Hisob-konstruktiv usul muammoni istiqbolda ilmiy jihatdan asoslangan holda hal etishning haqiqiy yo'llarini topish imkonini beradi. Bu usul qishloq xo'jalik korxonalari, ularning tarmoqlari va bo’linmalarining rivojlanish istiqbollarini aniqlash uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bu usulning afzalligi shundaki, u biron-bir tashkiliy-iqtisodiy tadbirni amalga oshirishda bir necha xil variantlarni: yem-xashak rasioni, almashlab ekish, poda tarkibi va boshka jarayonlarning xilma-xil variantlarini tavsiya eta oladi. Buning natijasida yukori mexnat umumdorligiga yoki eng past maxsulot tannarxiga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |