18) 22-grafa. “Valyuta va tovarlarning umumiy faktura qiymati”.
Grafaning chap bo‘lmasida mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasida keltirilgan Valyutalar tasniflagichiga muvofiq tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasining raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasi deganda yetkazib berilayotgan tovar tashqi savdo kontraktiga (shartnomasiga, kelishuviga) muvofiq baholangan valyuta tushuniladi. Agar tovar tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) ijrosi bo‘yicha olib o‘tilmayotgan bo‘lsa, valyuta kodi tovarning kuzatuv hujjatlari asosida ko‘rsatiladi.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida raqamlarda deklaratsiyalanayotgan tovarlar turkumining umumiy faktura qiymati ko‘rsatiladi. Umumiy faktura qiymatini BYuDning 42-grafalaridagi tovarlarning faktura qiymatlari yig‘indisi tashkil qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |