4-rasm. 1- qalqonsimon bel; 2- ayrisimon bez.
5-rasm.
8 yoshli o'g'it bolada tireotoksikol (Baledov) kasalligining ko'rinishi; kO'llari chaqchay¬gan, qalqonsimon beli kattalashgan, o'zi ozg'in.
Buyrak usti, me'da osti va jinsi bezlar - Buyrak us!i bezlari. Bu bezlar ikkita bo'lib, nomiga monand o'ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi (6- rasm). Ularning birgalikdagi og'irligi 10-20 g. Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki - po'slloq va ichki - miya qavatdan iborat Buyrak usti bezlarining ustki po'stloq qavatida uch guruh kortiko¬steroid gormonlar ish lab chiqariladi:
I. Mineralokortikoid gormoni organizmda mineral tuzlar almashi¬nuvi boshqarilishida ishtirok etadi.
2. Glyukokortikoid gormoni organizmda oqsil va uglevod almashi¬nuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta'sirida qonda qand, jigarda glikogen miqdori ortadi. Bundan tashqari bu gormonJar odamda aller¬gik reaksiya va yallig'lanish jarayoni yuzaga kelishini susaytiradi. Shuning uchun bu gormonlardan tayyorlangan dorilar (prednizolon, gidrokortizon va boshqalar) allergiya kasalliklarida hamda og'ir o'tadigan turli xii xastaliklami davolashda ishlatiladi.
3. Androgen va esterogen gormonlari erkaklar va ayollaming jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi.
Buyrak usti bezlarining ichki - miya qismida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta'siri bir xil bo'lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, to'qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Odam hayajonlanganda, achchiqlanganda, qo'rq¬qanda katexolamin hosil bo'lishi kuchayadi. Shuning uchun bun¬day holatlarda odamning arterial qon bosimi ortadi, teridagi qon tomirlari torayadi va rangi oqarib, yurak urishi tezlashadi. Odam qattiq ta'sirlanib, stress holati yuzaga kelganda buyrak usti bezlari¬ning funksiyasi kuchayadi, uning po'stloq va miya qismlarida gormonlar ko'p hosil bo'ladi.
Buning natijasida organizmning noqulay ta'sirga nisbatan chidamliligi ortadi. Shunday qilib, buyrak usti bezlari organizmni himoya qilishda ishtirok etadi.
Buyrak usti bezining ichki qavatida adrenalin ishlanib chiqi¬shi kamaysa, Addison, ya'ni bronza kasalligi yuzaga keladi. Bu ka¬sallikka chalingan odam terisi bronza rangiga o'xshab qoladi, muskullari bo'shashadi, ozadi, qon bosimi pasayadi, tez charchaydi, jismoniy ish qobiliyati pasayadi.Buyrak usti bezining shish kasalligida (gipernefroma), uning tashqi - po'stloq qavatida ishlab chiqariladigan androgen gor¬moni ko'p hosil bo'ladi. Natijada yosh bolada balog'atga yetish bel¬gilari paydo bo'ladi. Ba'zan keksaygan ayollaming bu bezida shish paydo bo'lsa, ularning iyagida soqol o'sadi, ovozi erkakJarnikiga o'xshab qoladi. Bemor jarrohlik yo'li bilan davolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |