3) 47-grafa. “Bojxona to‘lovlarining hisobi”.
Grafa mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
Shu bilan birga, qayta ishlash mahsulotlari bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imning hisoblash asosi, qayta ishlash uchun operatsiyalar qiymatini inobatga olgan holda, qayta ishlash mahsulotlarining bojxona qiymatidan hisoblanadi.
Boshqa bojxona to‘lovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblanadi va undiriladi.
17-bob. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
82. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududga olib kirilib, boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 49, 50, 54, “S”.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Bunda BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 45, 46, 49, 50, 54, “S” grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 25-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
83. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketilayotgan tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 11, 12, 13, 14, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 26, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 49, 50, 54, “S”.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Bunda BYuDning 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 11, 12, 13, 14, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 26, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 45, 46, 49, 50, 54, “C” grafalari mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandiga muvofiq to‘ldiriladi.
84. BYuDning 44-grafasini to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |