Tadqiqot usulida klassik maktab g'oyalariga vorislik mavjud bo‘lib, ular yanada rivojlantiriladi. A.Marshall insonlaming iqtisodiy faoliyatini «sof» iqtisodiy nazariya pozitsiyasida turib, «mukammal raqobat» tufayli bo‘lishi mumkin bo'lgan xo'jalikning ideal (benazir) modelini, tadqiq etdi. Ammo bir qancha iqtisodiyotning mo‘tadilligi (muvozanati) bilan bog'liq maijinal g'oyalar orqali u bu fanni «xususiy» hoi, ya’ni flrma, soha (mikxoekonomika) darajasida qaraydi. Bunday yondashuv olim yaratgan «Kembrij maktabi» va XIX asr oxiri - XX asr boshidagi ko'pchilik neoklassiMar uchun xosdir. Ammo shuni alohida ta’kidlash kerakki, A. Marshall o'zidan oldin o'tgan ortodoksal klassiklardan farqh ravishda, iqtisodiy kategoriyalami «isbot» talab etuvchi u yoki bu asosiy chegaralanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Oiimning tadiqotlarida bozorda erkin bahoning shakllanish muammosi asosiy o‘rin egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagona organizm sifatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar chaqqon va bir-biri to‘g‘risida yaxshi ma’lumotga ega deb qaraladi.
Bozor bahosiga «eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi va eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish natijasi» deb qaraladi. Bu «MarshaU xochi» deb yuritiladi, u talab va taklif chiziqlarining kesishgan grafik shaklidir. Chiziqlar kesishgan joyda ular orasidagi muvozanat, ya’ni muvozanatli, mo4a’dil baho o'matiladi.
Shu yerda oiimning tovar qimmatining mohiyati to‘g‘risidagi g'oyasi xarakterlidir. Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab chiqarish xarajatlari (qaychining ikki tig‘i) birdek faoldir. U qaychini misol sifatida keltirib, qog'oz qirqqanda qaychining qaysi (ustki yoki pasti) tig'i asosiy rol o‘ynashi haqidagi savolni aytadi.
Marshall «iste’mol ortiqchaligi» tushunchasini kiritadi, bu xaridor olishi zarur bo‘lgan ilojsiz narsa uchun to‘langan va amalda to‘layotgan baholar o'rtasidagi farqdir, ya’ni xaridoming qo‘shimcha talabini qondirishning iqtisodiy o'lchovidir.
Ilk marjinalistlaming baho, talab va taklif kabi omillaming limksional boglanish umumlashtiriladi. U xususan, baho pasayishi bilan talab
ortishi (baho ortishi bilan talab pasayishi), baho pasayishi bilan taklif- pasayishi (baho ortishi bOan taklif ortiahi)ni ko‘rsatib berdi. Mo ‘tadil (muvozanat) baho talab va taklif nuqtalari kesishgan yerda o'matiladi (yuqorida aytildi). Shularga mos ravishda bozorda baholaming o'zgarishi ro‘y beradi.
Daromadlar nazariyasida kapitalga foiz, ish haqi maijinalistik nuq- tayi nazardan hal etiladi. Awalgi klassiklaming tovar qiymati sarflangan mehnat bilan o‘lchanishi qat’iyan rad etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |