Fanning o‘qitishning maqsadi va vazifalari.
Fanni o‘rganishdan maqsad — tashqi iqtisodiy aloqalarning turli jihatlari va raqobat menejmenti bo‘yicha tegishli bilimlarni berishdan iboratdir.
Fanning asosiy vazifasi - tashqi iqtisodiy aloqalarning tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy asoslari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat amaliyoti va texnikasi, raqobat menejmenti bilan tanishtirish hamda shu kabi masalalarni yanada chuqur o‘rganish va amaliy o‘zlashtirish, olingan bilimlarni amalda qo‘llashga zarur asosni ta'minlashdan iboratdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va xizmatlar jarayoniga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |