6.2. Xalqaro savdo, uning dinamikasi va tarkibi
Xalqaro savdo - turli mamlakatlarning sotuvchilari va xaridorlari o'rtasida tovarlar va xizmatlar shaklidagi mehnat mahsulotlarini almashish shakli. Xalqaro savdoning tavsiflari bo’lib, jahon savdo aylanmasining hajmi, eksport va importning tovar tarkibi va uning dinamikasi, shuningdek, xalqaro savdoning geografik tuzilishi hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlb zamonaviy xalqaro savdo juda
yuqori sur'atlarda rivojlana boshladi. (6.1-rasm.)
6.1-rasm. Jahon tovarlar eksporti hajmining o’zgarish tendentsiyalari, 1950-2019 yillar2
2019 yilda butun dunyo bo'ylab eksport qilinadigan tovarlarning global savdo qiymati taxminan 19 trillion AQSh dollarini tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2000 yilda bu ko'rsatkich taxminan 6,45 trillion AQSh dollarini tashkil etgan. Dunyo bo'ylab eksport qilinadigan tovarlar qiymatining o'sishi xalqaro savdoning rivojlanishi, globallashuv va texnik taraqqiyotni aks ettiradi.
6.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |