Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir


Xalqaro turistik oqimlar bo'yicha reyting



Download 468,93 Kb.
bet40/69
Sana01.06.2022
Hajmi468,93 Kb.
#628481
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl

Xalqaro turistik oqimlar bo'yicha reyting

2016 yildagi kelishlar soni, mln.kishi.

2016 yil

2015 yil

Fransiya

1

1

82,6

AQSh

2

2

75,6

Ispaniya

3

3

75,6

Hitoy

4

4

59,3

Italiya

5

5

52,4

Buyuk Britaniya

6

8

35,8

Germaniya

7

7

35,6

Meksika

8

9

35,0

Tailand

9

11

32,6

Avstriya

10

12

28,1

Malayziya

11

14

26,8

Gongkong

12

13

26,5

Turkiya

13

6

25,4

Gretsiya

14

15

24,8

Rossiya

15

10

24,6



Manba: muallif tomonidan UNWTO ma'lumotlari asosida tuzildi.
Sayyohlar tashrifi bo'yicha 2015 yildagi jahon reytingini tahlil qiladigan bo'lsak, eng ko'p sayyohlar tashrif buyuradigan etakchi mamlakatlar – Frantsiya, AQSh, Ispaniya, Xitoy va Italiyadir.
Sayohatlar xalqaro xizmatlar savdosida muhim o'rin tutadi. Turizm transport, mehmonxona xo'jaligi, ko'ngshx ochar sanoat, sport, reklama, umumiy ovqatlanishni qamrab oluvchi butun bir tarmoqlar majmuasiga aylandi. Aholi daromadlarining opshshi, transport vositalari va mexmonxona xo'jaligining takomillashuvi, havo trasnporti orqali tashishning arzonlashishi, valyuta olib chiqish cheklovlarining zaiflashishi va chegarada rasmiylashtirishning soddalashishi natijasida turizmning xalqaro xizmatlar eksportidagi ulushi ortib bordi.
Nazorat savollari:

  1. Xalqaro xizmatlar deganda nimani tushunasiz?

  2. Xalqaro xizmatlarning qanday turlari mavjud?

  3. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar xizmatlarni qaysi mezonlar asosida guruxlaydi?

  4. Xalqaro xizmatlar bozorining rivojlanishiga qaysi omillar ta'sir ko'rsatadi?

  5. Xalqaro xizmatlar bozorining rivojlanish tamoyillariga baxo bering.

9-mavzu. XALQARO KAPITAL HARAKATI


9.1. Kapital chiqishining mohiyati, sabablari va shakllari
9.2. Jahon iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalr dinamikasi va turlari
9.3. Xalqaro kapital harakatini boshqarish


Tayanch iboralar: xalqaro migrasiya, kapitalning chetga chiqib ketishi, kapital, xususiy kapital, portfel investisiyalar, to'gridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar (TTXI), moliyaviy investisiyalar
9.1. Kapital chiqishining mohiyati, sabablari va shakllari
Xalqaro kapital harakati jahon iqtisodiy munosabatlarining asosiy shakllaridan biridir. Xalqaro kapital harakati kapitalni xorijga chiqarishda namoyon bo’ladi. Kapitalni xorijga chiqarish, uning davlatlar orasida faol migratsiyasi zamonaviy jahon хo’jaligi va хalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim ajratib turuvchi tomoniga aylandi.
Kapitalni chiqarishning mohiyati kapitalning bir qismini bir mamlakatdagi milliy tovar ayirboshlash jarayonidan olib chiqib boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayoniga (yoki boshqa muomalaga) kiritish bilan bog’liq.
Qadim zamonlardan buyon keng tarqalgan tashqi savdodan farqli o'laroq, sarmoyani eksport qilish sanoati rivojlangan mamlakatlarda kapitalning to'planishi katta hajmga yetganida va uning nisbiy "ortiqchaligi" («избыток») shakllanganida mumkin bo'ldi. Bu" ortiqcha", yoki sanoati rivojlangan mamlakatlarda kapital yig'ish hajmi va shu mamlakatlarda uning qo'llash imkoniyatlari o'rtasidagi tafovut, zarur kapital eksport qiladi.
Bu "ortiqcha", yoki sanoati rivojlangan mamlakatlarda kapital yig'ish hajmi va shu mamlakatlarda uning qo'llash imkoniyatlari o'rtasidagi tafovut, kapitalni chiqarishni zarurligini belgilaydi.
Kapitalni eksport qilishning roli kapitalni eksport qiluvchi va import qiluvchi mamlakatlar uchun farq qiladi.
Eksport qiluvchi mamlakatlarni (ya'ni, kapital chiqadigan) "asosiy mamlakatlar"deb ataladi.(«странами базирования»)
Import qiluvchi davlatlar (ya'ni, kapital kiradigan) qabul qiluvchi tomonlar deb ataladi.
Sarmoyani eksport qilish eksport qiluvchi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini sekinlashtiradi, ammo uning tashqi savdo expansiyasining samarali vositasi hisoblanadi. Boshqa tomondan, kapitalni import qilish qabul qiluvchi tomonning iqtisodiy rivojlanishini tezlashtiradi.
Zamonaviy sharoitda kapitalni chiqarish bir qator xususiyatlarga ega.
Birinchidan, bugungi kunda sanoati rivojlangan davlatlar o'rtasida xususiy kapital harakati kuchaymoqda va xususiy kapital eksportining 3⁄4 dan ortig’ini tashkil etadi. Xalqaro kreditlar umumiy hajmida rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushi kamaydi.
Ikkinchidan, kapitalni eksport qilishda davlatning roli o'zgardi. Xususiy kapital eksportining oddiy himoyachisi bo'lgan davlat o'zi moliyaviy resurslarning eng yirik eksportchisi bo’lmoqda.
Uchinchidan, integratsiya jarayonlarini rivojlanishi va transmilliy korporatsiyalarning (TMK) o'sishi bilan bog'liq holda kapital harakatining shakllari o’zgardi.
Kapital eksporti (import) mulkchilik shakliga ko’ra uch turga bo’linadi:
a) asosan yirik sanoat kompaniyalari va banklar tomonidan amalga oshiriladigan xususiy kapital eksporti;
b) davlat byudjeti hisobidan hukumat yoki davlat tashkilotlari va kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan kapitalni davlat tomonidan olib chiqish;
v) xalqaro valyuta-moliya kompaniyalari va tashkilotlari tomonidan kapitalni eksport qilish.

Download 468,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish