Bog'liq Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti
a rasm. Savdo bo‘lmagan sha- 2.3.1-b rasm. Savdo bo‘Imagan roitdagi muvozanat (O‘zbekiston). sharoitdagi muvozanat (Yaponiya).
@ Transformatsiyaning chegaraviy me’yori (marginal rate of transformation) — 1-tovaming qo*shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kechiladigan 2-tovar sonL
O'mini qoplashning chegaraviy me’yori (marginal rate of substi- tution) - mavjud iste'mol darajasining saqlanib qolishi ta'minlangan holda 1-tovaming qo‘shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz ke- chiladigan 2-tovar miqdori.
Xalqaro savdo quyidagi jihatlar bilan xarakterlanadi:
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i har bir mamlakatda turlicha, bu ularda o‘zaro savdoga kirishishga ishtiyoq tug‘diradi;
Agar ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'i mos kelsa, ya’ni ishlab chiqariladigan tovarlar nisbati har ikki mamlakatda bir xil bo‘lsa, o‘zaro savdo iste’molchilarning didi va istaklaridagi farqqa asoslanadi, bu esa juda yaqin mamlakatlarda ham hech qachon to‘liq mos kelmaydi;
Taklif transformatsiyaning chegaraviy me’yori, talab esa o‘mini qoplashning chegaraviy me’yori bilan aniqlanadi;
Xalqaro savdo amalga oshadigan muvozanat narxi tovarga bo‘1- gan jahon nisbiy talabi va jahon nisbiy taklifi bilan aniqlanadi.
Mamlakatlar bir-biri bilan savdo munosabatlariga kirishguncha boTgan muvozanat transformatsiyaning chegaraviy me'yori (taklif) va
o‘mini qoplashning chegaraviy me’yori (talab) o'rtasidagi o‘zaro ta’sir orqali o'matiladi. Oʻzbekistonning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i o‘mini qoplashning chegaraviy me’yori egri chizig‘i (I) bilan A nuqtada tutashgan, ushbu nuqtada mamlakat ehtiyojlarini qondirish maksimal darajaga yetadi - Oʻzbekiston o‘zi ishlab chiqaradigan 1- va 2- tovarlami maksimal miqdorda iste'mol qiladi. Yaponiyaning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i esa o‘mini qoplashning chegaraviy me'yori egri chizig‘i (I*) bilan A* nuqtada tutashgan, ya’ni ushbu A* nuqtada mamlakat ehtiyojlarini qondirish maksimal darajaga yetadi — Yaponiya o‘zi ishlab chiqaradigan 1- va 2- tovarlami maksimal miq- dorda iste’mol qiladi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chiziqlari va o‘mini qoplash- ning chegaraviy me’yori egri chiziqlari shaklining har xilligi tufayli 1- va 2-tovaxlarning Oʻzbekiston va Yaponiyada (A va A*) turlicha bo‘ladi. 1 -tovaming nisbiy muvozanat narxi Oʻzbekistonda A nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq bilan ifodalangan va u 2-tovaming 1/4 birligiga teng, ya’ni PA = P,/P2 = 1/4
Yaponiyada esa ushbu narx A* nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq bi- lan ifodalangan bo‘lib, bu nisbiy narx 2-tovaming 4 birligini tashkil etadi: PA* = Pj/P2 = 4
Shu narsa aniq ravshanki, Pa/A < PVA* bo‘lgani bois Oʻzbekiston 1-tovar, Yaponiya esa 2-tovar bo'yicha nisbiy ustunlikka ega. Ishlab chiqarishning maksimal hajmi (V)ga har ikki mamlakatda A va A* nuqtalarda erishiladi, Q, va Q21- va 2-tovarlami ishlab chiqarish miq- dorini ifoda etadi:
p^Q,+pA = v Savdo boshlangandan so6ng 1-tovar bo‘yicha nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan9 shuning uchun ushbu tovami ishlab chiqarishga ixtisos- lashuvchi O'zbekiston 2-tovar ishlab chiqarishni qisqartirgan holda 1-tovar ishlab chiqarishni kengaytiradi, binobarin ishlab chiqarish nuqtasi A ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i bo‘ylab pastga qarab ko‘chadi. Yaponiya esa 2-tovar bo‘yicha nisbiy ustunlikka ega, shuning uchun u ushbu tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi hamda
1-tovar ishlab chiqarishni qisqartirgan holda 2-tovar ishlab chiqarishni kengaytiradi, o‘z navbatida ishlab chiqarish nuqtasi A* ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i bo‘ylab yuqoriga qarab ko‘chadi (2.3.2.-a va 2.3.2.-b rasmlar). Bu jarayon har ikki mamlakatdagi nisbiy narxlar tenglashgungacha davom etadi. Yangi nisbiy narx RA= 1/4 va RA* = 4 orasida joylashadi. Bizning vaziyatda bu narxni ifoda etuvchi chiziq Oʻzbekistonda B, Yaponiyada B* nuqtalar orqali o‘tadi va R^R^l ga teng bo‘ladi. Mana shu holatda nisbiy ustunlik nazariyasi o‘z ni- hoyasiga yetadi. Standart model ortib boruvchi o‘mini qoplash xara- jatlarini hisobga olgan holda bu nazariyani boshqacharoq talqin etadi.
Shundan keyin talab tahlil qilinadi. Ma'lumki, muvozanatlashgan iqtisodiyotda tovarlar iste’moli ishlab chiqarish hajmiga mos kelishi kerak, ya’ni ular grafik orqali ifodalanganda o‘zaro kesishishi kerak. Agar Ds va D21- va 2-tovarlar iste’moli bo‘lsa, quyidagi tenglik o‘rinli bo‘ladi:
PiXDi+P2D2 = PiXQ1+P2Q2 = V
Oʻzaro savdoda muvozanat narxiga erishilgandan so‘ng ixtisos- lashni davom ettirish o'zining iqtisodiy mohiyatini yo‘qotadi, chunki o‘mini qoplash xarajatlarining ortib borishi tufayli bundan keyingi ix- tisoslashuv orqali ishlab chiqarilgan tovarlar ularni xorijdan sotib ol-
ishga nisbatan qimmatroqqa tushadi. 3.1.2 a - va 3.1.2 b - rasmlardan ko‘rinib turibdiki, muvozanat narxga R^—1*^*=! nuqtada erishilgan, ya’ni ishlab chiqarish nuqtasi to4liq ixtisoslashuv tomon harakatlangan bo‘lsa-da har ikki mamlakat uchun mos ravishda gorizontal va vertikal o‘qlarga yetib bormagan.