Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir


Turli iqtisodiy maktablar olimlarining mehnat migratsiyasi haqidagi fikrlaring evolyutsiyasi



Download 468,93 Kb.
bet48/69
Sana01.06.2022
Hajmi468,93 Kb.
#628481
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl

Turli iqtisodiy maktablar olimlarining mehnat migratsiyasi haqidagi fikrlaring evolyutsiyasi

a’limot

Namoyondalari

Mehnat migratsiyasi haqidagi fikrlarning mohiyati

Merkantilizm

T. Men,
J.-B. Kolber

Aholining o’sishi - davlatning farovonlik manbai (oltindan tashqari), shuning uchun ishchi kuchini, ayniqsa hunarmandlarning mamlakatdan chiqishini va kirishini taqiqlash. Mamlakat ichidagi ishchilar sonining ko'payishi ko'proq tovar olish va mehnat xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, bu esa foyda darajasini oshiradi

Klassik siyosiy iqtisod

A. Smit, D. Rikardo, D. Mil, D. Styuart va boshqalar

Bozor kuchlari ta'siri ostida ishchi kuchining erkin xalqaro harakati (kapital va tovarlar bilan birga) ular eng zarur bo'lgan sohalar va tarmoqlarga kiradi. Ishchilarning harakat yo'nalishlari mehnatga talab va taklifining ta'siri bilan belgilanadi va mehnatga haq to'lash darajasining farqlanishi bilan bog’liq.

Keynschilik

D.Keyns

Bozor iqtisodiyoti davlat tomonidan tartibga solinishi kerak, shuning uchun xalqaro mehnat migratsiyasi natijasi bo’lgan jahon mehnat bozori ziddiyatli milliy manfaatlar to’qnashadigan maydondir.

Neoklasik maktab

M. Fridman, P. Samuelson

Xalqaro migratsiyaning harktlantiruvchi mexanizmi bo’lib turli mamlakatlardagi turli darajadagi ish haqi bilan tavsiflanadigan mehnat bozoridir. Yuqori ish haqi bo'lgan mamlakatlar muhojirlarni jalb qiladi. Ish haqidagi farqlarini bartaraf etish migratsiya oqimlarini to'xtatadi. Shunday qilib, mehnat bozoriga ta'sir qilish orqali migratsiya oqimlarini boshqarish imkoniyati mavjud

Iqtisodiy tsikllarning teskari aloqa nazariyasi

B.Tomas va b.

Mamlakatdan mamlakatga mehnat migratsiyasi yo'nalishi iqtisodiy rivojlanishning davriy fazalarining teskari o'zgarishi bilan belgilanadi

Segmentlashtirilgan mehnat bozori nazariyasi yoki juft mehnat bozori nazariyasi

M. Piore, A. Portes, D. Solou va b.

Xalqaro migratsiya iqtisodiyotning tarkibiy ehtiyojlari tufayli xorijiy ishchi kuchiga bo'lgan doimiy talabning natijasidir

Inson kapitali nazariyasi

T. Schultz va G. Becker

Migratsiya — inson kapitaliga investitsiyadir, bu qayta tiklanadigan resursdir va yig’ilish xususiyatiga ega. Migratsiya to'g'risida qaror qabul qilishga quyidagilarga ta'sir qiladi: o'z mamlakatida va boriladigan potentsial mamlakatda ish bilan ta'minlash shartlari, yoshi va ko’chish xarajatlari

Shunday qilib, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyalari doirasida olimlarning migratsiya jarayonlariga, ularning sabablari, jahon migratsion jarayonlarga ta'sir qilish usullari va ularning oqibatlariga bo'lgan qarashlari evolyutsiyasi kuzatilmoqda.


Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining 5ta yo’nalishini ajratib ko'rsatish  mumkin:
1) Rivojlanayotgan davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya; 
2) Sanoati rivojlangan davlatlar doirasidagi migratsiya; 
3) Rivojlanayotgan davlatlar orasidagi migratsiya; 
4) Sobik sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya; 
5) Ilmiy xodimlar, malakali mutaxassislarning sanoati rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga migratsiyasi
Mamlakatlar o'rtasidagi aholi migratsiyasi "tashqi" deb ataladi va u muayyan mamlakat aholisiga ta'sir qiladi. "Ichki" migratsiya milliy chegaralar doirasida amalga oshiriladi (aholi mamlakat hududlari, qishloqdan shaharga, shaharlar va boshqalar orasida harakat qilganda), ammo bu mamlakatning umumiy aholi soniga ta'sir qilmaydi. Mehnat resurslarini qayta taqsimlashning bunday shakli muhim iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u aholining tarkibi va joylashuvini o'zgartirishda muhim omil hisoblanadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining ikki turi mavjud: birinchisi - "kam malakali kadrlar migratsiyasi» (odatda, rivojlanayotgan mamlakatlardan sanoatlashgan mamlakatlarga ko'chish) va "yuqori malakali kadrlar migratsiyasi» – bu «aqlning oqib ketishi» .
«Aqlning oqib ketishi» - bu jahon iqtisodiyoti doirasida, asosan, sanoati rivojlangan mamlakatlarga ilmiy-texnik kadrlarning bir tomonlama ko'chishi, bu «donor"-mamlakatlarning malakali mutaxassislarini yo'qotishiga olib keladi. Bunday migratsiya quyidagi asosiy kanallar orqali amalga oshiriladi:

  1. sanoat rivojlangan mamlakatlarga mutaxassislarni ketib qolishi;

  2. xorijiy mutaxassislarni sanoati rivojlangan mamlakatlarning firmalari, ilmiy markazlari, tadqiqot laboratoriyalariga (ushbu mamlakatlarning o'quv yurtlarida oliy ta'lim olganidan so'ng) ishga jalb qilish;

  3. transmilliy kompaniyalar filiallarida ishlash uchun mahalliy malakali kadrlarni jalb qilish (bunday migratsiya "bilvosita" migratsiya deb ataladi).

BMT metodologiyasiga ko'ra, yuqori malakali migrantlar toifasiga ilmiy xodimlar, muhandislar, shifokorlar va boshqalar kiradi.
AQShda 80 yillarda chet elliklarning ulushi muhandislar orasida 10%, shifokorlar orasida 24% ni tashkil etgan; AQSh milliy fanlar akademiyasi a'zolarining 23% va Nobel mukofoti sovrindorlarining 33% - AQShga immigrantlaridir.

Download 468,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish