MUSTAQIL ISHLARINI TAYYORLASH BO`YICHA USLUBIY KO‘RSATMA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
“AGROBIZNES VA INVESTITSION FAOLIYAT” YO‘NALISHI
3- KURS TALABALARI UCHUN
“ TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI”
FANIDAN MUSTAQIL ISHLARINI TAYYORLASH UCHUN USLUBIY KO‘RSATMA
Toshkent – 2020
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o‘rtasida almashinishining turli yo‘nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu istalgan mamlakat iqtisodiyotidagi eng murakkab soha bo‘lib, o‘z rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi. Mamlakatimizning siyosiy mustaqillikka erishishiga va bozor munosabatlariga o‘tishi, mustaqillikdan keyin geosiyosiy holatining tubdan o‘zgarishi, bosqichma bosqich iqtisodiy islohatlarning amalga oshirilishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini ancha ko‘tardi.
Mazkur uslubiy qo‘llanmada Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti samaradorligini aniqlashni mustaqil o‘rganish va mustaqil ishni tayyorlash tartib-qoidalari bo‘yicha ma'lumotlar keltirilgan.
Qo‘llanma agrar oliygohlarning Agrobiznes va investitsion faoliyat yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan.
TUZUVCHILAR:
|
Yusupov E.D. – “Agrobiznes va investitsion faoliyat” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori
Alieva N.A. –– “Agrobiznes va investitsion faoliyat” kafedrasi katta o`qituvchisi
Isaxanov M.M. –– “Agrobiznes va investitsion faoliyat” kafedrasi assistenti
|
TAQRIZCHILAR:
|
Nabiev E.G‘.–– TMI, “Menejment va marketing” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori, professor.
Qarshiev Sh.–– TDAU, “Agrologistika” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
|
Uslubiy qo‘llanma «Agrobiznes va investitsion faoliyat» kafedrasining 2020 yil ______________-sonli, «Innovatsion texnologiyalar asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash» fakulteti o‘quv-uslubiy komissiyasining 2020 yil ________________-sonli, ToshDAU o‘quv-uslubiy kengashi yig‘ilishining 2020 yil _________________-sonli bayonnomalari bilan ma'qullangan va chop etishga tavsiya qilingan.
Kirish
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o‘rtasida almashinishining turli yo‘nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu istalgan mamlakat iqtisodiyotidagi eng murakkab soha bo‘lib, o‘z rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi. Mamlakatimizning siyosiy mustaqillikka erishishiga va bozor munosabatlariga o‘tishi, mustaqillikdan keyin geosiyosiy holatining tubdan o‘zgarishi, bosqichma bosqich iqtisodiy islohatlarning amalga oshirilishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini ancha ko‘tardi.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning xorijiy tashkilotlar va firmalar bilan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi iqtisodiy-tashkiliy munosabatlari bunday kurslarning mavzusi hisoblanadi.
“ Agrobiznesda innovatsion faoliyat” fanidan:
Fanga ajiratilgan umumiy soat - 304 soat.
Fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soati - 140 soat.
Do'stlaringiz bilan baham: |