Birinchidan, bozor hatto eng boy jamiyatni ham narxi belgilab qo‘yilgan yorliqlari yo‘q tovar va xizmatlar, masalan, ta’lim, mahalliy ma’muriyat, jamoat sogkliqni saqlash xizmati kabilar Ьйап ta’minlashda samarasiz vosita hisoblanadi. Bozor jamiyati bu tovarlami sotib olish uchun soliq tushumlarining bh qismini yo‘naltiradi, ammo jamiyat a’zolari bu soliqiami majburiy yig'imlar sifatida qabul qiladi va erkin xarid qilinadigan tovarlardan keskin farq etadi. Shu sababh sof bozor jamiyati ta’lim, sog'liqni saqlash, munitsipalitet, rekreatsiya (ekologiya) va boshqa sohalarga kam mablag' ajratishga intiladi.
Jkkinchidan, bozor insonning istak va talablarini qondirishda qat’iy iqtisodiy hisob-kitoblarga amal qiladi. Bozor boylaming jonkuyar xizmatkori, ammo qashshoqlarga nisbatan befarq qaraydi. Bu iqtisodiy yutqazish bo'lib qolmasdan, balki axloqiy yutqazish hamdir. Foyda ketidan quvishni qo‘llaymiz, ammo millionlab qashshoqlaming ahvolini sezmaslikka intilamiz. Ayniqsa, globalizatsiya davrida boylarboyimoqda, kambag‘allar yanada qashshoqlashmoqda. Bu ijtimoiy xavfdir.
Uchinchidan, bozor tizimi amaliyoti davomida mikro va makro kasalliklarga duchor bo4 lib mradi. Bu siklik yoki surunkasiga bo‘lib tura- digan inflatsiya, ishsizlik, kambag‘alUk va atrof-muhitning ifloslartishi va boshqalami o'z ichiga oladi. Bozor insoniyat uchun xavfli bo'lgan, ammo katta foyda keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanishga moyil (masalan, narkobiznes, qurol sotish va boshqalar).
Albatta, mamlakatdagi istalgan sotsial kasailiklarni iqtisodiy tuzum bilan bevosita bog'lash kerak emas. ammo ular o'rtasidagi aloqalami inkor etish ham xavflidir. Ammo kapitalistik bozor iqtisodiyotining muhim xususiyati shundaki, u bo'layotgan o'zgarishlarga tez moslashadi (adaptatsiya), rivojlanishni ta’minlashga moyillik mavjud. Masalan, 1929-33-yiUardagi buyuk depressiya tufayli AQSH va bir qancha davlatlar o'z iqtisodiy siyosatini keskin o'zgartirdi va hokazo. Sobiq sotsialistik mamlakatlar deb atalgan davlatlaming iqtisodiy siyosati adaptatsiyaga raoyil bo'lmadi. Bozor iqtisodiyotiga zid (xususiy mulk tugatilib, davlat mulki hal qiluvchi bo'ldi, baholar erkinligi buzildi, qat’iy rejalashtirish joriy etildi, erkin raqobat inkor etildi, yakka partiyaviylik va boshqalar) siyosat bu mamlakatlar inqirozini kuchaytirdi. Buning oqibati esa barchaga ma’lum. XXR va VSR o‘z iqtisodiyotini isloh qilishda muhim yutuqlarga erishmoqda. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda yakka-yu yagona nazariya yoki ta’limotga sof holda asoslanish qiyin. Amalda bir qancha nazariya va ta’limotlaming qorishmasidan foydalaniladi. Shuning uchun ham, mavjud iqtisodiy ta’limotlarni sinchiklab o‘rganish va ulami ma’lum tarixiy, milliy, an’anaviy, ijtimoiy va boshqa sharoitlarni hisobga olgan holda qo'llash samarali natija beradi.
Har qanday nazariya, ta’limotning asosiy mezoni amaliy hayotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |