А. Savdo shartnomalari
Davlatlar o'rtasidagi savdo munosabatlari ikki tomonlama asosda ijro etuvchi hokimiyat darajasida (hukumatlar o'rtasida) tuzilgan savdo shartnomalari va bitimlar yordamida tartibga solinadi. Bunday bitimlar qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan ratifikatsiyalanadi. Ular odatda 5-10 yilga tuziladi va tomonlar tomonidan davriy qayta ko'rib chiqiladi.
Savdo shartnomasi, – savdo va dengizda suzish to'g'risidagi bitim - davlatlararo shartnomalar turi, ikki tomonlama savdo tamoyillari va rejimini belgilaydi. Xalqaro huquqning asosiy tamoyili shundaki, har bir davlat o'z hududida mutlaq yurisdiktsiyaga ega va bu hududda joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar uning yurisdiktsiyasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |