Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar. kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Tashqi iqtisodiy aloqalar — iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning sub'ektlari xalqaro hamkorliginnng hilma-hil shakllari tizimidir.
Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar — bir aniq mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ruyobga chiqarish jarayonidir.
Shunday qilib, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari turli sohalarda: tashqi savdo, faoliyatining ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, investitsiya, valyuta-moliya va kredit, axborot, madaniy va sport turlari, mehnat resurslarini olib o‘tishda o‘rnatiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ana shu barcha turlarini quyidagi shakllarga birlashtirish mumkin: savdo (tovarlarni ayirboshlash, xizmatlar ko‘rsatash), qo‘shma tadbirkorlik, hamkorlikning boshqaa turlari. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlar amaliyotida ayniqsa keng tarqalgan.
Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va tartibga solishning huquqiy bazasi shakllangan bo‘lib, bu me'yoriy xujjatlar asosida mamlakatimizning turli sohalar bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat tashkil etish belgilab berilgan. 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan bo‘lib, ushbu Qonun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, uning iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini rag‘batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Qonunda tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin deb belgilab qo‘yilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;
tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining tengligi;
savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik;
tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:
xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;
tashqi savdo faoliyati;
chet el investitsiyalarini jalb qilish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |