Bog'liq Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti
Qo’llash xarakteriga ko’ra:
Kompensatsion – ishlab chiqarilishida subsidiyalar ishlatilgan tovarlarni import qilish milliy ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazgan yoki ularning faoliyatini tashkil etish va kengaytirishga to'sqinlik qiladigan hollarda qo’llaniladigan bojlar.
Dempingga qarshi —mamlakat xududiga o'zining haqikiy narxidan past narxda tovar olib kirilishi natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarga zarar yetkazilsa, bu mahsulot importidan undiriladigan boj. Import qilinadigan tovarlar narxini normal deb e'tirof etilgan darajaga moslashtirish uchun belgilanadi.
Maxsus bojlar - agar tovarlar mamlakatning bojxona hududiga mahalliy ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazadigan yoki tahdid soladigan miqdorda va sharoitlarda olib kirilsa himoya chorasi sifatida; ikkinchidan, boshqa davlatlar yoki ular ittifoqlarining mamlakat manfaatlarini kamsituvchi diskriminatsion va boshqa harakatlariga javob sifatida qo'llaniladi