25-MAVZU. KORXONANING RAQOBATDOSHLIGINI BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUVLAR
Darsning maqsadi: Korxonalarning raqobatbardoshligi omillari va uni baholash tamoyillarini o‘rganiladi. Korxonaning rahobatdoshligini baholash usullariga oid ko‘nikmalarni talabalarga berish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Korxonalarning raqobatbardoshligi omillari va uni baholash tamoyillari.
2.Korxonaning rahobatdoshligini baholash usullari.
3.SWOT tahlili asosida raqobatbardoshlikni baholash.
Darsning turi: Davra suhbati.Talabalar 3 guruhga bo‘linadi.
Korxonaning raqobatbardoshligi deganda, iste'molchilar uchun raqobatchilarning tovarlariga nisbatan ko‘proq o‘ziga tortuvchan bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish va sotish tushuniladi. Raqobat muhitini uzluksiz nazorat qilib turish –ishlab chiqarishni ehtiyojlarni eng samarali usulda qondirish uchun mo‘ljallangan zarur shartidir.
Tashxis maqsadi - korxona umumiy iqtisodiy makonda egallab turgan o‘rinni, uning joriy ishlab chiqarish imkoniyatlarini, iste'mol qilinadigan mehnat, moddiy-texnika va moliyaviy resurslarni aniqlashdan iborat.
Tashxis vazifasi - korxona strategiyasi, ya'ni oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘llarini belgilab beruvchi asosiy omillarni aks ettirishdan iborat:
1. Qo‘llaniladigan ilmiy yondashuvlar va boshqaruv usullarining soni va chuqurligi nuqtai nazaridan boshqaruv tizimining kuzatuvi sifatini tahlil qilish.
2. Tizimning chiqish komponentlarini, ya'ni tashkilot strategiyasining sifatini tahlil qilish, uning ichki zaif va kuchli tomonlari, tashqi tahdidlar va imkoniyatlardan kelib chiqib maqsadni aniqlashtirish "SWOT-tahlil" firmaning zaif va kuchli tomonlarini hamda uning tashqi imkoniyatlari va tahdidlarni (ZKIT) baholashdan iborat. ZKIT tahlil kompaniya ichki imkoniyatlari (uning zaif va kuchli tomonlari) hamda tashqi muhitning (qisman imkoniyatlar va tahdidlarda o‘z aksini topadi) strategik mosligi tamoyiliga asoslanadi.
3. Tashkilot chiqishidagi asosiy raqobatchilar faoliyat ko‘rsatishining raqobatbardoshligi, samaradorligi va barqarorligi, tashqi tahdidlar va imkoniyatlar, raqobatchilarning ichki kuchli va zaif tomonlari.
4. Tarmoqda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari amal qilishi mexanizmi, tarmoqda raqobat shakli (tarkibi) va kuchining tahlili.
5. Tashkilotga ijobiy va salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi mamlakat makro muhiti omillari va mazkur mintaqa (shahar) infratuzilmasining tahlili.
6. Tizimga kirishda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari amal qilishi mexanizmi, tashkilot yetkazib beruvchilari o‘rtasida raqobat kuchining tahlili.
7. Boshqaruv tizimining boshqariladigan kichik tizimi sifatini tovarlar sifati va resurs talab qilishi, ularga servisning sifati, bozor infratuzilmasi, faoliyatning ushbu yo‘nalishlari samaradorligi tahlilini tash kil qilish va ularni yaxshilash chora-tadbirlarini shakllantirish ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirish nuqtai nazaridan tahlil qilish.
8. Tashkilotni boshqarish tizimining boshqaruvchi kichik tizimlarini strategik va taktik boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha xodimlarni boshqarish nuqtai nazaridan tahlil qilish.
9. Strategik marketing, innovatsion va ishlab chiqarish menejmenti, taktik marketing tizimida aloqalar tarkibi , mazmuni va si fatini tahlil qilish, uning zai f va kuchli tomonlarini aniqlash.
10. Ishlab chiqariladigan tovarlar, yangiliklar va bajariladigan xizmatlar, xodimlar va texnologiyalar, umuman, tashkilotning raqobatbardoshligini tahlil qilish: ishlab chiqarish va raqobat reaksiyasi, ritmiklik; nuqsonsizlik; modellarni almashtirishning qayishqoqligi; mehnat qilishga undash; mehnat munosabatlari; ishchi kadrlar malakasi; zaxiralarni boshqarish; moddiy-texnik ta'minot; mahsulotlarni omborlarga joylashtirish va taqsimlash.
11. Resurslardan foydalanish samaradorligi va ishlab chiqarish rentabelligini tahlil qilish.
12. Tashkilot faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini tahlil qilish .
13. Tovarlar raqobatbardoshligi, ular asosida tashkilot strategiyasini ishlab chiqish uchun uning faoliyat ko‘rsatish i samaradorligi va barqarorligining strategik va taktik omillarini belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |