20) 24-grafa. “Bitim xususiyati”.
Grafaning chap bo‘lmasida mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasida keltirilgan Bitim xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq bitim xususiyatining kodi ko‘rsatiladi.
Grafaning o‘ng bo‘lmasida Valyutalar tasniflagichiga muvofiq yetkazib berilayotgan tovar uchun kontragent bilan hisob-kitob valyutasining raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Hisob-kitob valyutasi deganda BYuDni 9-grafasida ko‘rsatilgan shaxsning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) bo‘yicha hisob-kitob amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan valyuta, tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) mavjud bo‘lmagan holatlarda tovarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan valyuta tushuniladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |