6-bob. Tovarlarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tovarlarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54, “S”.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54 grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. BYuDning “S” grafasini to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
2) “C” grafa.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi (ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi):
1 — ijrosi bo‘yicha tovar O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami;
2 — tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga rasmiylashtirishda BYuD ro‘yxatga olingan sana. Agar, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, tovar erkin muomalaga chiqarish (import) yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirilmagan bo‘lsa, tovarni boshqa tegishli bojxona rejimiga joylashtirishda rasmiylashtirilgan BYuD ro‘yxatga olingan sana ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |