatadi. Bilvosita eksport tovarlarni chet elga tijorat tashkilotlari orqali sotishni nazarda tutib, bu vositachilar qatoriga ulgurji savdogarlar, eksportchi yoki importchining agentlari, chakana savdogarlarni kiritish mumkin. Ulgurji savdogarlarning xizmatlari ishlab chiqaruvchiga quyidagi ustunliklarni taqdim etadi:
eksport operatsiyalarini moliyalashtirish;
ishlab chiqaruvchi eksport savdogarlarning tajribalari va xorijiy bozorlardagi aloqalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
ishlab chiqaruvchi tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun o‘z shtatida xodimlarga ega bo‘lishi talab qilinmaydi.
Agentlar odatda ikkita jihat bo‘yicha – ularni mukofotlash usuli va eksportchi bilan aloqalarining mustahkamligi bilan tavsiflanadi. Komission to‘lov shaklidagi mukofotlarni xalqaro makler, xarid bo‘yicha makler, sotuv bo‘yicha makler va komission agentlar ooladi.
Xalqaro makler sotuvchi va xaridorlardan vakolatga ega bo‘lmagan holda aloqa o‘rnatadi. Bitim imzolangandan so‘ng u bitimda ishtirok etuvchi ikkala tomondan komission mukofot oladi. Odatda xalqaro makler xom-ashyoni sotish bilan shug‘ullanadi.
Xarid bo‘yicha agent xaridorning topshirig‘i bo‘yicha chet elda tovar sotib oladi. Bunda xaridor tovarning sifati va miqdori, uni yetkazib berish muddatini oldindan belgilab beradi.
Sotuv bo‘yicha agent unga bozorni o‘rganish va tovarni chet elda sotish topshirig‘ini beruvchi eksportchi bilan aloqa o‘rnatadi va buning uchun komission mukofot oladi.
Chet elda joylashgan komission agent eksportchi bilan jahon bozoriga tovarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi ishonchli shaxs orqali aloqa qiladi. Komission agent va eksportchi o‘rtasida shartnoma tuzilishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha agentlar komission mukofotga ega bo‘ladilar. Bu agentlar va eksportchilar o‘rtasida tijorat aloqalari ularning muddati o‘sgan sari tobora mustahkamlanib boradi.
Savdoda qo‘shimcha narx shaklidagi mukofotga konsessioner, xalqaro savdo agenti va importchi-distribyuterlar ega bo‘ladi. Konsessioner xalqaro savdodagi mustaqil tijorat vositachisi bo‘lib, uning eksportchi bilan o‘zaro aloqalari hamkorlarning majburiyatlari ko‘rsatiluvchi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Konsessoner o‘z savdo xodimlariga ega bo‘lib, zarur hollarda sotuvdan keyingi xizmatni amalga oshiradi, sotilayotgan tovarlarni joylashtiradi va zahiralarni moliyalashtiradi. Eksportchi tovarni vaqtida yetkazib berish, reklama xarajatlarida ishtirok etish, shuningdek, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Eksport to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayoni juda murakkab bo‘lib, psixologik omil, korxonaning texnik holati va moliyaviy ahvoli, uning hajmi va raqobatdagi ustunliklari, moddiy resurslari va mehnat salohiyati, korxonaning tashqi bozordagi holati kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Mahsulot eksporti to‘g‘risida qaror qabul qilishda bozor sub'ekti barcha ijoyuiy va salbiy jihatlarni baholashi zarur. Hozirgi paytda bozor sub'ektlarining xalqaro bozorga kirib borishida ekspordan tashqari boshqa usullar ham mavjud. Eksport shartnomasini ikki yoki undan ortiq mamlakatlarning korxona va tashkilotlari ishlab chiqarish va boshqaruv resurslarini birlashtirgan holda tuzishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |