Bog'liq Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti
§ 2.3. Xalqaro savdoda umumiy muvozanat Xalqaro savdoning standart modeli Tarixan xalqaro savdo nazariyalarini ishlab chiqishda iqtisodiy ta'limot tovarlar va ishlab chiqarish omillari taklifini o‘rganishga ko‘p- roq e'tibor qaratgan, talabga esa yetarli darajada e’tibor berilmagan. Biroq barchaga ma'lumki, jahon bozorida tovarlar taklifi talabga bog‘- liq bo‘ladi, shuning uchun ham zamonaviy xalqaro savdo nazariyasi tovarlar talab va taklifiga birdek e’tibor beradi. U oldingi mavzularda
ko‘rib chiqilgan klassik va neoklassik modeUami rad etmaydi, zero qanday muammo hal etilishi kerakligi va qaysi ishlab chiqarish omiliga ko‘proq e'tibor qaratilishi lozimligiga bog‘liq ravishda bu modellardan hozirgi paytda ham analitik maqsadlarda faol foydalanib kelinmoqda. Shuning uchun yuqorida keltirilgan modellar ma’lum ma’noda jahon iqtisodiy ta’limoti tomonidan tan olingan va zamonaviy bosqichda xalqaro savdoni nazariy tahlil dastagi sifatida xizmat qiluvchi, xalqaro savdoning standart modeli nomini olgan modelning xususiy holi deb hisoblanishi mumkin.
Talab va taklif muvozanatining neoklassik postulatlariga asoslan- gan xalqaro savdoning standart modeli juda ko‘plab iqtisodchilar- neoklassiklar harakatlarining qo‘shilishi samarasidir, bu iqtisodchilar jamiyat miqyosidagi jami talabga alohida e’tibor qaratishgan. Standart modelda foydalaniladigan asosiy tushunchalar turli yillarda irland iqtisodchisi Frensis Edjuort va kelib chiqishi Avstriyadan boTgan amerikalik iqtisodchi Gottfrid Xeberler tomonidan kiritilgan.
Klassik modellar talab va taklifdan chegaralangan doiradagi ma’lum bir tovarlar uchun foydalanilgan. Standart model esa bu doirani jami talab va taklifgacha kengaytirdi. Standart model bizga umumiy iqti- sodiy nazariyasidan ma’lum boTgan hamda haqiqiy iqtisodiy vaziyat- larga ko‘proq mos keluvchi o‘mini qoplash xarajatlarining ortib borishi to‘g‘risidagi qonuniyatiga tegishli daslabki shartlardan kelib chiqadi.
Ortib boruvchi o‘mini qoplash xarajatlari (increasing opportunity costs) har bir qo‘shimcha 2-tovami ishlab chiqarish uchun voz ke- chiladigan 1-tovaming miqdori doimiy emas, balki ortib bomvchi bo‘- lishligini nazarda tutadi.
2.3.1.-rasmdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan ko‘rinib turibdiki, Oʻzbekistonda o‘zi nisbiy ustunlikka ega boTgan 1-tovaming har bir qo‘shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz ke- chiladigan 2-tovar soni borgan sari ortib bormoqda.
1-b rasmdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigT esa Yaponi- ya o‘zi nisbiy ustunlikka ega boTgan 2-tovaming har bir qo‘shimcha birligini ishlab chiqarishni ta'minlash uchun borgan sari ortib bomvchi 1-tovar birligidan voz kechishga majbur boTishini ko‘rsatmoqda.