Nazorat savollari
Fanning predmetini tushuntiring.
Fanning ob'ektlarini ta'riflang.
Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi nimadan iborat?
Fanning tadqiqot usullarini ayting.
Statistik guruhlash usulining mazmunini tushuntiring.
2-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyatning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslari
2.1. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi, mohiyati va tasnifi
2.2. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi
Tayanch iboralar: tashqi iqtisodiy aloqalar, tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi iqtisodiy operatsiyalar, tashqi iqtisodiy bitim, xalqaro mehnat taqsimoti
2.1. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi, mohiyati va tasnifi
Har bir mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati uning iqtisodiy o'sishining muhim shartidir. Bu, ayniqsa, xalqaro iqtisodiy integratsiya, transmilliylashuv, xalqaro mehnat taqsimoti, jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida tdolzarbdir.
"Tashqi iqtisodiy aloqalar" va "tashqi iqtisodiy faoliyat» tushunchalarini farqlash kerak.
Korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati bu – xalqaro ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy hamkorlik, mahsulotlarni eksport va import qilish, korxonaning tashqi bozorga chiqishi bilan bog'liq iqtisodiy faoliyat sohasidir. Bu faoliyat mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini amalga oshirishni anglatadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni kategoriya sifatida uning funktsiyalarini tavsiflaydi:
1) xalqaro iqtisodiy almashinuvni tashkil etish va unga xizmat ko'rsatish – xalqaro mehnat taqsimoti jarayonida (bundan buyon matnda – XMT deb yuritiladi) olingan mahsulotlarni iste'molchiga yetkazish;
2) XMT mahsulotlarining iste'mol qiymatini xalqaro e'tirof etish – tovar-pul munosabatlari harakatining bajarilishi – XMT mahsulotini pulga almashtirish, natijada almashtirilayotgan mahsulotdagi iste'mol qiymati xalqaro e'tirofga sazovor bo'ladi;
3) xalqaro pul muomalasini tashkil etish – xalqaro hisob-kitoblar jarayonida pulning harakati uchun shart-sharoitlar yaratish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish shaklida namoyon bo’ladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar – iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida davlatlar va ularning sub'ektlarining xalqaro hamkorligining turli shakllarining kompleks tizimi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar kategoriya sifatida – davlatlar va mamlakatlarning iqtisodiy sub'ektlari o'rtasida resurslar harakatida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir. mavjud. Ushbu munosabatlar davlatning iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, birinchi navbatda, ishlab chiqarish, savdo, investitsiya va moliyaviy sohalarni qamrab oladi.
Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar bir aniq mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar shakli bu aloqaning mavjudligi, muayyan aloqa mohiyatining tashqi ko’rinishi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar turi bu bir umumiy xususiyat masalan, tovar oqimining yo'nalishi yoki strukturaviy xususiyat bilan bog’langan aloqalar to'plami,.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning strukturaviy birligi tashqi iqtisodiy operatsiya hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy operatsiya – savdo, investitsiya yoki boshqa iqtisodiy bitimlarni tayyorlash, tuzish va amalga oshirish bo'yicha turli mamlakat kontragentlarining harakatlar majmui.
Tashqi iqtisodiy operatsiyalar quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirilishi mumkin:
1) savdo (eksport-import operatsiyalari, shu jumladan reeksport va reimport, qarshi savdo operatsiyalari va boshqalar.);
2) texnologiyalar transferi (litsenziya va franchayzing shartnomalari, muhandislik, reinjiniring, konsalting va boshqalar.);
3) investitsiyalar (qo'shma korxonalar chet el kapitali bilan, erkin iqtisodiy zonalar doirasida investitsiyalar).
Tashqi iqtisodiy bitim - xorijiy kontragentlar bilan huquqiy munosabatlarni o'rnatish, o'zgartirish yoki tugatishga qaratilgan harakatlar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalardan farqli o'laroq, eksport-import bitimlari uchun tovar nomenklaturasini tanlashda, qiymat va narx belgilashda, etkazib berish hajmi va muddatini aniqlashda to'liq mustaqil bo'lgan ishlab chiqarish tuzilmalari (firmalar, tashkilotlar, korxonalar) darajasida amalga oshiriladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni xo’jalik sub'ektining muayyan tashqi iqtisodiy funktsiyalari majmuasi sifatida ifodalash mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari – xorijiy sheriklar bilan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni mustaqil ravishda amalga oshiradigan xo'jalik faoliyati sub’ektlari.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning moddiy asosi mamlakat, mintaqaning tashqi iqtisodiy majmuasi hisoblanadi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy majmuasi – eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi, shuningdek import tovarlarini sotib olib, qayta ishlovchi, tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllarini amalga oshiruvchi tarmoqlar, tarmoqosti, birlashmalar, korxonalar, firmalar, kooperativlar, tashkilotlar, hamda tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishga ko’maklashadigan davlat va jamoat tuzilmalari majmui.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy majmuasi bo’g’inlari:
1. TIF masalalari bilan shug'ullanuvchi davlat organlari.
2. Eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va import mahsulotlarini iste'mol qiluvchi Iqtisodiy komplekslar, tarmoqlar, kichik tarmoqlar, korxonalar.
3. Eksport - import operatsiyalarini amalga oshiruvchi xo'jalik yurituvchi subyektlar.
4. TIFga ko'maklashuvchi tashkilotlar - TIF infratuzilmasi:
* axborot-maslahat tuzilmalari;
* kredit-bank tizimi;
* sug'urta kompaniyalari;
* tovar bozorlarii;
* ulgurji vositachilik firmalari;
* transport va ekspeditsiya xizmatlari.
5. Savdo-iqtisodiy masalalar bilan shug'ullanadigan xorijiy muassasalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |