Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


Kkp = 0,15Ep + 0,29Fp + 0,23Es + 0,33At (3)



Download 2,6 Mb.
bet49/142
Sana19.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#459832
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   142
Bog'liq
УМК ТИФ ва ракобат менежменти2020

Kkp = 0,15Ep + 0,29Fp + 0,23Es + 0,33At (3)
bunda: Kkp – korxona raqobatdoshligi koeffitsienti;
Ep – korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi mezonining qiymati;
Fp – korxona moliyaviy faoliyati mezonining qiymati;
Es – mahsulotni sotish va bozorda siljitish samaradorligi mezonining qiymati;
At – mahsulot raqobatdoshligi mezonining qiymati. 0,15; 0,29; 0,23; 0,33 kabi qiymatlar ekspert usulida olingan. Ushbu uslub korxona va raqobatchilar uchun raqobatdoshlikning kompleks ko‘rsatkichlari va ularning bozordagi ulushini aniqlash imkonini beradi. Bu yondashuvning ustunligi shundaki, har bir alohida raqobatdoshlik ko‘rsatkichlarining inobatga olinishi kompleks ko‘rsatkichni yuqori aniqlikda baholash imkonini beradi.
Raqobatdoshlikning kompleks ko‘rsatkichlarini baholashda u yoki bu uslublarni qo‘llashda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
1. Korxona va mahsulot raqobatdoshligi kompleks ko‘rsatkichlarini aniqlashga xilma-xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ularning deyarli barchasida raqobatdoshlikning alohida ko‘rsatkichlari yig‘indisidan ularning vaznini hisobga olgan holda foydalaniladi. Ushbu usullarni qo‘llashda e'tibor, eng avvalo ulardan tadqiqot uchun mos keladiganini tanlash hamda alohida raqobatdoshlik ko‘rsatkichlari vaznini asoslashga qaratiladi.
2. Amaliyotda alohida raqobatdoshlik ko‘rsatkichlari vaznlarini hisoblashda ekspert usullaridan foydalaniladi. Ekspert baholanishda olingan ko‘rsatkichlar ballarda hisoblanib, vaznlarning o‘rtacha qiymati chiqariladi va ularning yig‘indisi 1 ga teng bo‘ladi. Ushbu uslubda i-ko‘rsatkichning vazni quyidagicha aniqlanadi:
𝑞𝑖 = ∑ 𝑟𝑖𝑗 𝑁 𝑗=1 ∑ ∑ 𝑟𝑖𝑗 𝑁 𝑗=1 𝑛 𝑖=1 r (4)
bu yerda: 𝒏 −ekspertlar soni,
N – vazni aniqlanayotgan ko‘rsatkichlar soni,
𝑟𝑖𝑗 ––𝑖 - ekspert tomonidan ballarda berilgan j-omilning vazn koeffitsienti.
Yuqori malakali mutaxassislardan ekspertlar guruhi tuzilib, qaror qabul qilishda ularning 2/3 kam bo‘lmagan ovozi inobatga olinadi. Ekspertlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘rsatkichlarning ham ahamiyati shuncha yuqori bo‘ladi. Ekspertlar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z qarorlarini qabul qiladilar va o‘zaro fikr almashib, bir necha turda jamoaviy muhokama qiladilar. Odatda 3-turdan so‘ng qarorlar qabul qilinadi.
3. Korxona va mahsulot raqobatdoshligining alohida xususiyatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar yagona bir kompleks ko‘rsatkichga keltirilib, olingan natijalar namunaviy talablar bilan solishtirib raqobatdoshlik darajasiga baho beriladi. Raqobatdoshlik xususiyatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar nisbiy va mutlaq qiymatlar ko‘rinishida berilishi mumkin. Nisbiy raqobatdoshlik ko‘rsatkichlari amalda olingan alohida ko‘rsatkichlarni ularning eng yuqori qiymatlariga yoki kuchli raqobatchilar mos ko‘rsatkichlarining qiymatlariga bo‘lish orqali hisoblanishi mumkin. Bu yo‘l bilan raqobatdoshlikning kompleks baholanishi korxona nisbiy xususiyatlarini ifodalaydi. Kuchliroq raqobatchi korxona ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash asosida kompleks baholash korxonaning raqobat muhitidagi holatini ifodalaydi Ma'lumki, har qanday tovar va xizmatlarni tanlashda iste'molchilar ehtiyojlarini eng kam xarajat bilan maksimal qondira oladiganini afzal ko‘radilar:

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish